Kibernetika


-mavzu: Tilshunoslik va geografiya. Lingvistik geografiya. Areal lingvistika



Download 0,84 Mb.
bet37/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

9-mavzu: Tilshunoslik va geografiya. Lingvistik geografiya. Areal lingvistika

  • Reja:

  • 1.Tilshunoslik va geografiya. Lingvistik geografiya.

  • 2. Areal lingvistika.

  • Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, geografiya, lingvistik geografiya, areal lingvistika, dealektologiya, izoglossa va til landshafti

  • Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki davrlar o'tishi bilan ma'lum bir tilda so'zlashuvchi etnik guruhlar turli joylarga tarqalib, o'troqlashadilar. Demak, tillarning ham tarqalish o'rinlari mavjud. Ularning tarqalish joylarini kartalashtirish imkoni bor. Shunday ekan, tilshunoslik bilan geografiya o'rtasida qandaydir munosabat bo'lishi tabiiy. Bunday munosabat, ayniqsa, muayyan lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini belgilashda, lingvistik va dialektik atlaslar tuzishda yorqin namoyon bo'ladi.

  • Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e'tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga keldi.

  • Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o'rganuvchi tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida XIX asr oxirlarida dialektologiyadan o'sib chiqdi.

  • Turli tillarda dialektal farqlanishlar haqidagi materiallarning yig'ilishi bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini yuzaga chiqaradi.

  • Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi.

  • Lingvogeografiya bilan dialektologiya makon va zamon faktorlariga turlicha munosabatda bo'lsa-da, makon faktori lingvogeografiyada ham, dialektologiyada ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, territoriya faktori lingvogeografiyaning asosini tashkil qiladi.

  • Chunki lingvogeografiya keng territoriyaga ega bo'lishi va bir vaqtda ko'plab faktlarni qamrab olishi, umumlashtirish hajmining beqiyosligi bilan tasviriy va tahliliy xususiyatga ega bo'lgan dialektologiyadan ajralib turadi.9

  • Dialektologiyada ma'lum bir tilning dialektal xususiyatlarini aniqlash, mazkur xususiyatlarni aks ettiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o'rganiladi. Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o'tish davri hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga asoslanadi.

  • Buni tilning barcha sathlari bo'yicha kuzatish mumkin. Masalan, «j» va «y» lashish xususiyatlariga ko'ra shevalarning farqlanishi va ularning tarqalish geografiyasini kartada belgilash; hurmat ma'nosini ifodalashda -larning qo'llanilish doirasini aniqlash va uni kartaga tushirish; I shaxs ko'plik ko'shimchasi -vuz ning tarqalish o'rinlarini aniqlash va ularni kartada ko'rsatish; do'ppi, takya, kallapo'sh leksemalarining qo'llanilish hududlarini aniqlash, ularni kartada belgilash va h.k.

  • Yuqoridagilardan ko'rinadiki, dialektal xususiyatlarni kartalashtirish masalasi geografiyaning topografiya bo'limi bilan uzviy bog'lanadi va uning yutuqlariga asoslanadi. Lingvistik geografiyada izoglossa va til landshafti tushunchalari markaziy o'rin egallaydi.

  • Mos hodisalarning u yoki bu a'zosi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq izoglossa deyiladi. Muayyan bir til uchun ma'lum bo'lgan izoglossalar yig'indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri til landshafti sanaladi.

  • Ma'lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan izoglossalar yig'indisi yoki «til landshafti» lingvogeografiyani o'rganish obyekti sanaladi.

  • Lingvistik geografiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi tildagi dialektal farqlanishlarni kartalashtirish va dialektologik atlaslar yaratish bilan bog'liqdir. Bunday atlaslar xilma-xil bo'lishi mumkin; ayrim hududni aks ettiruvchi atlaslar, turli sistemaga mansub tillarning tarqalishini aks ettiruvchi atlaslar va h.k.

  • Lingvistik geografiya XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo'ldi. Bu bilan bog'liq ravishda dialektal chegaralarning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P.Meyer, G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar. Bu xulosa esa mutaxassislarda e'tiroz tug'dirdi. Munozara faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligina hal qilinishi lozim bo'lib qoldi. 1876 yili Germaniyada G.Venker nemis tilining lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to'play boshladi.

  • Uning ishini F.Vrede davom ettirdi. 1926 yili kartaning bir qismi nashr etildi. 1902 – 1910 yillari Fransiyada J.Jilyeron va E.Edmon tomonidan «Fransiya lingvistik kartasi» yaratildi. Bu karta roman va german tillari lingvistik geografiyasining rivoji uchun katta ta'sir qildi. Oradan ko'p o'tmay Shveysariya, Ispaniya, Italiya singari mamlakatlarda lingvistik atlaslar paydo bo'ldi. Keyinchalik alohida mamlakatning ma'lum viloyatlari, shaharlari, lingvistik atlaslar vujudga keldi. Masalan, Shimoliy Italiya shaharlari lingvistik atlasi.

  • Sho'rolar davrida ham lingvistik geografiyaga ma'lum darajada e'tibor qaratildi. R.I.Avanesov, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina, N.3.Gadjiyeva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishiga katta xizmat qildilar.10

  • 60-yillardan boshlab turkiyshunoslar ham lingvistik geografiyaga, lingvistik atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar. Bu muammoga bag'ishlangan V.M.Jirmunskiy, M.Sh.Shiraliyev, N.B.Burganov va L.3.Zalyay, G.B.Bakinova, N.A.Baskakov, L.A.Pokrovskaya, E.V.Severtyan, V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov singari olimlarning qator asarlari maydonga keldi.

  • Afsuski, o'zbek tilshunosligida mazkur muammo hanuzgacha poyoniga yetgani yo'q.


  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish