Khorezm branch of uzbekistan writers union



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/39
Sana02.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#876852
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
1654848187 (1)

 


85 
PISTACHI 
 
U guzardagi bozorchaning kiraverishida, tagiga pastak kursicha qo‗yib o‗tiradi. 
Oldida ikkita xalta. Bittasida pista, bittasida qurut. Qish paytlari yonboshida tagi mix 
bilan teshilgan paqirda cho‗g‗ ham bo‗ladi: qo‗lini isitish uchun. Uning moli xuddi 
magazindagi singari qat'iy narx bilan sotiladi. Chumchuqning tuxumidek qurutning 
ikkitasi о‘n tiyin, pistaning stakani yigirma tiyin. Stakan ham «zakaznoy» bir kaft 
pista solishi bilan to‗lib chiqadi. Ertalablari uning kayfiyati yomon bo‗ladi. Kulrang 
ko‗zlari siyrak qoshi ostidan odamga o‗qrayib qaraydi. Qurut sanayotganda, stakanga 
pista solayotganda qo‗li titraydi. Bilganlar u bilan savdolashib o‗tirmaydi. Mabodo 
biron xaridor molining qimmatligini aytsa, baloga qoladi. 
Menga о‘rgatma, o‗v! - deydi ko‗zlari g'azabdan yonib. Jahli chiqqanidan sariq 
mo‗ylov uchib- uchib qo‗yadi. - Zakunni sendan yaxshi bilaman! Senga 
o‗xshaganlarni deb qon to‗kkanman! - U gapining isboti uchun tarashadek qotib 
qolgan, bukilmaydigan o‗ng oyog‗ining tovonini o‗tirgan joyida yerga urib-urib 
qo‗yadi. - Ko‗rdingmi?! 
Kechqurunga borib sal chiroyi ochiladi. 
- Ja-a-areniy semichka!- deydi ovozini baralla qo‗yib. O‗tgan-ketganga iljayib 
qaraydi. Silliqroq juvonlar o‗tsa sariq mo‗ylovini burib boshini sarak-sarak qilib 
qo‗yadi. Yaqinroq kelgan kishi og‗zidan arzon vino hidi gupillayotganini sezadi... 
Bu - Dalavoy. Bir vaqtlar dadam tomorqadagi daraxtni kesgani uchun 
qamatmoqchi bo‗lgan, keyin pora so‗ragan Dalavoyning o‗zi. Uni deyarli har kuni 
ko‗raman. Har ko‗rganda ko‗nglimda g‗alati xotiralar uyg‘onadi. 
* * * 
Dalavoy nalugchi bo‗lganidan keyin ayniqsa quturib ketdi. Yaqin atrofda 
―Dalavoy kelyapti‖, desa cho‗chimaydigab odam yo‗q edi. U gijinglagan qizil jiyron 
minib yurar, yaraqlab turgan etigi ham, galife shimi, ―po‗rim‖ qilib qo‗yilgan sarg‗ish 
sochi ham o‗ziga xo‗p yarashgan edi. Yelkasidan oshirib tashlab olingan charm 
tasmali sumkasi, qolidagi qamchisi kishida qandaydir qo‗rquvga o‗xshagan narsa 
uyg‗otardi. Odamlar uni ko‗rganda azbaroyi hurmat qilganidan emas, qo‗rqqanidan 
salom berardi. 

Urush endi bitgan, hammaning ahvoli о‘ziga ma‘lum... Dalavoy nalugchi soliqni 
o‗z vaqtida to‗lay olmagan odamlarning hovlisiga to‗ppa- to‗g‗ri otda kirib kelar, adi-
badi aytishib vaqtini o‗tkazib o‗tirmas, namat bormi, samovar bormi, xullas, 
yaroqliroq biron buyumni baholab olib ketardi. 
Odatdagi yoz oqshomlaridan biri edi. Oyim echkini sog‗ib bolib, «nasibasini» 
emsin, deb uloqchalarni qo‗yib yubordi-da, oshxonaga kirib ketdi. Biri qora, biri oq 
ikki uloqcha onasining yeliniga yopishgancha oldingi oyoqlari bilan cho‗kkalab 
dumchalarini likillatib-likillatib emishar, echki uzun, oqish kipriklarini yarim yumib 


86 
maza qilib kavshanar edi. Oyim oshxonada go‗ja pishirar, havoda tutun aralash 
piyozdog' hidi kezar, akam bilan men supada turib kim uzoqqa sakrash o‗ynayotgan 
edik. 
Bir mahal ko‗cha tomondan tuyoq tovushi eshitildi. Darvoza sharaqlab ochildi-da, 
qizil jiyronning jilovidan tutgan Dalavoy nalugchi kirib keldi. Akam bir zum 
angrayib turdi, keyin ovozi boricha qichqirdi: 

Oyi! 
Oshxonadan achishgan ko‗zini ishqalab oyim chiqdi. Dalavoyni ko‗rdi-yu shoshib 
qoldi. 

Voy, voy, aylanay, - dedi ovozi titrab. - Assalomu alaykum. Yaxshi 
o‗tiribsizlarmi, o‗rgilay? Kelinim eson-omonmilar? 
Dalavoy indamay bosh irg‗ab qo‗ydi. Uning avzoyi buzuq edi. Kulrang ko‗zlari 
qisilib turar, qo‗lidagi ilondek qamchisini o‗ynatib-o‗ynatib qo‗yar edi. 

Voy esim qursin. - Oyim endi hushini to‗plagandek jilmaydi. – Nimaga qarab 
turibman? O‗tiring, o‗rgilay. Hali zamon ovqatim pishib qoladi. Men hozir… 
Oyim ko‗rpacha opchiqish uchun bo‗lsa kerak, uy tomon yo‗nalgan edi, Dalavoy 
qat‘iy bosh chayqadi: 

Yo‗q, mundoq keling. 
Oyim taraddudlanib hovli o‗rtasida to‗xtab qoldi. 

Xo‗-o‗sh, - dedi Dalavoy ma‘nodor qilib. - Bu, naluglar ko‗payib ketibdi-ku, bu 
yog'iga nima qilamiz? 
Oyim jilmayishga urindi: 

Bilmasam, opovsi. Uch kundan keyin adasi maosh oladilar. 

Unisi uch kun deydi, bunisi besh kun deydi! - Dalavoy jahl bilan sariq qoshini 
chimirdi. - Nima, mening jonim temirdanmi? Yuraveramanmi u eshikdan kirib, bu 
eshikdan chiqib! 
Oyimning ko‗zlari tashvish bilan javdiradi: 

Nima qilaylik, opovsi, o‗tgan safar barkashni olib ketdingiz... 
Oyimning gapi negadir Dalavoyni g'azablantirib yubordi. Kulrang ko‗zlari qisilib, 
allaqanday ko‗kish o‗t sachrab ketgandek bo‗ldi. 

Nima, barkashingizni uyimga oborib qo‗yibmanmi? - dedi ovozi jaranglab. - 
Zakun bor, bildingizmi? 
Shu payt osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi, allaqayoqdan gurji kuchugimiz 
paydo bo‗ldi. Xuddi hozir g‗ajib tashlaydigandek to‗ppa-to‗g‗ri otning oyog'iga 
yopishib ovozi boricha akillay boshladi. Jiyron yer tepinib pishqirdi. Boshini shiddat 
bilan ko‗targan edi, Dalavoyning jilov tutgan qo‗li siltanib qayrilib ketdi. 

Yo‗qol-e, padaringga la‘nat! - u jahl bilan jilovni tortdi. Itga qamchi o‗qtaldi. 
Kuchuk angillab qochdi. Biroq nariroqqa borib battar vovillashga tushdi. - Yeching 
anavini! - Dalavoy dag‗dag‗a bilan oyimga buyurdi. 


87 
Oyim bir zum ko‗zlarini pirpiratib turdi-da, sekin, entikib so‗radi. 

Nimani, opovsi? 

Anavi govmish sigirni! - Dalavoy labining bir cheti bilan istehzoli kuldi. - Qo‗tir 
echkidan boshqa nimangiz bor o‗zi? 

Insof qiling, opovsi. О‗zi bolalarning og‗zini oqartirib turgan bisotimizda bor 
molimiz shu. Buniyam opketsangiz holimiz nima kechadi? Bir joylik odammiz-ku
o‗rgilay. 

Qanaqa g‗alcha odam bular o‗zi?
-
Jahli chiqqanidan Dalavoyning ingichka 
mo‗ylovi ucha boshladi. - Nima, sendaqalardan boshqa ishim yo‗qmi?! Davlat bor, 
zakun bor! Mana! - U qamchisini qoltig‗iga qistirdi-da, yelkasidan oshirib taqib olgan 
charm sumkasini ochdi. - Mana, - dedi oyimning burniga allaqanday qog‗ozni 
tiqishtirib. - O‗ttiz kilo go‗sht, o‗n besh kilo yog‗, yuz litr sut... O‗qing, savod bormi 
o‗zi? 
Oyim qog‗ozga emas, Dalavoyning ko‗ziga termildi: 
Qo‗tir echki qanaqa qilib yuz litr sut bersin, opovsi, - dedi sekin. 

Iya! - Dalavoyning kulrang ko‗zlari qisilib ketdi. - Hali davlatning zakuni 
bekor ekan-da! Tegishli joyda gaplashib qo‗ymaylik tag‘in. 
Oyimning rangi quv o‗chib ketdi. 

Jon ukam, - dedi yalinib. - Iloyo martatbangiz bundan ham ulug‗ bo‗lsin. 
Ko‗rib turibsiz-ku… 

E

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish