Khorezm branch of uzbekistan writers union


nimani ko‗raman! Mana bu yerga hammasini yozib qo‗yibman-ku!



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana02.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#876852
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
1654848187 (1)


nimani ko‗raman! Mana bu yerga hammasini yozib qo‗yibman-ku!
 
Mana! 
Mana! 
U qog‘ozni ―mana‖ deb shaxt bilan ko‗targan edi, jiyron hurkib ketdi. Qattiq 
pishqirdi-yu suvlig‘ini shiqirlatgancha bir siltagan edi, jilov Dalavoyning qo‗lidan 
chiqib ketdi. Qoltig'iga qistirilgan qamchisi tuproqqa tushdi. Ot dumini gajak 
qilgancha darvoza tomon yo‗rtdi. Dalavoy jon holatda otning ketidan yugurdi. Bir 
sakrab jilovdan tutib oldi-da, sudragudek bo‗lib boyagi joyga olib keldi. Engashib 
yerdan qamchisini oldi-yu, kuchi boricha jiyronning boshiga soldi. Ot jon achchig‘ida 
boshini silkitib oldingi oyoqlari bilan yer tepina boshladi. Ammo Dalavoyning 
baquvvat qo‗li jilovni burab olgan, har gal qamchi vizillaganida ot pishqirib 
suvlig'idan ko‗pik sachratar, ko‗zlari olayib qulog‘ini ding qilgancha yer tepinar, 
biroq jilovini bo‗shatolmas edi. 
Dahshatdan chinqirib yubordim. Akam hamon angrayib turardi. Oyim yugurib kelib 
Dalavoyning qamchisiga osildi: 

Urmang, jonivorda nima gunoh! 

E, nari turing! - Dalavoyning ko‗zlarida rasmana vahshiy o‗t yonar, o‗zining 
labi ham xuddi otiniki singari ko‗pirib ketgan edi. U a‘zoyi badani titrab turgan otni 
jilovidan siltab tortgancha hovli burchagiga qarab yurdi. Bir qo‗lida jilov tutgan ko‗yi 


88 
ikkinchi qo‗li bilan echkining arqonini qoziqdan yecha boshladi. Oyim chumchuqdek 
chirqillab, echkining arqoniga yopishdi. 

Bermayman! - dedi nafasi qaytib. – O‗ldirsang ham bermayman. 
Dalavoy arqonni yechib torta boshladi. Boyadan beri yonimda indamay turgan 
akam supadan sakrab tushdi-da, chopib borib arqonga yopishdi. Dalavoy u yoqqa 
tortdi, oyim bilan akam bu yoqqa. Oyimning ro‗moli yechilib, yelkasiga tushdi. 
Sochlari yoyilib ketdi. Echki ham xuddi hammasini tushungandek to‗rtta oyog‘ini
уerga tirab orqaga tisariladi. Endi ovozi o‗cha boshlagan kuchugimiz tag‗in ―ishga 
kirishdi‖. Qandaydir ingichkalashib ketgan tovushda alam bilan akillagancha, 
koptokdek pildirab chir aylana boshladi. Faqat men dahshat ichida qotib turar, nima 
qilishimni bilmas edim. Dalavoy arqonni sal bo‗shatgan edi, bo‗yni cho‗zilib ketgan 
echki boshini silkitib, bo‗g‗ilib yo‗tala boshladi. 
Ichkarida uxlab yotgan ukam shovqin- surondan uyg‗onib ketdi shekilli, ayvonga 
ishtonchan chiqib burni oqqancha yig‘lay boshladi. Oyim Dalavoyning arqonni 
bo‗shatganidan umidvor bo‗lib yana yalindi. 

Hech bo‗lmasa mana shu qora ko‗zlarni o‗ylang. Iloyo siz ham shunaqa 
qo‗sha-qo‗sha o‗g‗illar ko‗ring, ukam, - dedi harsillab. 
Dalavoy arqonni qo‗yib yubormadi. Ijirg‗anib yuzini o‗girdi: 

E, shunaqa qing‗ir-qiyshiq bolalar ko‗radigan bo‗lsam, ko‗rmadim-e! 
Oyim tarsaki yegandek birdan seskanib ketdi. Bir zum Dalavoyga tikilib turdi-yu 
arqonni qo‗yib yubordi. Qalin lablari titray boshladi. 

Ol! - dedi ovozi qaltirab. O‗sha zahoti ko‗zlari jiqqa yoshga to‗ldi. - O‗zimni 
so‗ksang so‗k,
 
bolalarimni nimaga haqorat qilasan, imonsiz! - Keyingi so‗zlar 
bo‗g‗zidan yig‗i aralash nido bo‗lib chiqdi. – Iloyo u dunyo bu dunyo tirnoqqa zor 
bo‗lgin, bildingmi! Iloyo xonadoning chaqaloq yig‗isiga zor bo‗lsin! 
Dalavoy birpas bezrayib turdi-da, g‘udranib so‗kindi. Arqonni qo‗yib yuborib 
orqasiga burildi. 

Opket! - dedi oyim qat‘iyat bilan. - Erkak
 
bo‗lsang, so‗zingdan qaytma! 
Dalavoy uch qadamcha yurgan joyida shartta burildi. Arqonni yulqib oldi-da, echkini 
eshik tomon sudrab ketdi. Echki hamon tixirlik qilib orqaga tisarilar edi. Boya 
onasini to‗yib emib olgan, endi hovlining allaqaysi burchagida yurgan uloqchalar 
dikonglab echkiga ergashdi. Akam jon holatda yugurib uloqchalardan birining orqa 
oyog‗idan ushlab qoldi. Uloqcha ayanchli ma‘rab tipirchilar, akam qo‗yib yubormas 
edi. Dalavoy darvozaga yetganda ikkinchi uloqchani etigi bilan turtib ichkarida 
qoldirdi-da, bir qo‗lida ot jilovi, boshqa qo‗lida echki arqonini tutgancha eshikni 
qarsillatib yopib chiqib ketdi. Ro‗y bergan voqeaning butun dahshatini endi 
tushungandek bo‗ldim. Echkim bo‗lmasa, maydonchaga nima deb boraman? Vali 
bilan qanday o‗ynayman? Toy bilan-chi? 


89 
Oyim bir zum hovli o‗rtasida sochlari parishon turib qoldi. Keyin hamon 
yig‘layotgan ukamning tepasiga keldi. Burnini etagiga artdi-da, ko‗tarib uyga opkirib 
ketdi. 
Qosh qorayganda darvozadan yugurgudek bo‗lib dadam kirib keldi. Hamma 
gapni ko‗chadan eshitgan shekilli, to‗ppa-to‗g‗ri uyga kirdi-yu qo‗shog‗iz miltig‘ini 
ko‗tarib chiqdi. 
Oyim dod solib miltiqqa yopishdi. 

Qamab qo‗yadi! - dedi chirqillab. - Nima qilmoqchisiz, qamab qo‗yadi! 

Qoch! — Dadam g‗azabdan qaltirab, tirsagi bilan oyimni nari surdi. — Bir 
boshga bir о‘lim! 

Kerakmas, Xudo xayringizni bersin, kerakmas. 
Oyimning nolasi ta‘sir qildi chog‘i dadam holdan toygandek supaning chekkasiga 
о‘tirib qoldi. Tizzasi ustiga miltiqni ko‗ndalang qo‗ygancha kaftlari bilan boshini 
changalladi... 

Davlatning odami bilan o‗ynashib bo‗ladimi, - dedi oyim murosaga chaqirgan 
ohangda. 

Davlat unaqa deganmas! - dadam jahl bilan tizzasiga mushtladi. - Davlat
birovning oxirgi molini shilib kelasan, deganmas. Bu gap o‗sha piyonistaning o‗zidan 
chiqqan. 

Qo‗lida qog‗ozi bor-ku, - dedi oyim yoshli ko‗zlarini mo‗ltiratib. 

Tag‗in gapiradi-ya! - Dadam hammasiga oyim aybdordek yana tizzasiga 
mushtladi. - Hech kim unga unaqa qilasan, deb o‗rgatgan emas! Bu ablahning o‗zi 
davlatni odamlarga yomon ko‗rsatib yuribdi. Shunga aqling yetadimi, yo‗qmi! 

Mayli. - Oyim yengining uchi bilan ko‗zini artdi. - Ungayam boqqan balo 
bordir... Mayli, - dedi xo‗rsinib. - Shukr, urush bitdi, bu kunlar ham o‗tib ketar. 
Hademay bolalar katta bo‗lib qoladi. - Dalavoyning boyagi gapi yana yuragini o‗rtab 
yubordi shekilli, oyimning ovozi titrab ketdi. - O‗zimni so‗ksa mayli edi, bolalarimni 
nimaga gapiradi... 
...Onam aytganidek, o‗sha kunlar unut bo‗ldi. Turmush iziga tushib ketdi. Kunlardan 
birida oppoqqina, do‗mboqqina notanish xotin bir narsadan qo‗rqqandek hurkib 
darvozadan kirib keldi. Oyim aylanib-о‘rgilib unga peshvoz chiqdi. Notanish xotin 
oyim bilan ko‗risha turib hiqillab yig‘lab yubordi.

Kuyovingiz yana urdi, - dedi sekin. Uning chap yuzi momataloq bo‗lib 
ketganini endi ko‗rdim. 

Kunora uradi. ―Qisir
 
s
i
girsan‖, deydi. Bo‗yimda bo‗lmasa, nima qilay, opajon. 
―Seni ming taloq qo‗yib onasi o‗pmagan qizni olaman‖, deydi. - Notanish xotin 
ho‗ng-ho‗ng yig‘lar, o‗pkasini tutib ololmasdi. – ―Seni deb odamlarga yomon 
ko‗rindim‖, deydi. Nimani qoyil qipti? Topganini ichadi. Kecha mast bo‗lib sizni 
gapirdi. ―Shuyam qarg'agan edi‖, deydi. Mahallaga qo‗shilolmasam, birovga hasrat 


90 
qilolmasam. Burchak jinnisi bo‗lib o‗tiribman. Kimga dardimni aytsam kuladi. 
Ta‘nadan boshim chiqmay qoldi, aylanay opajon. 
Bu - Dalavoyning xotini ekanini endi tushundim. Hayron bo‗lib goh onamga, goh 
Dalavoyning xotiniga qarab turardim. 

Voy, gapingiz qurmasin! - oyim uning yelkasiga qoqdi. – Qo‗ying-e, nima, 
men payg‗ambar bo‗pmanmi? Jahl ustida aytgan bo‗lsam, miing marta qaytib oldim, 
o‗rgilay! - U choy quyib uzatdi. - Shuni о‘ylab yuribsizmi hali? Qo‗ying, o‗zingizni 
bosing. Meni aytdi dersiz, opovsi, ichingiz to‗la bola. Hali shunaqa qo‗sha-qo‗sha 
o‗g‗illar ko‗rasizki, og'ziga kuchi yetmaganlar uyalib qoladi, aylanay! 
Dalavoyning xotini oyimga termilib turarkan, yoshli ko‗zlari bilan jilmaydi: 

Aytganingiz kelsin, - dedi pichirlab. 
Ammo Dalavoy aytganini qildi: xotinini qo‗yib yuborib, ―onasi o‗pmagan‖ qizni 
oldi... Teshik munchoq yerda qolmaydi deganlari rost ekan. Dalavoyning avvalgi 
xotini Abdi degan aravakashga tegdi. Ora-chora bir bolasini ko‗tarib, birini yetaklab 
oyimning oldiga kelib qolar, ikkovlari uzoq-uzoq chaqchaqlashib o‗tirishar edi. 
Dalavoyning ikkinchi xotini ham tug‘madi. Lekin bunisi ―zakunni‖ bilish bobida 
о‘zidan qolishmas ekan. Dalavoy uni ham ―qisir sigirsan‖, deb bir marta urgan ekan, 
―tegishli joy bilan gaplashib qo‗ydi‖ shekilli, nalugchilikdan bo‗shatishdi. Biroq 
Dalavoy otdan tushsa ham egardan tushmasdi. Hamon jiyronini gijinglatib ―po‗rim‖ 
kiyinib yurar, faqat endi yelkasiga osib yuradigan charm sumkasi yo‗q edi. 
Falokat qosh bilan qovoqning o‗tasida turadi, degan gap bor. Dalavoy bir kuni 
mast bo‗lib kelayotganida ot hurkib sudrab ketibdi, degan gap tarqaldi. Beli bilan 
oyog‗i sinib kasalxonada yotdi. Uzoq yotdi... 
...Hozir uni deyarli har kuni ko‗raman. Guzardagi bozorchada o‗tirib pista sotadi: 

Ja-a-reniy semichka! 
Bilganlar u bilan savdolashib o‗tirmaydi. Bilmaganlar sal jig‗iga tegishsa, 
tayoqdek qotib qolgan o‗ng oyog‘ining tovonini yerga urib-urib qo‗yadi. G‗azabdan 
sariq mo‗ylovi uchib-uchib xirillaydi: 

Menga qara, o‗v! Zakunni sendan yaxshi bilaman. Senlarni deb qon 
to‗kkanman! 
Har gal uni ko‗rganimda g‗alati tuygular qiynaydi. Bir jihatdan achinaman. 
Ehtimol, u o‗z vazifasini bajargandir. Ehtimol, o‗sha paytda shunday qilish kerak 
bo‗lgandir. Ammo insonning fe‘li g‗alati. Yaxshi narsa esidan chiqsa-chiqadiki, 
yomonlikni unutishi qiyin. Ayniqsa, bu - bolalik xotirasi bo‗lsa... Uni har 
ko‗rganimda ko‗z o‗ngimda onamni haqorat qilgani xayolimga kelaveradi. Onamning 
jiqqa yosh to‗la ko‗zlari tasavvurimda jonlanadi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish