Keysi teoremasi – “Casey’s theorem” (Umumlashgan Ptolemey Teoremasi)
SEPTEMBER 11, 2020 ~ MATHUZ
Ko‘pchilik Ptolemey teoremasi haqida eshitgan bo‘lishi mumkin. Ptolemeyni umumlashgan teoremasi haqidachi? Nomidan ham bilish qiyin emas-ki, Ptolemeyni teoremasiga o‘xshash, nafaqat o‘xshash, balki undanda murakkab va qiziqarli. Albatta, kalavani uchi topilmasa, kalavani topishdan umid qilmasa ham bo‘ladi. Ya’ni, Ptolemey teoremasini tarixi uzoqqa borib taqalishi mumkin, ammo, biz aytayotgan ,,Ptolemeyning Umumlashgan Teoremasi “ ning tarixi unchalik ham uzoqqa borib taqalmaydi. Aslida, bu teorema ,,Casey’s Theorem“ nomi bilan ataladi. Jon Keysi (John Casey, [12 May 1820 – 3 Yanvar 1891]) Irland matematiki, Evklid geometriyasiga o’z hissasini qo‘shgan. Ko‘proq Keysi teoremasi va Appoloniya masalasi ustida olib borgan ishlari bilan tanilgan. Ayniqsa, 1875-yillar atrofida E. Lemuan (Emile Lemoine) bilan birgalikda uchburchak va aylana geometriyasida ko‘plab xususiyatlarni, teoremalarni topishga va isbotlar keltirishga muoffaq bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |