659
Vazirlar Mahkamasining
2008 yil 10 dekabrdagi
271-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
O`zbekiston Respublikasida putur etkazmaydigan
nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
KONTSEPTSIYASI
I. Umumiy qoidalar
II. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va
rivojlantirish kontseptsiyasining asosiy vazifalari
III. Mahsulot sifatini ta`minlashda putur etkazmaydigan nazoratning
roli
IV. Sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashda putur
etkazmaydigan nazoratning roli
V. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini qurish
VI. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini boshqarish
VII. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va
rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari
VIII. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va
rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari
Ilova. Putur etkazmaydigan nazorat tizimi Tuzilmasi
I. UMUMIY QOIDALAR
Sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi ilmiy-texnik taraqqiyot
rivojlanishining sezilarli sur`atlari hamda ishlab chiqarish obyektlarining
yuqori foydalanish ishonchliligini qo`llab-quvvatlash vazifalarini hal etish
zarurligi nazoratning putur etkazmaydigan usullarini takomillashtirish va
yanada keng qo`llashni talab etadi. Putur etkazmaydigan usullar
660
kompleksidan oqilona foydalanish mahsulotning ishonchliligi va sifatini
oshirish imkonini beradi, murakkab agregatlarning texnogen avariyalari va
halokatlarining oldini oladi hamda ishlab chiqarishga juda katta iqtisodiy
afzallik beradi.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni
tashkiliy-metodik
va
ilmiy-texnik
ta`minlashni
doimiy
ravishda
takomillashtirib borish asosida uning yo`nalishlarini asosli belgilash,
xodimlar malakasini, laboratoriyalar vakolatliligini, putur etkazmaydigan
nazoratning metodik hujjatlari va vositalari texnik darajasini oshirish,
putur etkazmaydigan nazorat tizimi qoidalari va tartib-qoidalarini putur
etkazmaydigan nazorat bo`yicha jahon standartlari talablari va
mezonlariga uyg’unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat sohasida normativ-huquqiy,
normativ va texnik hujjatlarni ishlab chiqish, xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining texnik, sanoat va radiatsion xavfsizligini, shu jumladan
fuqarolarning hayoti va sog’ligi, ularning mol-mulki, atrof muhitning
xavfsizligini ta`minlash, shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridan
chiqadigan texnogen xavflardan sanoat va radiatsiya xavfsizligini
ta`minlash bo`yicha putur etkazmaydigan nazorat sohasida maqsadli
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
kontseptsiyasining
huquqiy
asosini
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya, er osti boyliklarini
muhofaza qilish, sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi O`zbekiston
Respublikasi qonunlari, putur etkazmaydigan nazorat sohasida texnik
siyosat va munosabatlar masalalarini tartibga soladigan xalqaro
shartnomalar va bitimlar, sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlash
sohasidagi normativ hujjatlar va hokazolar tashkil etadi.
Putur
etkazmaydigan
nazorat
tizimini
shakllantirish
putur
etkazmaydigan nazorat natijalarining eng ko`p darajada samaraliligi va
ishonchliligini belgilab beradigan omil sifatida putur etkazmaydigan
nazoratni tashkil etishga kompleks yondashish zarurligi bilan belgilanadi.
Mahsulotlarning sifati va ishonchliligi darajasini, shu jumladan
ishlab chiqarish obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnik
qurilmalar, binolar va inshootlarning foydalanish xavfsizligini oshirish
putur etkazmaydigan nazorat tizimining maqsadi hisoblanadi. Bunga putur
etkazmaydigan nazoratning ishonchliligi, takrorlanishi, qiyoslanishini
661
ta`minlash hamda sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlash bo`yicha
o`z vaqtida va muqobil qarorlar qabul qilish hisobiga erishiladi.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat tizimining asosiy maqsadlari
va vazifalarini, tuzilmasini, shuningdek uni rivojlantirishning asosiy
yo`nalishlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: