sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o`rinlarda "ekspertiza"
deb ataladi)
- ekspertiza obyektining unga qo`yiladigan sanoat xavfsizligi
talablariga muvofiqligini baholash;
ekspertiza obyektlari
- xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha
hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi
deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan
bog’liq bo`lgan boshqa hujjatlar;
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
-
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi
- ekspertiza qatnashchilari,
shuningdek ekspert faoliyat uning doirasida tashkil etiladigan va amalga
oshiriladigan me`yorlar, qoidalar, metodikalar, shartlar, mezonlar va
tartib-qoidalar jami;
Do'stlaringiz bilan baham: |