Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
- xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida shaxs va jamiyatning avariyalar va noxush
hodisalardan va ularning oqibatlaridan hayotiy muhim manfaatlari
himoyalanganligi holati.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
- ekspertiza obyektining unga
qo`yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash.
Ekspert tashkiloti
- belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan,
sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilot.
III. OBYEKTLARNI XAVFLI ISHLAB CHIQARISH
OBYEKTLARI KATEGORIYASI VA TIPLARIGA
KIRITISHNING ASOSIY MEZONLARI
6. "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab
chiqarish obyektlari jumlasiga quyidagi xavfli moddalar:
1) portlash-yong’in xavfi bo`lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin
bo`lgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta`sir qilish
darajasiga ko`ra I, II va III xavflilik darajalariga (o`ta xavfli, yuqori
darajada xavfli va o`rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta`sir chog’ida issiqlik ajratgan va gazlar
hosil qilgan holda o`z-o`zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy
o`zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog’lig’i va atrof muhit uchun xavfli kontsentratsiyali
moddalar mavjud bo`lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan,
ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan,
tashiladigan, yo`q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan
643
suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq
haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko`chmas asosga o`rnatilgan yuk ko`tarish mexanizmlari,
eskalatorlar, osma yo`llar, funikulyorlardan (tog’ temir yo`llaridan)
foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida
qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish
ishlari, shuningdek er osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki
ularning tsexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab
chiqarish obyektlari kiradi.
7. Obyektni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritish
obyektning xavfliligi belgilarini aniqlash asosida uni identifikatsiyalash
jarayonida amalga oshiriladi.
Obyektni ushbu Nizomning 6-bandi 2 va 3-kichik bandlarida
nazarda tutilgan belgilar bo`yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari
kategoriyasiga kiritishda xavfsizlikning tegishli qoidalariga muvofiq ham
"Sanoatgeokontexnazorat"
davlat
inspektsiyasida
ro`yxatdan
o`tkaziladigan, ham ro`yxatdan o`tkazilmaydigan texnika qurilmalari va
inshootlar hisobga olinadi.
8. Xavflilik darajasi bo`yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari
quyidagi tiplarga bo`linadi:
birinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - ushbu Nizomga
2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko`rsatilgan miqdorda, ularning
cheklangan me`yoriga teng bo`lgan yoki undan ortiq bo`lgan xavfli
moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan,
hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q qilinadigan yuqori
xavflilik darajasidagi obyektlar;
ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - birinchi tipga
tegishli bo`lmagan, ushbu Nizomga ilovaning 1 va 2-jadvallarida
ko`rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me`yoridan kam bo`lgan
xavfli
moddalar
foydalaniladigan,
ishlab
chiqariladigan,
qayta
ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q
qilinadigan obyektlar;
uchinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - obyektlarning
birinchi va ikkinchi tiplariga tegishli bo`lmagan, ushbu Nizomning 6-
bandi 2 - 5-kichik bandlarida ko`rsatilgan xavflilik belgilariga ega bo`lgan
obyektlar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi xavfli ishlab chiqarish
644
obyektlarini identifikatsiyalashda aniqlanadi.
9. Birinchi va ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini
identifikatsiyalash quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga
oshiradi:
2-ilovaning 1-jadvalida ko`rsatilmagan xavfli moddalar uchun 2-
ilovaning 2-jadvali moddalari qo`llaniladi;
agar xavfli ishlab chiqarish obyektlari o`rtasidagi masofa 500
metrdan kamni tashkil etsa, xavfli moddaning jami miqdori hisobga
olinadi;
agar ayni bir kategoriyadagi xavfli moddalarning bir nechta turlari
qo`llanilsa, ularning jami boshlang’ich (cheklangan) miqdori
n
m(i) / M(i)>1
i=1
sharti bilan aniqlanadi,
bunda m (i) - qo`llaniladigan modda miqdori;
M (i) - barcha 1 dan n gacha uchun 2-ilovaning 1 va 2-jadvallariga
muvofiq ayni bir moddaning boshlang’ich (cheklangan miqdori).
Do'stlaringiz bilan baham: |