ko`priklar, binolar va inshootlarning tayanch konstruktsiyalari, ko`tarish
qurilmalari, temir yo`llar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa
663
chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini
tayyorlash, ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish, montaj qilish, qurish va
sanoat xavfsizligi ekspertizasi sifati, radiatsiya xavfini o`z vaqtida
aniqlash bilan bog’liq sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashning
asosiy omillaridan biri sifatida putur etkazmaydigan nazoratning roli va
ahamiyati o`sishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin
ishlatish muddatlarini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Bunday
obyektlarning
vaqti-vaqti
bilan
o`tkaziladigan
ishonchli
putur
etkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va,
asosiysi, texnogen avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish
imkonini beradi.
Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga
chiqish ehtimolining, shu jumladan buning oqibatida ish to`xtab qoladigan
yo`l qo`yiladigan doirasida chetga chiqishlarini prognozlashtirish uchun
ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va o`rganish,
shuningdek normal ish rejimi buzilishining o`z vaqtida oldini olish
maqsadida ular holatini eksperimental aniqlash usullari va vositalarini
ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishlab chiqarish
tsiklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika
deb ataladi. Putur etkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika
usullari texnika qurilmalari, binolar va inshootlar ish qobiliyati va
xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun
qo`llaniladi.
Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruktsiyalar, mexanizmlar
va elementlarning texnik holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek
normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari yoki (inshootni)
loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan
belgilanadigan xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va
ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish
obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar
va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirishda muhim
bo`g’in, tashkil etilishi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat
xavfsizligi to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga
oshirishning yo`nalishlaridan biri hisoblangan Sanoat xavfsizligi
ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini
ta`minlashning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: