Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi.
Qurilmalar
agar 36 V, bundan tashqari 220 V kuchlanish ishlatadigan elektr tarmog’i
bilan kontaktda bo’lganida shikastlanish xavfi doimo mavjuddir. Bu
beparvolik natijasida ochiq tok o’tkazuvchilarga tegib ketish xollarida,
aksariyat paytlarda turli xildagi sabablar (tok zo’riqishi, sifatsiz
izolyatsiya, mexanik buzulishlar) tufayli yuz berishi mumkin. Foydalanish
jarayonida tok o’tuvchi qismlarning, shu jumladan, kuchlanish ostidagi tok
simlarining izolyatsiyasiga zarar yetishi, natijada ularga bilmay tegib
ketish oqibatida jaroxatlanish, og’ir xollarda xatto insonni o’limiga olib
kelishi mumkin.
Kuchaygan elektr xavfsizligi zonasi bo’lib, elektr qurilmalarni va
elektr jixozlarni tokka ulash joylari hisoblanadi. Ko’pincha rozetkalarni
polga joylashtirishadi, bunday qilishga esa yo’l qo’yish kerak emas,
bundan tashqari ularni quvvatidan ortiqcha-yuklantirish natijasida
izolyatsiyasi zaxa bo’ladi va qisqa to’qnashuvga olib keladi.
Bunday xolatni yuqotish, aniqrogi, elektrdan jaroxatlanishni
minimumga keltirish uchun "Iste`molchilarni elektr qurilmalardan
foydalanish qoidalari"
va "Iste`molchilarni
elektr qurilmalardan
foydalanishidagi texnika xavfsizligi qoidalari", hamda "Elektr jixozlarning
517
qurilmalari qoidalari" talablariga rioya qilish zarurdir.
Kompyuter bilan ishlaganda elektr tokidan jaroxatlanishni oldini
olish uchun tok yuruvchi qismlarga yaqinlashmaslikni ta`minlash uchun
qo’shimcha to’sish qurilmalari o’rnatilishi kerak, asosiy kuchlanish
manbaidan jaroxatlanishni pasaytirish uchun bo’luvchi transformatordan
foydalanish mumkin, xar qaysi xolatda ham elektr qurilmalarida albatta
muhofazalovchi yerga ulash yoki nolga ulash (muhofazalovchi o’chirish)
bo’lishi kerak. Kompyuterlarni sifatli ishlashini ta`minlash alohida yerga
ulash konturi yaratiladi.
Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash,
montaj qilish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida va o’quv yurtlarida VDT va XT ni
SanQvaM 2.2.2.542-96 ga asosan bevosita o’quv honalarda ta`mirlash
ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida yuqorida zikr etilgan
qoidalarga so’zsiz amal qilishdan tashqari, barcha kuchlanishni o’chirish
bilan bog’liq texnikaviy choralarni, ya`ni ish bajarish uchun ajratilgan
uchastkadagi qurilmalar o’chirish va o’z-o’zidan yoki bexosdan ulanishga
qarshi choralarni ko’rish, ish joylarida zarur bo’lsa, to’siqlar qo’yish
plakatlar va ogoxlantiruvchi belgilar osish, tok o’chirilganligini tekshirish,
yerga ulashni amalga oshirish kabilarni bajarish kerak.
Hisoblash texnikasi bilan bog’liq barcha elektr montaj va ta`mirlash
ishlarini bir yo’la ikki bajarishi kerak, elektrdan jaroxatlanish yuz bersa,
tokni o’chiruvchi va birinchi vrach kelgunga qadar yordam beradigan
odam bo’lsin. Sozlovchi albatta rezina gilamchada bo’lishi va elektr
sxemasini korpusga va tok o’tuvchi simlarga tegmay tekshirishi kerak
Hisoblash texnikasini ta`mirlash paytida quyidagilar taqiqanadi:
-blok va uskunalarni ulash uchun izolyatsiyasi zaxa bo’lgan simlarni
ishlatish;
-tokka ulangan ko’rilmani payvandlash va detallarni o’rnatish;
-tok va kuchlanishni izolyatsiya qilinmagan simlar va qisqichlar
bilan tekshirish;
-kuchlanish ostida bo’lgan ko’rilmalarga blok va uskunalarni ulash;
-tokka ulangan qurilmaning predoxranitelini almashtirish;
-muhofazalovchi vositalarsiz yuqori kuchlanishli k;urilmalarda
ishlash.
Kuchlanish tarmog’idagi boshqa elektr qurilmalarida nosimmetrik
kuchlanish tufayli avariya sodir bo’lish ehtimolini olish, tarmoqdan
kompyuter qurilmalarini ishonchli o’chirish va texnika xamda
518
ishlovchilarni elektr xavfsizligini ta`minlash maqsadida bir qator montaj
talablariga rioya qilish kerak:
Birinchidan, barcha SHEXM va tashqi qurilmalarni elektr
tarmog’ini o’chirib ulash kerak.
Ikkinchidan, bitta shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini va
unga ulanadigan tashqi moslamalar elektr tarmog’ining bitta fazasiga
ulanishi kerak.
Uchinchidan, tizim blokining korpusini va tashqi qurilmalarinining
yerga ulanishini aloxida tashqi kontur orqali bajarilishi kerak.
To’rtinchidan, kompyuter qurilmalarini o’chirish uchun bitta
muhofazalovchi avtomatli schit va rubilnikdan foydalanish kerak.
Kompyuterning kuchlanish blokini tarmoqda tarmoq filtri orqali
ulanishini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Filtrning xizmati - kondensatorlarni
nolga va fazaga ulash yordamida tarmoqdagi tokning yuqori chastotali
tashkil etuvchilari to’siqlarini yerga uzatishdan iborat. Buning uchun uchta
yo’lkali vilka va rozetkadan foydalaniladi. "Yerga ulash" simini konturga
ulanadi, kuchlanish tarmog’ining noliga xam ulashga ruxsat beriladi.
Amalda bu ikkisi xam bir xildir, farqi faqat og’ir foydalanish
sharoitidagina seziladi.
Agar kompyuterning (yoki boshqa qurilmalarning "yerga ulash"
simi xech qayerga ulanmasa, qurilma korpusida 110 V o’zgaruvchan
kuchlanish paydo bo’ladi, negaki, filtr kondensatori kuchlanish sig’imini
bo’luvchi kabi ishlaydi, sig’imlari teng bo’lgani uchun u 220V
kuchlanishni ikkiga bo’ladi.
Bir paytni o’zida kompyuterning bo’yalmagan metal qismlariga va
yerga ulangan qandaydir metallkonstruktsiyalarga, masalan, isitish
batareyalarga tegib ketishi natijasida inson xayoti uchun xavfli bo’lgan tok
zanjiriga tushib qoladi. Xuddi shu kuchlanish interfeys sxemalari jafo
chekadigan qurilmalar orasidagi potentsiallar ayirmasining manbai
hisoblanadi.
Agar bog’lovchi qurilmalar umumiy konturga aloxida simlar bilan
mustaxkam nollangan yoki yerga ulangan bo’lsa, potentsiallar ayirmasi
muammosi yuz bermaydi.
Agar ikkita ulanuvchi qurilmalar yerga ulanmagan bo’lsa,
tarmoqning bir fazasidan kuchlanish berilsa, turli filtrlarga yoyilgan
kondensator sig’imlaridan uncha katta bo’lmagan potentsiallar ayirmasi
yuzaga keladi, lekin xar qanday sharoitda inson uchun xavf saqlanib
qoladi. Agar yerga ulanmagan qurilmalar turli fazalarga ulansa,
potentsiallar ayirmasi ko’payib, 190 V gacha etadi, uning inson uchun
519
juda yomon oqibatlarga olib keladi. Eng ogir xolatlardan biri-katta
kuchlanishli bloki bo’lgan yerga ulanmagan qurilmalarni yerga ulangan
qurilmalarga ulashdir.
Kuchlanish blokining simlari ikki qutbli vilka va tarmoq filtri bilan
ta`minlangan qurilmalarda ma`lum muammolar paydo bo’ladi. Bunday
filtr kondensatorlari kichik sig’imlidir, shuning uchun qisqa to’qnashuv
toki nisbatan katta emas-bir necha milliamperdir.
Ulanish paytidagi xavfsizlik muammolari yerga yoki nolga ulangan
uch qutbli rozetkasi bo’lgan Pilot turidagi yoki shunga o’xshash filtrlardan
foydalanish bilan xal bo’ladi.
Agar barcha interfeyslar bilan ulanadagan qurilmalarni shunday uch
qutbli vilka va rozetkali filtr yoki ularning zanjiri bilan ulansa, bunda yana
potentsiallar ayirmasining muammosi xam xal bo’ladi.
Kompyuterlarning ish paytidagi nosozliklarini (to’xtab qolishi,
diskdan o’qiy yoki yoza olmasligi) asosiy sababchisi bo’lgan sifatsiz
kuchlanish manbai (ko’paygan va kamaygan, keskin tushib, sakrab
ketadigan kuchlanish, chastotadan og’ishlar va x.k.) dan ximoyalash
uchun xozirgi paytda uzluksiz kuchlanish manbalari (UKM) ishlatiladi.
Ularning asosiy vazifasi-asosiy tarmoqda avariya sodir bo’lganda elektr
energiyasi bilan ta`minlashdir. UKM dan foydalanilganda ximoya konturi
(yer) va neytral sim aloxida o’tkazilishi kerak. Shu bilan birga, sifatsiz
yerga ulash manbadan qurilmaga (monitor) yo’naltirilgan elektromagnit
maydonga tusqinlik qilishdan ximoyalashni kamaytiradi. Bundan tanshari,
UKMga lazer printerlarni ulash tavsiya etilmayli, chunki printer qiziganda
nominal qiymatdan ortsh tok talab qiladi, bu esa UKMni ishdan chiqishiga
olib kelishi mumkin.
Elektr xavfsizligi qoida va talablariga rioya qilish foydalanuvchini
elektr tokidan jaroxatlanishdan maksimal ximoya qiladi. Lekin, agar
baxtsiz xodisa yuz bersa, birinchi navbatda xar qanday usul bilan zudlikda
tok ta`sirini to’xtatish (rubilnikni o’chirish, jabrlangandan elektr simini
quruq yog’och yoki shunga o’xshash narsa bilan olib tashlash, zudlik bilan
vrachni chaqirish) kerak. Agar jabrlanuvchi xushini yo’qotmagan va
noxushlik sezgan bo’lsa, vrach kelgunga qadar unga tinchlik, toza havo
issiqlik bilan ta`minlash kerak.
Jabrlanuvchi og’ir xolatda (xushidan ketgan, pulsi yo’q, uzuq nafas
olayotgan) bo’lsa, zudlik bilan "og’izdan-og’izga" usuli bilan minutiga 12-
15 marta sun`iy nafas olishni va yurakni sekundiga bir marta bosish bilan
massajni boshlash kerak va kasal o’ziga kelgunga qadar (ko’z
qorachigining diametri tiklanadi, ya`ni normal xolatgacha kichrayadi, puls
520
qaytadi, nafas olishi normallashadi) davom ettiriladi. Inson o’ziga
kelgandan keyin berilayotgan yordamni yana 5-10 minut davom ettiriladi,
so’ng uni iliq honaga yotqizib, kuproq issiq choy berish kerak. Xar qanday
xolatda xam malakali tibbiy yordam ko’rsatishni ta`minlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |