Ko’rish toliqishini yuqotish va profilaktikasi bo’yicha
tavsiyalar.
Shaxsiy kopyuterdan foydalanuvchilarning ko’zni tez-tez
qisishi, qichishi, sanchishi, yoshlanishi va boshqa shu kabi keng tarqalgan
ko’z toliqishlari kerakli choralar ko’rmay ishlashni davom ettirganda
yuzaga keladi.
Shu masala yuzasidan ingliz olimasi M. Korbett qiziq
ogoxlantirishni keltiradi: "Tsivilizatsiya bizlarni xatto oyoqarimizga
qiladigan minimal e`tibor, ya`ni charchaganimizni xis qilib, birpas o’tirib
yoki yotib olishdek narsadan ko’zlarimizni maxrum etdi. Ko’z toliqishini
sezsamiz xam, ularni o’qish, kinofilm, televizor ko’rish, kompyuterda
ishlash bilan kuchaytiramiz. Lekin shuni yodda tutish kerakki, bizning
kaftlarimiz ko’zlarimizni Muhofazalash uchun ajoyib asbob vazifasini
bajaradi.
Bu erda gap quyidagi "palming" deb ataluvchi mashq tug’risida
borayapti. Barmoqlarni birlashtirib, peshona markazida bir-birini ustiga
qo’yish kerak, bunda kaftlar ko’z o’mizini yopib, nur tushishini butunlay
berkitadi, shu bilan birga ko’z sovdasini ezmay, bemalol qovoqlari
xarakatlanadi, natijada ko’z retseptorlarining kimyoviy tiklanishi, intensiv
oqimdagi obrazlar tufayli muskul to’qimalarini bo’shashi yuz beradi.
Ushbu sun`iy ko’rishni tutilishi ko’z muskullarini bo’shashini va qon
aylanishini yaxshilash jarayonini tezlashtiruvchi eng yaxshi mashqlardan
biri hisoblanadi. Ikki minutli palming ko’z to’rpardasining funktsional
xossalarini tiklaydi.
Albatta, displeylar bilan ishlashdan oldin, ko’zni gigiyenasi
va uni profilaktik nazorati uchun xar taraflama okulist
ko’rigidan o’tish, doimiy ravishda kamida yiliga bir marotaba bu
tekshirishlarni qaytarish kerak.
Sifatli yaxshi monitorlarda ishlash jarayonida, ish joyining
ergonomik parametrlariga rioya qiladigan va mexnat qilish xamda dam
olish to’g’ri tashkil etilganda xam foydalanuvchi ma`lum bir ko’rish,
muskul toliqishini, fizik va asabiy noqulayliklarni boshdan kechirishi
tufayli, displeyda ishlash vaqtini chegaralash darkordir. Bunday sharoitda
dam
olish
vaqtini
uzaytirish,
yoki
hisoblash
texnikasidan
foydalanilmaydigan ish faoliyatiga o’zgartirish kerak.
Profilaktik choralar sifatida ko’z toliqishini pasaytirish, ko’z
sovdasidagi qon aylanishini yaxshilash, ko’z xarakatini tiklovchi
muskullarni bo’shashini ta`minlash maqsadida Sanitar qoidalarda katta
eshdagi foydalanuvchilar uchun belgilangan tanaffuslarda, talabalarga esa
523
VDT va SHEXMda ishlaganda xar 20-25 minutdan so’ng boshqa jismoniy
manshqlar bilan birgalikda ko’z mashqlarini xam bajarish tavsiya etiladi.
Ko’rish noqulayliklari sezilganda bu mashqarni individual, mustaqil va
belgilangan vaqtdan ilgari o’tkazish lozim. Quyida SanQvaM 2.2.2.542-96
da tavsiya etilgan ko’z uchun mashqlar keltiriladi. Mashqlar o’girib, turib,
ekrandan yuz o’girib, bajariladi. Nafasni bir tekisda olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |