Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Yong’in  xavfsizligi. 

EXMdan  foydalanilganda  turli  xildagi 

yonishlar  xavfi  doimo  mavjuddir.  Zamonaviy  kompyuterlarda  elektron 

sxemalarning  elementlarini  joylashish  zichligi  juda  yuqoridir,  ulash 

simlari,  kommunikatsiey  kabellar  bir-biriga  juda  yaqin  joylashgandir. 

Ulardan  tok  oqqanida,  katta  miqdorda  issiqlik  ajraladi,  ba`zi  bo’limlarda 

xarorat  80-100°C  gacha  ko’tarilishi  mumkin.  Bu  ulangan  simlarning 

izolyatsiyasini  erishiga,  ochilib  qolishiga,  oqibatda  uchqunlanish  bilan 

birgalikda  qisqa  to’qnashuv  sodir  bo’lishiga,  elektron  sxemalarning 

elementlariga  yo’l  qo’yilmas  darajadagi  ortiqcha  og’irlik  tushishiga  olib 

keladi. Ular qizishi natijasida uchqunlarni sachratib, yona boshlaydilar. 

EXMdagi 


ortiqcha 

issiqlikni 

yo’qotish 

uchun 


havoni 

konditsionerlash  va  ventilyatsiya  tizimi  xizmat  qiladi.  Lekin  bu  tizimlar 

mashina  zallari  va  boshqa  honalar  uchun  qo’shimcha  yong’in  xavfini 

yuzaga  keltiradi,  chunki  bir  tarafdan,  havo  uzatuvchi  moslamalar  barcha 

honalarga oksidlovchi hisoblanmish kislorod uzatishni ta`minlasa ikkinchi 

tarafdan,  yong’in  sodir  bo’lganda,  ularni  honalarga  tezda  tarqalishiga 

yordam beradi.  

Elektr qurilmalariga tok aloxida yong’in xavfi bo’lgan kabel simlari 

orqali  uzatiladi,  yonuvchi  izolyatsiya  materialining  mavjudligi,  elektr 

uchquni 


va 

elektr 


yoyi 

sifatidagi 

manbalar 

extimoli 

borligi, 

sertarmoqlanganligi  va  yaqinlashish  qiyinligi  kabel  liniyalaridan  yong’in 

chiqishi va rivojlanishi extimoli yanada kattaligidan dalolat beradi. 

Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash, xizmat 

ko’rsatish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Bunday 

paytda  turli  moylovchi  moddalar,  yengil  yonuvchi  suyuqliklar  ishlatiladi, 

vaqtinchalik  elektr  simlari  o’tkaziladi,  ba`zi  bir  qism  va  detallar 

payvandlanadi.  Qo’shimcha  yong’in  chiqish  xavfi  paydo  bo’ladi,  bu  esa 

yong’in  profilaktikasi  bo’yicha  tegishli  chora-tadbirlarini  talab  qiladi. 

Yong’inni  oldini  olish  uchun  barcha  turdagi  kabellarni  gaz  to’ldirilgan 

metall trubalar orqali o’tkazish kerak. Mashina zallaridagi kabel yo’llarini 

yong’inga  bardoshligi  0.5  soatdan  kam  bo’lmagan,  yonmaydigan  yoki 

qiyin  yonuvchi  materiallardan  tayyorlangan,  olib-qo’yiluvchi  texnologik 

pol ostidan o’tkazish kerak. 

Hisoblash markazlaridagi honalarda yong’in jumraklari yo’lkalarga, 

zina  maydonchalariga,  kirish  joylariga  o’rnatiladi.  Qo’l  olov 




 

 

521 



uchirgichlarni  40-50  m

2

  ga  bittadan    hisoblab,  honalarga  o’rnatiladi. 



Yong’in  chiqqanda  honalardagi  avtomatik  yong’in  o’chirish  qurilmasi 

(AYO’Q)  ishlab  ketadi.  Ko’pincha  gazli  (AYO’Q)  ishlatiladi.  Ular 

shovqin va yorug’lik stgnalizatsiyasi bilan ta`minlanadi. 

Yong’in  vaqtida  alanga  binoning  bir  qismidan  ikkinchisiga 

o’tmasligi uchun yong’inga qarshi devorlar, qoplamalar, zonalar, tambur-

shlyuzlar,  eshiklar,  uyma  teshiklar,  klapanlar  shaklida  yong’inga  qarshi 

to’siqlar  qo’yiladi.  Binoda  yong’in  chiqayotgan  paytida  ikkitadan  kam 

bo’lmagan  evakuatsiya  chiqishlari  ko’zda  tutiladi,  Lekin  ikkitadan  kam 

bo’lmagan  evakuatsiya  chiqishlari  bo’lgan  mashina  zalidan  boshqa 

bo’linmalardagi  ishchilarni  evakuatsiya  qilishda  foydalanishga  yo’l 

qo’yilmaydi.  Boshqa  ishlab  chqarish  honalarida  agar  eng  uzoq  joydan 

chiqishgacha masofa 25 metrdan, bir smenadagi ishlovchilar soni 25 tadan 

ko’p bo’lmasa, bitta chiqish joyi loyixalanadi. O’tish joylarini, yo’lkalarni 

va  ishchi  joylarini  qog’ozlar,  arxiv  materiallari  bilan  uyib  tashlash  kerak 

emas.  Evakuatsiya  yo’llariga  tabiiy  va  sun`iy  avariyaviy  yoritgichlar 

o’rnatiladi. 

Axborot  tashuvchi  vositalarni  saqlash  uchun  metall  shkaflardan 

foydalaniladi, saqlash honasining eshigi xam yonmaydigan bo’lishi kerak. 

Yong’in  profilaktikasi  bo’yicha  tashkiliy  va  texnik  chora-tadbirlar 

majmuasi,  yong’inni  oldini  olish,  yong’in  chivdan  paytda  odamlarni 

xavfsizligini  ta`minlash,  olovning  tarqalishiga  yo’l  qo’ymaslik,  xamda 

yong’inni muvoffaqiyatli uchirishga sharoit yaratish imkonini beradi. 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish