III.3. Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib
yuborishni tashkil qilish
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim
bosqichi hisoblanadi, shu yo’l bilan zavod territoriyasidagi va korxona
tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta'minlanadi. Zavod va
fabrika atrofidagi sanitariya-himoya zonalarida havoning ifloslanishidan
saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba
ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan
biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim
muammolaridan biri bo’lib,bu ishga butun dunyo mutaxassislarining
diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda.
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |