o'z harakati davomida konussimon asosga o'tadi va konus toraygan sari
82
I8-rasm. Siklonning umumiy ko'rinishi.
Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga yetib kelgan havo
o'z yo'nalishini keskin o’gartirib, spiralsimon harakatlanishi holatini
saqlagan holda yuqoriga tomon yo'naladi va truba orqali tashqariga
chiqarib yuboriladi. Changning havodan ajralishi siklon konussimon
asosining quyi qismida, havo harakatini keskin o'zgartirgan vaqtda yuz
beradi. Chunki havo tarkibidagi changlar havodan og'irroq bo'lganligi
sababli, havo bilan birga keskin burilaolmaydi, balki inersiya kuchi bilan
havo tarkibidan otilib chiqib ketadi.
Siklonlarda havo tozalash jarayonining umumiy nazariy jihatlari
ishlab chiqilgan emas. Shuning uchun siklonlarni tanlash va qurish amaliy
vositalar asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda qabul qilingan qoidalarga asoslanib siklonning
ishlashi markazdan qochmajkuchjqonuniga asoslanadi deb hisoblanadi.
,
2
r
m
C
V
Bunda, m - zarraning og’irligi; V-havonirig
siklonga kirayotgan
vaqtdagi tezligi, m/s;
r — siklonning silindrsimon yuqori qismining yoki konussimon
asosning katta tomonining radiusi, m.
Bu formuladan korinib turibdiki, agar changlar yirik va og'ir bo'lsa,
ularning ushlanib qolish qobiliyati shuncha yuqori bo'ladi. Ammo havo
tarkibidagi changning katta-yirikligi bizning qo'limizdagi narsa emas va
uni o'zgartirish imkoniyati yo’q. Havo harakati tezligi esa o'zgartirish
mumkin bo’lgan birlik. Lekin tajribalarning ko'rsatishicha havo harakati
tezligini cheksiz ko'paytirish imkoniyati bo'lgani bilan, havo oqimining
83
beqaror (turbulent) holatini vujudga keltiradi, bu esa, o'z navbatida, oqim
ichida quyunchalar hosil bo’lishiga olib keladi. Quyunchalar siklon
ichkarisida markazdan qochma kuch asosida hosil bo'lgan changlarni
to'zitib yuboradi va ular siklonning ichki tomoniga o'tib ketib,
tozalanmasdan havoga chiqarib yuborishga sabab bo'ladi. Shuning uchun
ham siklonlaiga kiritilayotgan havoning eng samarador tezligi 18-22 m/s
ni tashkil etishi aniqlangan.
Siklon radiusini o'zgartirish imkoniyati bor. Formuladan ko'rinib
turibdiki, siklon diametri qancha katta bo'lsa, uning chang tutish qobiliyati
shuncha kam boladi, siklon diametrini kichraytira borsak, uning
samaradorligi orta boradi. Bu ham o’z navbatida ma'lum qiyinchiliklar
tug’diradi. Katta siklon bir yo’la katta miqdordagi changlangan havoni
qabul qilaoladi.
Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul qilish quvvati ham
pasayadi. Bu esa, siklonlar sonini oshirishga blib keladi. Ko’p sonli
siklonlarni havo bilan ta'minlash havo taqsimlash vositalari yordamida
amalga oshirilishi kerak.