III.6. Mahalliy shamollatish tizimi
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib
chiqayotgan joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib
ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta'minlashi zarur.
Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani
ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda
yetib borishini ta'minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga
chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish
bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish
va tozalash kerak bo'lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi.
Mahalliy shamollatishning turlari . juda xilma-xil. Shulardan ba'zi birlari
bilan tanishib o'tamiz.
Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosani kimyo laboratoriyalarida
ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun
ma'lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi.
Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m
dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli
bo'lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib
71
yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
L = 3600 V(F
ish
=F
q
)
+VT
bunda, L— shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori,
m
3
/soat;. V—ma'lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; xizmat
eshikchasi yuzasi, m; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m
2
;
—hisobga olish mumkin bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishh
mumkin bo'lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu
koeffitsiyent I,I qabul qilinadi.
Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik
jarayonlarni qobiq bilan o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir
necha yeridan havo so'rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab
yo'naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta'minlanadi.
14-rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari.
Ba'zi bir texnologik jarayonlarni bunday qobiqqa o'rash imkoniyati
yo'q. Bunday hollarda, ochiq havo so'rish tizimlaridan foydalaniladi.
Bunday sistemalarning eng oddiy turi havo so'rish zontidir (14-rasm, b).
Zontni qizigan, havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga
muvofiqdir. Ba'zi vaqtlarda zontlar o'rniga shirmalardan foydalanish
ko'p miqdordagi havoni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi. Har
qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas organlariga yetib
bormaydigan bo'lishi shartv.
72
Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklda bo'lsa
va uning tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur
bo'lib, zont o'rgatish imkoniyati bo'lmasa, unda havo bortlar orqali
so'riladi (14-rasm, e). Bort orqali havo sourish tizimlari bir tomonlama,
ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda havoni bir tomonidan so'rib,
ikkinchi tomonidan haydash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ba'zi bir hollarda ishchiga yo'naltirilgan havo dushlaridan
foydalaniladi. Havo dushlari havo, harorati td va havo harakati tezligi Vd
QMQ 3. 01, 02 - 00 bilan cheklangan bo'ladi. Masalan, yilning issiq
oylarida (tashqi havo harorati v 10°C) yengil kategoriyadagi ish
bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3-2,5 M J/(m
2
/s)
(300-600 .kkal (m
2
/s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 22—
24°C, Vd esa 0,5—1,0 m/s; og'ir kategoriyadagi ish bajarilganda va
issiqlik ajralib chiqishi 10 M J (m
2
/s) 2400 kkal/t (m
2
/s) va undan ortiq
bo'lsa, bu norma tegishlicha 18—19 °C va 3,0—3,5 m/s ni tashkil qiladi.
Havoning harakati tezligi 5,0 m/s dan ortiq bo'lsa, inson holatiga yoqimsiz
ta’sir ko’rsatadi.
Havo dushlari doimiy o'rnatilgan va ko'chma bo'lishi mumkin
Doimiy o’rnatilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan
olinadi. Ko'chma havo dushlari uchun esa, dush o'rnatilgan xona
havosidan foydalanish mumkin. Agar dush o'rnatilgan xonada issiqlik
ajralishi kuchli bo'lsa, unda ko'chma havo dushlari suv zarralari bilan
birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul hisoblahadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |