Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIII.4.  Saqlovchi muhofaza vositalar



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 

XIII.4.  Saqlovchi muhofaza vositalar 

 

Saqlovchi      muhofaza            qurilmalari,            asosan,      mashina      va 

mexanizmlarda zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti 

va   sog'lig'iga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina  va   

mexanizmlar    harakatini    to'xtatib      qo'yishga    xizmat  qiladigan  

qurilmadir.            Zo'riqish      hodisasi      ishlayotgan    stanokkal  lozim 

bo'lganidan  ko'proq  kuch  bilan  ta'sir  qilinganda  vujudga  keladi,  masalan,  

qirqish  stanogiga  o'rnatilgan  jismning  yo'nish    qirqimi  mumkin  bo'lgan 

darajadan    ancha  katta  bo'lsa,  bu  qirqimni  ko'chirish  uchun  stanokning 

kuchi  yetmasligi  mumkin,  buning  natijasida  stanokni  harakatlantiruvchi 

elektr  motori  kuyib  ketishi    mumkin  yoki  qirquvchi  vosita  sinib      ketishi 

ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi 

qurilma elektr   motoriga   kelayotgan   elektr tokini uzib qo'yadi. Buning 

bilan stanokka yetkaziladigan zararni oldi olinadi. 

Xuddi  shunday  vazifani  bajaruvchi  vosita  sifatida  bosim  ostida 

ishlaydigan  idishlarda  o'rnatilgan  saqlovchi  klapanlarni  misol  sifatida 

ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar 

ajralib  chiqishi  natijasida  kasb  kasalliklariga  olib  keladigan  omillarning 

ko'pligini  aytib  o'tgan  edik.  Bunday  omillarning  havo  muhitida  ko'payib 

ketishidan  saqlovchi  qurilmalar  ham  mavjud.  Bunday  qurilmalar  havo 

tarkibidagi zararli nioddaning eng zararlisi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan 

darajadan  oshib  ketmasligini  nazorat  qilib  turadi.  Bunday  qurilmaga 

o'rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning 

miqdori  chegara  belgidan  oshib  ketsa,  xonaga  o'rnatilgan  shamollatish 

qurilmasini  ishga  tushiradi  va  buning  natijasida  xonadagi  zaharli  modda 

miqdori mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida 

portlashga  va  yong'inga  xavfli  bo'lgan  moddalar  miqdori  ortib  ketgan 

vaqtda  ham  qo'llaniladi.  Bunday  qurilmaning  asosini  sezgir  asbob  tashkil 

qiladi.  Asbobning  ishlashi  unga  joylashtirilgan  modda  ma'lum  gaz 

zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki 

rangini  o'zgartiradi,  bu  esa  tezda  ma'lum  signal  vositasiga  aylanadi.  Buni 



 

 

246 



signalni  kuchaytiruvchi  qurilma  qabul  qilib  oladi  va  uni  kuchaytirib, 

o'lchash  asboblariga  o'tkaziladi.  O'lchash  asboblarida  ma'lum  chegaradan 

ortib  ketganda  xabar  beruvchi  yoki  avtomatik  ravishda  shamollatish 

tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o'rnatilgan bo'ladi. 

Bundan  tashqari  saqlovchi  qurilmalarning  yomg'likka  va  issiqlikka 

asoslangan  turlari  ham  bor.  Ma'lumki,  sanoat  korxo-nalarida  havo 

muhitidagi  zararli  moddalar  miqdorini  aniqlashda  indikator  (ma'lum 

moddalarning boshqa moddalar ta'sirida o'z rangini o'zgartirishi) usulidan 

foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi. 

Agar  biz  rangsiz  suyuqlik  solingan  shisha  idish  orqali  fotoplastinkaga 

yorug'lik  tushirib,  unda  ma'lum  miqdorda  elektr  yurituvchi  kuch  hosil 

qilishimiz  mumkin.  Agar  bu  rangsiz  suyuqlik  indikator  vazifasini  bajarsa 

va  bu  suyuqlik  orqali  koncona  xonasidagi  havo  sinamasi  o'tkazib  turilsa, 

unda  havo  tarkibi  toza  bo'lganda  suyuqlikda  hech  qanday  o'zgarish 

bo'lmaydi.  Agar  havo  tarkibida  zararli  moddalar  zichligi  oshaversa, 

shishadagi suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o'tayotgan 

yorug'lik  xiralashadi,  fotoplastinkada  esa  hosil  bo'layotgan  elektr 

yurituvchi  kuch  kamaya  boshlaydi  va  nihoyat  xavfli  vaziyat  vujudga 

kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda 

kuchsizlanib,  avtomatik  ravishda  shamollatish  qurilmasini  ishga  tushirib 

yuboradi. 

Bunday  usullarni  moddalar  tarkibining  o'zgarishi  ularning  issiqlik 

o'tkazishiga ta'siri, shuningdek, ionlar ta'sirida hosil bo'ladigan toklarning 

o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalarning turlari mavjud. 

Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan 

atsetilen  hosil  qilish  generatorlarida  portlash  xavfini  oldini  olishda 

ishlatiladigan  alangani  shlanglar  orqali  generatorga  qaytishini  bartaraf 

qiluvchi  suvli  zatvorlardan  va  qaytish  klapanlaridan  foydalaniladi  (39-

rasm).  

Kompressor  qurilmalari  resiverlarida  qisilgan  havo  miqdori  ruxsat 

etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug'dirsa, unda havo 

qisilishi  natijasida  hosil  bo'ladigan  issiqlik  ta'sirida  ishlaydigan  issiqlik 

relelaridan  foydalanib,  ortiqcha  havoni  chiqarib  yuborishga  erishiladi. 

Mashinasozlik  sanoati  korxonalarida  ishlatiladigan  ko'pchilik  stanoklarda 

detallarni  mahkam  ushlab  turish  uchun  qisilgan  havodan  keng 

foydalaniladi.  Bunday  quril-malarni  mabodo  biron  bir  ko'zda  tutilgan 

vaziyat  taqozosi  bilan  (masalan,  havo  bilan  ta'minlovchi  shlanglarning 

yorilib  ketishi  va  boshqalar)  mahkam  ushlab  turilgan  detalni  qo'yib 

yubormaslik  chora-tadbirlarini  ko'rish  muhim  hisoblanadi.  Bunday 



 

 

247 



hollarda  qaytish  klapanlari  bilan  ta'minlangan  vositalar  o'rnatiladi. 

Elektromagnit  yordamida  detallarni  mustahkamlash  ishlarini  bajarganda, 

shuningdek,  elektromagnit  kranlari  yordamida  materiallarni  bir  yerdan 

ikkinchi  yerga  ko'chirishda,  bunday  elektromagnit  plitalarini  qo'shimcha 

elektr  manbalari  bilan  ta'minlash,  asosiy  elektr  rnanbayi  uzilib  qolganda 

yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklarning oldini oladi. 

 

 

70-rasm. Qaytish klapanlari. 



 

Aylanuvchi  qisrnlarga  ega  bo'lgan  stanoklarni  ishlatishda  ularning 

xavfsizligini  ta'minlovchi  vosita  sifatida  to'xtatish  vositalari  muhim  o'rin 

tutadi.  Stanok  shpindelini  o'z  vaqtida  to'xtatib  qolish  birinchidan, 

xavfsizlikni ta'minlasa, ikkinchidan, uni to'xtashini kutish qimmatli vaqtnj 

yo'qotishga  olib  keladi.  Bajaradigan  vazifasiga  ko'ra,  to'xtatish  vositalari 

— to'xtatuvchi, sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga 

bo'linadi.  Tuzilish  jihatidan  —  lentali,  kolodkali,  diskali  va  markazdan 

qochma  kuchga  asoslangan  bo'ladi.  Bular  bajariladigan  vazifalari  va 

tuzilishi  jihatJaridan  kelib  chiqib,  yuk  ko'tarish  kranlarida,  stanoklarning 

harakatlanish  zonalarini  chegaralashda,  ba'zi  bir  ko'tarilgan  yuklarni 

ma'lum  balandlikda  ushlab  turishda,  shuningdek,  ba'zi  bir  tushib  ketishi 

odam  hayoti  uchun  xavf  tug'dirishi  mumkin  bo'lgan  lift  kabinalarini 

tushirib  yubormasdan  ushlab  qolishda  foydalaniladi.  Bundan  tashqari 

to'xtatish  vositalaridan  yuqoriga  ko'tarilgan  yuklarning  barabanlarining 

teskari  aylanib  ketishi.  natijasida  tushirib  yubormaslikni  ta'minlaydigan 

tirgak vositalaridan ham keng qo'llaniladi. 

Stanoklarning  yana  saqlovchi  qurilmasi  sifatida  ularda  o'rnatilgan 

ba'zi  bir  xavfli  vaziyatlarda  stanokka  yetkaziladigan  zararni  kamaytirish 

maqsadida 

ulaiga 

kuchsizlantirilgan 

qismlar 

o'rnatiladi. 

Sunday 

kuchsizlantirilgan  qismlar  stanokda  ro'y  berishi  mumkin  bo'lgan  xavfli 

vaziyatni  oldini  olishda  ishlatiladi.  Masalan,  stanokka  berilayotgan  kuch 



 

 

248 



oshib  ketsa,  stanokda  yuz  berishi  mumkin  bo'lgan  sinib  ketish  yoki 

butunlay  buzilib  qolish  hollari  vujudga  kelsa,  unda  bu  kuchsizlantirilgan 

qism uzilib ketadi va stanokka berilayotgan kuchlanish to'xtatiladi. 

Bunday  ktichsizlantirilgan  qismlarga  kesilib  ketishga  mo'ljallangan 

shtift  va  shponkalar,  qo'shish  muftalari,    ishqalanishga  asoslangan 

sirg'anuvchi  muftalar,  elektr  qurilmalarida  erib  ketuvchi  saqlovchi 

qurilmalar,  katta  bosim  ostida  ishlaydigan  idishlardasitilib  ketuvchi 

membranalar  va  boshqalar  kiradi.  Kuchsizlantirilgan  qismlar  asosan  ikki 

turga  bo'linadi:  birinchisi  uzatilayotgan  kuch  muvofiqlashgandan  keyin 

avtomatik  ravishda  (inson  ishtirokisiz)  ish  bajarishni  davom  ettiradigan 

qurilmalar  (masalan,  sirg'anuvchi  muftalar)  va  ikkinchisi  ishdan  chiqqan 

kuchsizlantirilgan  qismni  almashtirish  yo'li  bilan  ishlatiladigan  turlari 

mavjud,  masalan,  sitilib  ketuvchi  membrana,  erib  ketadigan  saqlovchi 

qurilma va boshqalar. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish