237
XIII bob
. SANOATDA XAVFSIZLIK VOSITALARI
Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-
tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko'tarish kranlari, ish bajarish
konveyerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu yerda
ishlayotganlar uchun ma'lum xavf tug'dirishi, agar ehtiyot chora-
tadbirlarini belgilab qo'yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi hech gap
emas. Bu mexanizmlarning ba'zi birlari detallarni qirqish, ulaiga shakl
berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og'ir ishlarni
yengillashtirish vazifalarini bajaradi.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni
qirqishda ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan
foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta'sirida bug'lanishi havo muhitini
ifloslanishiga, shuningdek, havo namligini oshib ketishiga olib keladi.
Demak, sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib
kelishidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida
qaralishini taqozo etadi. Bundan tashqari detallarga ishlov berilgandan
keyin hosil bo'ladigan qirindilar va ularni yig'ib, chiqindisiz jarayonni
tashkil qilish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning
238
asosiy omillari hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlik
sanoati korxonalari ishchilarni baxtsiz hodisalarga olib keladigan
manbagina bo’lib qolmasdan, balki havo muhitini ifloslantirib, tevarak-
atrofda yashovchilar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash
va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo'li sanoat korxonalari
sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir ishlarni robot va
avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy
ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir.
Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin
bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchilarni og'ir jismoniy mehnatdan
qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish
va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda
boshlang'ich xomashyoni ishlatish uchun uzluksiz uzatish ishlarini
mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan juda
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, eng ishchi uchun xavfli ish
jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg'alash, presslash ishlari va
boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv
moddalar bilan bog'liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib
qo'yish kerak.
Zamonaviy texnologiyalarda ko'pgina ishchi uchun noqulay va
zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo'lgan ishlar, masalan, eritilgan
metallarni har xil qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov
va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo'yashga
tayyorlash ishlari, bo'yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash,
detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa
ishlami robotlar bajaradi. Bundan tashqari, og'ir yuklarni ortish va
tushirish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi,
ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular
ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni tayyorlash va
o'rnatish ishlarida xavfsizlikni ta'minlash, ularning tuzilishining asosini
tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlatilayotgan joylarga yaqin
joylashgan uchastkalarda ishlayotganlar uchun ham ma'lum xavf
tug'diradi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda
vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni
ta'minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak.
239
Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir.
Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo'lgan ish robotlar zimmasiga
yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan bo'ladi. Sexni
boshqarishni ta'minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga
joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan
kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini
tashkil qiladi. Ilg'or sanoat korxonalaridagi ba'zi bir sexlar bizda ham,
shunday avtomatlashtirish tizimiga o'tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda
butun mashinasozlik tarmog'ini avtomatlashtirish imkoniyati yo'q.
Shuning
uchun
ham
avtomatlashtirilmagan
ishlab
chiqarish
jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa bo'lganligi uchun
biz uning umumiy usullarini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: