XIII.3. Muhofazalovchi to'siq vositalari
To'siq vositalari ishchilarning mashina xavfli zonasiga tushib
qolishiga xalal beradigan qilib o'rnatiladi. Uning tuzilishi har xil bo'lishi
mumkin.
Asosan
mashina
va
mexanizmlarning
aylanuvchi va
harakatlanuvchi zonalarini, stanoklarning qirqish va ishlov berish
joylarini, elektr toki urishi xavfi bo'lgan (masalan, elektr taqsimlash
shkaflari) va har xil nurlanishlar bo'lishi mumkin bo'lgan (issiqlik nurlari,
elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalarni, shuningdek, havo
muhitiga zaharli moddalar chiqarayotgan joylarni ham to'siq vositalari
bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, qurilish tashkilotlarida qurilish olib
borilayotgan yoki ta'mirlash ishlari bajarilayotgan maydonlar, qurilish
mashinalari o'rnatilgan joylar, ishchilarning baland joylarda ishlashiga
to'g'ri keladigan ish joylari albatta to'siq vositalari bilan ta'minlanadi.
To'siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va
shakliga qarab xilma-xil bo'ladi. Ishlab chiqarish sharoiti texnologik
jarayon omillariga bog'liq bo'ladi. Masalan, mashinasozlik sanoati
korxonalariga o'rnatilgan stanoklarning qobiqlari birinchidan, uning kuch
uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan, bu
uzatgichlarni moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu
uzatgichlar harakati natijasida hosil bo'ladigan tovushni kamaytirish
imkoniyatini yaratadi. To'siq qurilmalari asosan uch qismga bo'lib
qaraladi: muqim, harakatlanuvchi va ko'chma vositalar. Muqim o'rnatilgan
to'siq qurilmalarini doimiy harakat manbayi bo'lgan tishli g'ildiraklar,
qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalarni qopqoqlar berkitish bilan
amalga oshiriladi. Bunday to'siq vositalarini o'rnatganda ularning ochib
ta'mirlash ishlarini olib borish, shuningdek, ba'zi bir favqulodda (masalan,
ponasimon qayish chiqib ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma'lum
ish bajargandan keyin yopib qo'yish imkoniyatini beradigan bo'lishi shart.
Muqim o'rnatilgan to'siq vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini,
elektr xavfi bo'lgan maydon va xonalarni, galvanika ishlari olib
boriladigan vannalarni, press, bosqon va boshqa temirchilik ishlari
bajariladigan joylaiga ham o'rnatilishi mumkin.
244
68-rasm. Muhofaza qopqog'i.
Aylanuvchi barabanlar, qum sepib quymalarni tozalash joylarini,
stanoklarning qirquvchi qismlari bilan kuzatuvchi ishchi iko'zi orasidagi
oraliqlar muqim o'rnatiladigan to'siq vositalari bilan ta'minlanadi.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'tarish
vositalari xavfli zonalari har doim o'zgarib turadi. Masalan, sexga
o'rnatilgan har tomonlama harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lgan kranlar
sexning xohlagan burchagida ish bajarish imkoniyatiga ega. Shuning
uchun ham uning xavfli zonasi aniq maydonga ega emas. Sunday
kranlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida harakatlanuvchi to'siq
vositalaridan foydalaniladi. Ba'zi bir press, bosqon va qirquv stanoklari
ham harakatlanuvchi to'siq vositalari bilan ta'minlanadi. Ko'chma to'siq
vositalari ma'lum bir ishni bajarishda vaqtincha o'rnatib qo'yiladi.
Masalan, stanoklarni ta'mirlash ishlarida, elektr tarmoqlarini uzib qo'yib
bajarilayotgan ishlar vaqtida to'satdan elektr tarmog'ini ulab yuborishni
oldini oladigan ogohlantiruvchi yozuvlar ko'chma to'siq vositalari
hisoblanadi. To'siq vositasi sifatida ishlatiladigan materiallar to'siqning
qanday texnologik jarayonni yoki qanday xavfli zonani qo'riqlash uchun
o'rnatilayotganligiga
bog'liq.
Masalan,
ular
mustahkam
texnika
materialidan payvandlash yo'li bilan yoki quyma holatda, mustahkam
po'lat parda, panjara, mustahkam asosli to'r va boshqalar bo'lishi mumkin.
To'siqlar plastmassa, yog'och, metalldan tayyorlangan bo'lishi mumkin.
Agar ish bajarilayotgan zonani kuzatish lozim bo'lsa, to'siq vositalarini
ko'rinadigan materiallardan, masalan, organik oyna, tripleks va
boshqalardan tayyorlash mumkin. To'siq vositalari sifatida qo'llaniladigan
materiallar, metallarga qirqish yo'li bilan ishlov berilayotganda metall
zarralarining uchib ketishi natijasida urilish zarbasiga va ishlab chiqarish
245
jarayonida ishlayotganlarning bexosdan urilib ketish zarbalariga chidash
bera oladigan mustahkam bo'lishi kerak. Stanoklarga o'rnatiladigan to'siq
vositalarining mustahkamligini tekshirganda, ularga qirquvchi asboblar va
ishlov berilayotgan metall mahsulot uchib ketishi mumkinligini va uning
zarbasiga ham chidash bera oladigan qilib tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |