Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Odam  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  favqulodda



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Odam  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  favqulodda 

hodisalar

Transport  vositalarida:  avtomobil  va  temir  yo'l  halokatlari,  havo 



yo'llarida boladigan halokatlar, suv yo'llaridagi halokatlar. 

Ishlab chiqarish korxonalarida bo'ladigan xavfli vaziyatlar: 

— mexanik energiya bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: 

portlashlar,  mexanizmlar  agregatlarning  va  kommunikatsiyalarnig, 

shuningdek,  binolar  konstruksiyalarining  zararlanishi  yoki  butunlay 

buzulib ketishi; gidrodinamikaga asoslangan xavfli omillar (plotinalarning 

portlash  natijasida  buzilishi  hisobiga  u  yerda  yig'ilgan  suvlarning 

qishloqlar  va  aholi  yashash  punktlarini  bosib  ketishi);  plotinalarning  suv 

ko'payib ketishi hisobiga suv toshib ketishi va bu bilan quyida joylashgan 

serhosil  yerlarning  yuvib  ketilishi  yoki  suv  oqimi  bilan  serhosil  yerlarga 

keraksiz tog' jinslarining surib kelinishi va bu bilan kattagina yer hududini 

ishdan chiqarish; 

— issiqlik energiyasi bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: 

texnologik  jihozlar  va  binolarda  yong'inlar  va  portlashlar;  yengil 

alangalanuvchi,  yonuvchi,  portlovchi  moddalarni  saqlash  va  qazib 

chiqarish  joylarida  yong'inlar  bo'lishi;  transport  vositalarida  yong'inlar 

chiqishi; aholi yashash, madaniy-maishiy binolarda yong'inlar chiqishi; 

—  radiatsiya  energiyasi  bo'shalishidan  kelib  chiqadigan  xavfli 

omillar:  atom  elektr  stansiyalari  va  atom  energiyasini  o'rganish  ilmiy 

texnika  qurilmalarida  avariya  bo'lishi  birmuncha  miqdordagi  radioaktiv 

moddani  chiqarib  yuborishi  yoki  chiqarib  yuborish  xavfi  tug'ilishi;  yadro 

energiyasi  vositalari  o'rnatilgan  yoki  tashilayotgan  transport  va  kosmik 

vositalarida  avariyalar  natijasida;  yadro  qurollari  saqlanish  joylaridagi 



 

 

324 



avariyalar; radioaktiv moddalarni yo'qotib qo'yish; 

—  kimyo  energiyasining  bo'shalishidan  kelib  chiqadigan  xavfli 

omillar:  kuchli  ta'sir  qiluvchi  zaharli  moddalar  tashilayotganda  va 

ishlatilayotganda  yoki  saqlanayotganda  avariya  natijasida  to'kilib  ketishi; 

kuchli ta'sir qiluvchi zaharli modda tashish transportida avariya natijasida 

to'kilishi; kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalarning kimyoviy reaksiyalar 

vaqtida  boshlangan  avariya  natijasida  hosil  bo'lishi;  kimyoviy  qurollar 

saqlanish joylaridagi avariyalar; 

—  bakteriologiyalar  tarqalib  ketishi:  suv  ta'minoti  va  kanalizatsiya 

obyeklarining  ishlatish  qoidalarining  buzilishi;  oziq-ovqat  sanoati 

korxonalarida  texnologiyaning  buzilishi;  sanitariya  epidemologiya 

(mikrobiologiya) korxonalarida ish  tartibining buzilish. 

 

Maxsus xavfli omillar: 



—  yuqumli  kasalliklar:  xavfli  va  ma'lum  bo'lmagan  yuqumli 

kasalliklar  paydo  bo'lishi;  katta  guruh  odamlarga  kasal  yuqishi; 

epidemiya; 

hayvonlar 

kasalliklari 

tarqalishi; 

katta 

miqdordagi 



zararkunandalar paydo bo'lishi. 

Ijtimoiy xavfli omillar: 

— urushlar—ham maxsus, ham ijtimoiy xavfli omillarga kiritiladi

—  harbiy  harakatlar,  terrorchilik,  ommaviy  tartibsizliklar, 

aroqxo'rlik, giyohvandlik va boshqalar. 

Statistika  ma'lumotlari.  Tabiiy  ofatlar  ichida  eng  ko'p  tarqalgani 

(taxminan  90%)  quyidagi  to'rt  turi  hisoblanadi:  suv  toshqinlari—40%, 

dovullar—20%, zilzilalar va qurg'oqchilik —15% dan. 

Keltirilgan  foiz  ko'rsatgichlar  hamma  joyda  xuddi  shu  miqdordagi 

va  xuddi  shu  turdagi  favqulodda  hodisalar  bo'ladi  deb  bo'lmaydi.  Chunki 

yer  yuzining  shunday  joylari  ham  uchraydiki  u  yerlarda  u  yoki  bu  tabiiy 

ofat  va  favqulodda  hodisa  umuman  bo'lmasligi  mumkin.  Shuning  uchun 

ham har bir viloyat yoki respublika uchun faqat shu joyning o'zigagina xos 

bo'lgan  favqulodda  hodisalar  va  tabiiy  ofatlarning  ko'p  yillik  kuzatishlar 

natijasida  olingan  statistika  ma'lumotlaridan  foydalanib  xulosa  chiqarish 

mumkin. 


 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish