6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mikroorganizmlarni ekish uchun oziqa muxitini tayyorlash
va sterilizasiya qilish xamda produtsentlarni suyuq va qattiq oziqa muxitlarida o’stirish
Kerakli jihozlar: go’sht, pepton, maxsus tunuka voronka, shisha voronka, filtr qog’oz, qizil lakmus qoroz, kristalik soda, avtoklav, probirka va kolbalar, jelatina va agar-agar, Kox qaynatgichi, tuxum.
Sterilizatsiya [lot. sterilis – toza, bepusht], sterillash – (tibbiyot va biologiyada)-turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa(lar)ni mikroorganizmlardan butunlay tozalash.
Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb xam yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻldirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Issiq sterilizatsiya suv bugʻi va quruq issiq yordamida amalga oshiriladi. Suv bugʻi bilan sterilizatsiya qilish atoklavlarda 110 dan 140°C gacha haroratda 2-4 atm bosim ostida oʻtkaziladi. Bogʻlov materiallari, matolar, jarrohlik asboblari, suyuqliklar, suyuq dorilar, rezina buyumlar suv bugʻi yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Quruq issiq sterilizatsiya maxsus quritkich shkaflada 160-200°C quruq issiq havo yordamida bajariladi. Bu usul shisha, chinni va metall asboblarni sterilizatsiya qilishda qoʻllanadi. Nur bilan sterilizatsiya qilish ionlovchi nurlar yordamida bajariladi. Amaliyotda va β-nurlaridan foydalaniladi, bunda nurlanish dozasi 25 000 greydan kam boʻlmasligi lozim. Kimyoviy sterilizatsiyada etilen oksid gazi, spirt, formalin bugʻlaridan foydalaniladi. Optik asboblar, fibrin tolali asboblar, sunʼiy materiallar, jarroxlik iplari, maxsus jarroxlik asboblari (skalpellar) kimyoviy usulda sterilizatsiya qilinadi.
Oziq-ovqat sanoatida-konservalash usuli, mikroorganizmlar va ularning spralarini yoʻqotish, shuningdek, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarida fermentlar taʼsirini toʻxtatishdan iborat. Issiq va sovuq sterilizatsiya bor. Issiq Sterilizatsiya maxsus moslamalar-sterilizatorlar (masalan, avtoklavlarda) mahsulotlarni 100-120°C gacha qizdirish yoʻli bilan, sovuq sterilizatsiya mahsulotlarga, masalan, radioaktiv moddalarning ionlovchi nurlarini taʼsir ettirish orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |