“kelishildi” «tasdiqlayman» Xovos tumani xalq ta’limi Xovos tumani xokimi: bo’limi mudiri: F. G’. Xudoynazarov U. I. Kamolov


-bob. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni



Download 218,5 Kb.
bet4/14
Sana19.04.2022
Hajmi218,5 Kb.
#562989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ХОВОС МАКТАБ УСТАВИLOTINCHA

4-bob. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni

  1. O’quv yili umumta’lim muassasalarida tegishli yilning 2 sentyabridan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to’rtta chorakka bo’linadi.

  2. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

o’quv yilining davomiyligi - 34 xafta (I sinflar uchun 33 xafta);
o’quv xaftasining davomiyligi - 6 kun ( I-IV sinflar uchun 5 kun); dars mashg’ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;
dars mashg’ulotlari oralig’idagi tanaffus - 5-10 daqiqa (o’quv kuni o’rtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15-30 daqiqa).

  1. Mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlarida bayram (ishlanmaydigan)
    kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg’ulotlari o’tkazilmaydi.

  2. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to’g’ri kelib qolgan dars mashg’ulotlarining mavzulari o’quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg’ulotlarida o’tkaziladi.

  3. O’quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
baxorgi ta’til - 21 martdap boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o’tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o’tkazilmaydigan sinflar uchun o’quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha;
ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlamaydigan) kunga to’g’ri kelib kolgan taqdirda, dars mashg’ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi;
1-sinf o’quvchilari uchun fevral oyi davomida qo’shimcha bir xaftalik ta’til belgilanadi.

  1. Umumta’lim muassasalarida yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgoxlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.

  2. Belgilangan me’yorlar bo’yicha tegishli maydonga ega bo’lgan umumta’lim muassasasining sinflari to’liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.

  3. Quyidagi xollarda sinfdagi o’quvchilarni ikki guruxga bo’lib
    o’qitiladi:

o’quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V-IX sinflarda «Texnologiya», V-XI sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari», VIII-XI sinflarda «Jismoniy tarbiya», ta’lim tili o’zbek tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining II-X1 sinflarida «O’zbek tili» fani xamda ta’lim tili rus tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida «Rus tili» fani.

  1. O’quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o’rta
    ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos xolda o’qitish natijalarini
    nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida
    quyidagi nazorat turlari olib boriladi:

joriy nazorat - o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini muntazam ravishda tekshirib borish uchun so’rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko’rinishida o’tkaziladi;
oralik nazorat - chorak yakunida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash uchun o’quv dasturining bir kismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko’rinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat - o’quv yili tugaganda og’zaki, yozma imtixon xamda test sinovlari ko’rinishida amalga oshirilib, unga asosan o’quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o’quvchini keyingi sinfga o’tkazishga qaror qilinadi;
yakuniy nazorat - tayanch o’rta ta’lim va umumiy o’rta ta’lim tugaganidan so’ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o’tkaziladi.
Chet tili fanidan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.

  1. Umumta’lim muassasalarining V-VIII va X sinf o’quvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffakiyatli topshirganlaridan so’ng keyingi sinfga o’tkaziladi.

  2. Tibbiy-maslaxat komissiyasining xulosasi va umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida tuman (shaxar) xalq ta’limi bo’limi mudirining buyrug’i bilan o’quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.

  1. Umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan o’quvchilarga
    davlat namunasidagi tayanch o’rta ma’lumot to’g’risidagi shahodatnoma,
    VIII-IX sinflardagi o’qishi davrida faqat a’lo ko’rsatkichlarga va namunali
    xulqqa ega bo’lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan
    bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.

Umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi attestat, X-XI sinflardagi o’qishi davrida faqat a’lo ko’rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo’lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali attestat beriladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining IX sinfini bitirganlik to’g’risidagi a’lo darajali shaxodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik va yillik baxolari a’lo bo’lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan XI sinf bitiruvchilariga oltin medal beriladi;
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining IX sinfini bitirganlik to’g’risidagi a’lo darajali shaxodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo’lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan XI sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim dasturlarini mustaqil o’zlashtirgan o’quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish xuquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffakiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi attestat beriladi.

Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish