O’qituvchilar:
o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi va etarli kasbiy mahoratga ega bo’lishi;
umumta’lim muassasasida va pedagogik jamoa orasida o’z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axlokiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish madaniyati bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;
ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan xatti-xarakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining xam xatti-xarakatlaridan xabardor bo’lishlari;
umumta’lim muassasasi obro’si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo’lida faollik ko’rsatishlari;
kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari;
o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
o’quvchilarni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari, o’quvchilarni bir-birini hurmat qilish, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari;
mashg’ulot o’tkazishga o’z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko’rishlari, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlari;
belgilangan muddatlarda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini oshirishlari, yosh mutaxassislar esa o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tishlari;
metodik kengash va metod birlashmalarning faoliyatida va boshka shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etishlari;
pedagogik kengash va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etishlari;
o’quvchilarning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’lishlari;
mazkur Ustav, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
Umumta’lim muassasasi direktori:
umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha lavozim yo’nalishlari bo’yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
o’z lavozimi bo’yicha pedagogik kengash raisi xisoblanadi;
umumta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita raxbarlik qiladi;
ta’lim berish (o’quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo’jalik (ishlab chikarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;
o’z vakolatlari doirasida xar bir xodimiga ular uchun bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmani berishga xaqli;
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi;
umumta’lim muassasaning rivojlanish dasturlarini, o’quv rejalari, kurslar, fanlar, o’quv-uslubiy xujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi;
umumta’lim muassasasining yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo’jalik va boshka masalalarni xal qilishda ishtirok etadi;
pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;
dars jadvali, o’qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikatsiya ro’yxatlari va mexnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;
o’quvchilar va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog’lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;
jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;
konun xujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |