“KELIShILDI” «TASDIQLAYMAN»
Xovos tumani xalq ta’limi Xovos tumani xokimi:
bo’limi mudiri:_________ F.G’.Xudoynazarov ___________ U.I.Kamolov
«__» _______ 2022 yil
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Xovos tumani 11 – sonli umumiy o’rta ta’lim muassasasining
U S T A V I
Xovos tumani xokimligida ____________ 2022 yil
_____________ raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
2022 yil
1-bob. Umumiy koidalar
Mazkur Ustav 11-sonli umumiy o’rta ta’lim muassasasining (keyingi o’rinlarda - umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Umumta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston "Ta’lim to’g’risida"gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshka normativ-xuquqiy xujjatlarga, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining buyruq, topshiriq va ko’rsatmalariga xamda mazkur Ustavga amal qiladi.
Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, u o’quvchi yoshlarga I-XI sinflar xajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.
Umumta’lim muassasasi yuridik shaxs xisoblanadi va o’z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g’azna xisobvaraqlariga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga (O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo’ladi.
Umumta’lim muassasasi Ustavi Pedagogik kengashda qabul
qilinadi, tuman (shaxar) xalq ta’limi bo’limida tasdiqlanadi va mahalliy
davlat xokimiyati organida davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o’rta ta’lim olish bepul
amalga oshiriladi.
O’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) extiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko’maklashish maqsadida umumta’lim muassasalarida qo’shimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash O’zbekiston
Respublikasining "Davlat tili xaqida"gi Qonuniga muvofiq amalga
oshiriladi.
Umumta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan Jizzax viloyati xalq ta’limi boshkarmasi, Paxtakor tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasasi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |