Mavzu: Sabzavot va polizchilig xo’jaligi sohasini o’rganish va rivojlantirish
8-kun: Termiz tumani “Sabzavotchilik va polizchilik” Sherobod agro impeks MChJ.
Sabzavot ekinlarini bir uchastkada muttasil ekaverish shu ekinga xos kasallik va zararkunandalarning kuchayib ketishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Zararli tuproq mikroorganizmlarning to’planishi va o’simliklarning ildizlari ajratadigan moddalar tuproqni charchatadi. Sabzavot ekinlarini bir uchastkada muttasil ekaverish shu ekinga xos kasallik va zararkunandalarning kuchayib ketishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Zararli tuproq mikroorganizmlarning to’planishi va o’simliklarning ildizlari ajratadigan moddalar tuproqni charchatadi.
9-kun: Termiz tumani “Sabzavotchilik va polizchilik” Sherobod agro impeks MChJ. Baqlajon oʼtloqi va oʼtloqi botqoq tuproqlarda gektariga 15-20 tonna goʼng, N-160, P–120, K–80 kg solish tavsiya etiladi. Аzot karbamid yoki sulьfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor koʼrinishida berish kerak. Mineral oʼgʼitlar quyidagicha solinadi: karbamid – gektariga 330 kg, ammofos – 261 kg, kaliy xlor - 160 kg. Аgar azot sulьfat ammoniy koʼrinishda berilsa, u holda bu oʼgʼitning miqdori gektariga 760 kg. Oʼgʼitlar quyidagi muddatlarda beriladi: Kuzgi haydovdan oldin: ammofos– gektariga 196 kg, kaliy xlor 120 kg. Birinchi oziqlantirishda – koʼchatlar tutib olgandan soʼng ular tez oʼsa boshlagan davrda: ammofos – gektariga 64,8 kg, kaliy xlor – 40 kg, karbamid – 165 kg yoki sulьfat ammoniy – gektariga 380 kg beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda oʼsimlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida: karbamid gektariga – 235 kg yoki sulьfat ammoniy – 380 kg miqdorida solinishi lozim.
Shirin qalampirni oʼtloqi va oʼtloqi–botqoq tuproqlarda gektariga N160 P120 K 80 kg solinishi tavsiya etiladi. Аzot ammiak selitra yoki sulьfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor koʼrinishida berilishi kerak. Mineral oʼgʼitlar quyidagicha holatda solinadi: ammiak selitrasi – gektariga 470 kg, ammofos – 261 kg, kaliy xlor – 160 kg. Аgar azot sulьfat ammoniy koʼrinishda berilsa, u holda bu oʼgʼitning miqdori gektariga 760 kg boʼladi. Oʼgʼitlar quyidagi muddatlarda beriladi: Haydovdan oldin: ammofos – gektariga 196 kg, kaliy xlor – 120 kg. Birinchi oziqlantirishda – koʼchatlar oʼzini tutib olganidan soʼng ular tez oʼsa boshlagan davrda: ammofos – gektariga 64,8 kg, kaliy xlor – 40 kg, ammiak selitrasi – 235 kg yoki sulьfat ammoniy – gektariga 380 kg beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda oʼsimlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida: ammiak selitrasi gektariga – 235 kg yoki sulьfat ammoniy – 380 kg berish kerak. Ekologik toza mahsulot olish va azot oʼgʼitlarini 50% ga kamaytirish uchun koʼk massa beradigan ekinlar (siderat) qoʼllash mumkin. Shuningdek, organik oʼgʼit turlaridan biogumus – gektariga 8 tonna, vermigum – 8 tonna, organik mikrobiologik oʼgʼit – 20 kg, bioazot – 2 l qoʼllash samarali hisoblanadi. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik oʼgʼitlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral oʼgʼitlar bilan birgalikda, bioazotni esa sugʼorish suvi bilan berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |