“ISMI BILAN CHAQIR” O‘YINI
Maqsad:
:
Bolalarni chaqqonlikka, sergaklikka o‘rgatadi.
Kerakli jihozlar: koptok. Har bir komandada 8-10 nafar bolagacha ishtirok
etadi.
O‘yinning borishi: bolalar ikki komandaga bo‘linib, ixtiyoriy tartibda
sakraydilar va yuguradilar. To‘satdan sardor koptokni ilishi lozim bo‘lgan birinchi
komandadagi biror bir ishtirokchining ismini aytib, unga qarata koptokni irg‘itadi.
Xuddi shu tartibda ikkinchi komanda ishtirokchisi chaqiriladi. Koptokni ko‘proq
ilib olgan komanda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |