“CHAQQONLAR VA MERGANLAR” O‘YINI
Maqsad:
Bolalarni chaqqonlikka, sergaklikka o‘rgatadi.
Kerakli jixozlar:
Bu o‘yinni o‘ynashda sport o‘yinlari maydonidan foydalaniladi.
Qarama-qarshi ikkita chiziq, o‘rtaga aylana chizish kerak. Rangli koptoklar.
O‘yinning borishi:
O‘yinchilar ikki komandaga bo‘linib 16 metr oralig‘ida bir-
biriga qarab turishadi. O‘rtaga 2 qadam kengligida aylana chiziladi. Har
komandada bittadan eng chaqqon bolalar tanlanib aylana ichiga turiladi. Ikki
tomondagi bolalar to‘p bilan aylana ichidagi o‘yinchilarni uradilar. To‘pga tekkan
o‘yinchi o‘sha o‘yinchining o‘rniga kirib o‘yin davom ettiriladi. Umuman ikkovi
o‘rin almashadi. Merganlar va chaqqonlar taqdirlanadi. Oraliq masofa tarbiyachi
tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |