Keyinchalik, o’qituvchilik qadrlanib, yuksala boshlagan. Bu kasb egasi ko’p tarmoqarda bilimga ega bo’lishi, yuqori malakali bo’lishi va kezi kelgan paytda faqat ta’lim yo’nalishida emas, hayot yo’llaridan ham saboq bera olishi lozim. Qadimda, albatta, bunday o’qituvchilar bo’lmagan emas. Yana bir bor tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, bizning o’tmishimizda ko’plab mutafakkir olimlar yetshib chiqqan. O’z ustozlaridan yaxshi ta’lim olgani holda, o’zlari ham buyuk murabbiy, olim bo’lishga intilishgan. Temuriylar davrida ilm-ma’rifat, yirik olim va shaxs bo’lib yetishish, jumladan, shoirlik, astronomiya, davlat arbobi, tarixchi, kutubxonachilik kabi yo’nalishlarga alohida, jiddiy e’tibor qaratilgan va yuksaltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |