Yosh avlodning ta’lim olishi uchun unga har qanday qulay sharoit bilan yondashish ham o’qituvchining zimmasidadir. Agar shunday mushkul ishlarni ham o’quvchiga o’qituvchi tomonidan yaxshi tushuntirilsa, singdirilsa, ishoningki, o’quvchining ham kelajkda vatanparvar shaxs bo’lib yetishishi shubhasiz. Olamda turli xil kasblar mavjud. Shu bilan birga esa har bir kasbning o’z mahorat egasi, maxsus mutaxassislari ham mavjud. Quruvchining ishi yuksak binolar yaratish bo’lsa, politsiyachilar ishi xalqni jinoyatchilardan tozalash, haydovchilar ishi yo’lovchini manziliga eltish bo’lsa, oshpazlar ishi mijozlarni shirin taomlari bilan manzur etish, davlat boshliqlarining ishi davlatni to’g’ri idora qilish bo’lsa, harbiylar ishi vatanni qo’riqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |