Кексаларни эъзозлаш йили



Download 0,54 Mb.
bet50/127
Sana21.02.2022
Hajmi0,54 Mb.
#2144
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
y№ =
a(a H~ b)
- 35“'' t_Topilgan formula kasallanmagan manbalarning vaqt o’tishi bilan kamayish qonunini ifodalaydi.
Xulosalar: epidemiya tarqalishi masalasini yechish jarayonida tuzulgan matematik model differentsial tenglama ekanligi va bu tenglamani berilgan shartlar asosida topilgan yechimlari tahlil qilindi.
БОЛАЛАРГА МУЛЖАЛЛАНГ АН ДОРИ ПРЕПАРАТЛАРИНИ САНОАТ МЩЕСИДА ИШЛАБ ЧЩАРИШНИ МАДАЛЛИЙЛАШТИРИШ БОРАСИДАГИ ТАД^И^ОТЛАР
Д. Хасанова - 4 курс талабаси
Тошкент фармацевтика институти, Тошкент ш.
Дори воситаларини саноат технологияси кафедраси
Илмий рах,бар: проф.Х.М. Юнусова
Илмий ишнинг долзарблилиги: барча дори препаратларига асосан куйидаги талаблар куйилади: биофаоллик, сифат, микробиологик тозалик ва тургунлик. Бундан ташкари болаларга мулжалланган дори препаратларида таъмини яхшилаш биринчи уринда туради. Бола организми узига хос махсус тузилишга эга булиб, улар дори моддаларига нисбатан жуда сезгир булади. Бу эса уз навбатида болаларга мулжалланган дори препаратларини яратишда алох,ида ах,амият берилиши лозимлигини курсатади. Бундан ташкари дори препаратини организмга юбориш усуллари х,ам алох,ида эътиборга лойик. Шу сабабли биз илмий ишимизни болаларга ишлатишга кулай булган гранула дори шаклига багишладик.
Ишнинг мацсади: ушбу ишнинг максади килиб биз томондан тавсия этилаётган
ноотроп таъсирга эга, болаларга мулжалланган дори препаратини сифат курсаткичларини урганиш деб белгиладик. Шунингдек саноат микёсида узлуксиз ишлаб чикаришда пирацетамгранулаларини сифат курсаткичларига таъсир этувчи технологик курсаткичларни урганиш максад килиб куйилди.
Тадцицот услуби ва материаллари: биз томондан тавсия этилаётган болаларга мулжалланган пирацетам грануласи тадкикотнинг материали булиб танлаб олинди. Белгилаб олинган максадга эришиш учун XI ДФ сида, мос колдаги МТ^лар асосида ва адабиётларда келтирилган усуллардан фойдаланиб тавсия этаётган дори препаратимизни сифат курсаткичларини ургандик. Тавсия этаётган дори препаратимизни саноат микёсида ишлаб чикариш учун гранулалар маълум талаб этилган технологик курсаткичларга эга булишлари керак. Чунки улар ишлаб чикарилаётган гранулалар сифатини белгилаб беради.Шунингдек препарат дозасини бир хиллигини таъминлайди. Гранулаларни ишлаб чикари дастгокларидаги куриниши МЧЖ «SAMO» да амалда синаб курилди. Саноат микёсида узлуксиз ишлаб чикаришни таъминлаш максадида куйидаги технологик курсаткичлар урганилди: фракционный таркиб,сочилма зичлик, эркин тушиш бурчаги ва окувчанлик. Кейинги изланишлар олинган гранулаларни куйидаги сифат курсаткичларини урганишга багишланди: ташки куриниш, эрувчанлик кабилар.
Натижалар:. олинган пирацетам гранулалари - бир хил куринишга эга, аник шаклга эга эмас, ок ёки ок рангга якин специфик кидга эга. Сувда яхши эриб тиник шарбат х,осил килади. Тавсия этилаётган пирацетам гранулалари ижобий фракцион таркибга, сочилма зичликка, окувчанликка ва эркин тушиш бурчагига эга. Бу эса уз навбатида гранулаларни саноат микёсида ишлаб чикаришда дозанинг аникдигини, сакдаш муддатини таъмиенлайди. Олинган пирацетам гранулалари ташки куриниши, эриш муддати ва бир бирига ёпишган гранулалар сони билан талабга жавоб беради. 100 мл сувда эритиб тайёрланган гранулалар жуда оз микдорда хира куринади. Бу эса талаб даражасида эканлиги тажрибаларда исботланди. Тажрибанинг кейинги этапи гранулалар мазасини аниклашга багишланди. Гранула таркибига кушилган корригент моддаси пирацетам кукунининг мазасини леярли билдирмаганлиги кузатилди.
Хулосалар: олинган натижалар асосида хулоса килиб шуни айтиш мумкин, тавсия этилаётган таркиб ва танланган муайян таркиб оптималь ва олинган пирацетам таблеткалари сифат курсаткичлари буйича гранула дори препаратига куйилган барча талабларга жавоб беради.
OSHQOZON-ICHAK YARA KASALLIKLARIDA QO’LLANILUVCHI MOYLI EKSTRAKTNING MIKROBLARGA TASIRINI ORGANISH H.T. Agzamxojayeva - 3-kurs talabasi Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Biotexnologiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: dots. F.O. Po’latova
Rmiy ishning dolzarbliligi: hozirgi kunga kelib ko’pchilik aholi turli ko’rinishdagi oshqozon- ichak yara kasalliklari bilan kasallanmoqda. Bu esa o’z navbatida aholi salomatligi ko’rsatkichlarini pasaytirmoqda. Shularni e’tiborga olgan holda qo’llanilishda oson, qulay, arzon va eng asosiysi mahalliy xom ashyodan foydalanilgan holda moyli ekstrakt oldik. Xom ashyo sifatida zupturum bargi, kashnich urug’i, dalachoy va dastarbosh yer ustki qismlari olindi. Bizga ma’lumki, bu o‘simliklar tabobatda oshqozon-ichak yara kasalliklarida keng qo‘llanilib keladi. Ular asosida ko‘plab suyuq va quruq ekstraktlar olingan. Aloxida o‘simlik moyli ekstraktlari xam olingan. Ularning antimikrob va antioksidant ta’sirlari o‘rganilgan. Xozirgi kunda moyli ekstraktlarni olish va ularning tarkibini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir.
Ishning maqsadi: oshqozon-ichak yara kasalliklarida qo’llaniluvchi mahalliy o’simlik xom ashyosi asosida moyli ekstraktlarni olish texnologiyasini o’rganish hamda ekstraktning antimikroblik hususiyatini aniqlash.
Tadqiqot uslubi va materiallari: izlanishlar Davlat Farmokopeya XI talablariga asosan o’tkazildi. Moyli ekstrakt olish uchun xom ashyo sifatida dorivor o’simliklar: zupturum bargi, kashnich urug’I, dalachoy va dastarbosh yer ustki qismlari olindi. O’simliklar 2-3 mm kattalikda maydaladi. Ektraksiyalashdan avval xom ashyoni 96%li spirtda 24 soatga bo‘ktiriidi. Jarayon 75- 800C da olib borildi. Olingan moyli ekstraktni antimikrob hususiyatlarini o’rganish uchun sinab ko’rilayotgan preparatning quyidagi mikroblarga ta’sirini o’rgandik: E.coli, Candida Albikans, Staphylococus aureus va Pseudomonus aeruginosa. Antimikrob ta’sir “chuqurchalar usuli” yordamida o’tkazildi. Petri kosachalariga avval eritib, so’ngra 45-500C haroratgacha sovitilgan 1,5 % GPA zich ozuqa muhitidan 15ml quyildi va 1 sutkaga 370C ga qo’yildi (ozuqa muhitining sterilligini tekshirish va quritish maqsadida). Tajribada “gazonli” usulidan foydalandik. Yuzasiga bakteriyalarning 1 sutkalik kul’turasidan tayyorlangan suspenziyasi quyildi. Diametri 11 mm bo’lgan chuqurchalarga 0,1ml moyli ekstraktning pH= 7,0 ga teng bo’lgan fosfatli bufer 1:10 nisbatdagi eritmasidan quyildi. Tajribamizni tekshirish uchun huddi shu bakteriyarning ana shunday GPA eritmasiga preparat kiritilmasdan ishlatildi. Petri kosachasidagi kul’turalar: E.coli, Pseudomonus aeruginosa va Staphylococus aureus 370C haroratda 18-24 soat davomida inkubatsiya qilinadi. Candida albicans kul’turasi esa 250C haroratda 48 soat davomida o’stirildi.
Natijalar: “Chuqurchalar usuli” , “gazonli” ekish usuli yordamida test shtammlar tekshirilganda zich ozuqa muhitida chuqurchalar atrofida bakteriyalarning o’sish darajasini to’xtatilgan zonalarning diametri aniqlandi.
Xulosalar: olingan natijalarga ko’ra, zupturum bargi, kashnich urug’i, dalachoy va dastarbosh yer ustki qismlari dan olingan moyli ekstrakt yuqorida ko’rsatilgan aerob miroorganizmlarga qarshi bakteriotsid ta’sir ko’rsatmadi. Ekstraktning antimikroblik hususiyatini aniqlash uchun keyingi tajribalar anaerob miroorganizmlarga qarshi bakteriotsid ta’sirini o‘rganish bilan boradi.
DIFFERENSIAL TENGLAMANI GEOMETRIYAGA TADBIQLARI
O.U. Qamarov 1-kurs talabasi Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Fizika,matematika va AT kafedrasi.
Ilmiy rahbar: katta o’qit.Abdurahmonov B.A.
Ilmiy ishning dolzarbliligi: ko’plab geometrik masalalarda va fanning boshqa sohalarida egri chiziqlarni va u yoki bu xossalariga ko’ra ularga o’tkazilgan urunmalarni topishga zarurat tug’iladi. Funksiyani grafigiga o’tkazilgan urunmaning burchak koeffisienti, urinish nuqtasidagi funksiya hosilasining qiymatiga tengligi sababli, bunday masalalar odatda differensial tenglamalar yordamida yechiladi.
Tadqiqot uslubi va materiallari: ushbu maqolada differensial tenglamalarning geometrik masalalarni yechishga tatbiqlari o’rganilgan. Ko’plab geometrik masalalarda va fanning boshqa sohalarida egri chiziqlarni va u yoki bu xossalariga ko’ra ularga o’tkazilgan urunmalarni topishga zarurat tug’iladi. Funksiyani grafigiga o’tkazilgan urunmaning burchak koeffisienti, urinish nuqtasidagi funksiya hosilasining qiymatiga tengligi sababli, bunday masalalar odatda differensial tenglamalar yordamida yechiladi.
Geometrik masalalarni differensial tenglamalar yordamida yechishda quydagi ketma-ketlik tavsiya etiladi:

  1. Chizmani chizish va belgilashlarni kiritish.

  2. Izlanayotgan chiziqning ixtiyoriy nuqtasida o’rinli bo’lgan shartlarni ba’zi nuqtalarda (boshlang’ich shartlarda) bajariladigan shartlardan ajratish.

  3. Masalada aytib o’tilgan barcha qiymatlarni ixtiyoriy nuqta koordinatalari orqali va hosilaning geometrik ma’nosini hisobga olgan holda, hosilaning nuqtadagi qiymati orqali ifodalash.

  4. Masalaning shartiga ko’ra differensial tenglamani tuzish.

  5. Tuzilgan differensial tenglamaning umumiy yechimini topish va undan boshlang’ich shartlar yordamida qidirilayotgan chiziq tenglamasini ajratib olish.

Quydagi masalalarni misol qilib ko’rgazish mumkin:

  1. masala. Berilgan A(0,5;2) nuqtadan o’tuvchi shunday egri chiziqni topingki, uning istalgan M nuqtasining OM radius-vektori, shu nuqtadan o’tkazilgan urinma va Oy o’qi hosil qilgan uchburchak teng yonli bo’lsin.

  2. masala. Egri chiziqning istalgan nuqtasidan koordinata o’qlariga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazishdan hosil bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shu egri chiziq bilan ikki qismga bo’linadi. Bu bo’laklardan Ox o’qqa yopishganining yuzi ikkinchisinikidan ikki marta katta. Agar egri chiziq M0(1;1) nuqtadan o’tishi ma‘lum bo’lsa, uni toping.

Xulosalar: Ushbu ishda geometrik masalalarni differentsial tenglamalar yordamida yechilgan va u aniq misollar oraqali keltirilgan.
ENALAPRIL MALEATDAN KAPSULA DORI TURINI TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISHIMKONIY ATLARI

  1. X.Djalilov - 4-kurs talabasi
    Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.

Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi
Ilmiy rahbar: dots, V.R.Xaydarov
Ilmiy ishning dolzarbliligi: Enalapril maleat - (S)-1-[N-[1-(etoksikarbonil)-3-fenilpropil]-L- alanil]-L-prolin) hosilasi hisoblanadi. Enalapril maleat yuqori qon bosimini, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak xuruji bo’lgandan so’ng, ba’zi buyrak kassaliklarini davolash maqsadida tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi.
Ishning maqsadi: O’zbekiston Respublikasida enalapril maleatening 7 ta farmatsevtika korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 13 ta dori vositalari ro’yhatdan o’tgan bo’lib, bugungi kunga nisbatdan mahaliy korxonalar tomonidan enalapril maleateni tabletka dori turlari ishlab chiqarilmoqda lekin kapsula dori turini ishlab chiqarish joriy etilmagan. Yuqori dagilarga asosan biz o’z oldimizga enalapril maleateni 0.05-0.10gr kapsula dori turlarini takomillashtirilgan tarkibi va texnologiyasini yaratishni maqsad qilib qo’ydik.
Tadqiqot uslubi va materiallari: Ushbu axborotda Enalapril maleate dori moddasining ikki korxonadan ishlab chiqarilgan substansiyalarini texnologik xossalari bo’yicha solishtirilgan natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda substansiyalarning texnologik hossalarini o’rganish tegishli davlat farmakopeyalarida va maxsus adabiyotlarda keltirilgan usllarda amalga oshirildi. Tadqiqotlarni olib boorish uchun biz Hindistonning “Neuland Lab LTD” kompaniyasi tomonidan 03.2013 yilda ishlab chiqarilgan 0313040 seriyadagi Enalapril substansiyasi va Xitoyning “Shanghai AZ Import” kompaniyasi tomonidan 03.2014 yilda ishlab chiqarilgan 5112-14-090 seriyadagi Enalapril substansiyalaridan foydalandik.
Olingan natijalar: Tadqiqotlardan olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan:



Texnologik xossalari

Hindistonning “Neuland Lab LTD” substansiyasi

Xitoyning “Shanghai AZ Import” substansiyasi

1

Zarrachalar shakli

Plastinkasimon kristallardan

Asosan plastinkasimon va






iborat

tayoqchasimon kristallar.

2

Zarrachalar o’lchami:
- o’rtacha uzunligi, mkm

95.06

124.29

- o’rtacha eni, mkm

63.13

68,42


- shakl omili

1.50

1.81

3

Sochiluvchan zichligi, kg/m

410,0

650,0

4

Zichligi, kg/m

1,52*10 3

1,64*10 3

5

G’ovakligi, %

46,55

72,47

6

Sochiluvchanligi, kg/sek

Ega emas

Ega emas

7

Zichlanish koeffisiyenti

1,58

1,42

8

Preslanuvchanligi, N

17,83

30,49

Xulosalar: Enalapril maleatdan kapsula dori turini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish uchun uning texnologik xossalsri o’rganildi va kapsu tarkibi uchun yordamchi moddalarning turi va miqdori tanlandi, shuningdek maqsadga muvofiq texnologiya taklif qilindi.


“FITOTON” SUBSTANSIYASINI OLISHDA EKSTRAKSIYA JARAYONINI O‘RGANISH
Z.S. Yakubjanova- 4-kurs talabasi
Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Biotexnologiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: dots. F.X To’xtaev
Ilmiy ishning dolzarbliligi: «FITOTON» substansiyasi biologik faol moddalar (flavonoidlar, oleanol va ursol kislotalar, efir moyi, kumarinlar, saponinlar, karotinlar, oshlovchi moddalar) ning qo'shimcha manbai sifatida, markaziy asad tizimi, yurak qon-tomir tizimi funksional holatini va qon bosimini meyorlash uchun mo'ljallangan. Ushbu vosita bir necha maxalliy o‘simliklarni o‘zida mujassam etgan fitochoy sifatida ishlab chiqarilishga mo‘ljallangan va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasidagi maxalliy korxonalarni qo‘llab quvvatlash va korporativ shartnoma asosida ish yuritish bo‘yicha «FITOTON» substansiyasi asosida qattiq xoldagi dori shakli texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif tushgan.
Ishning maqsadi: “FITOTON” substansiyasi asosida quruq ekstrakt olish, ekstraksiya jarayonini o‘rganish, unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va olingan quruq ekstraktni sifatini baxolashdir. O‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdori faqatgina uning o‘sish sharoiti, rivojlanishi, terish payti, saqlash sharoiti va muddatigagina bog‘liq bo‘la qolmay, balki ajratib olish, ya’ni ekstraksiya jarayoniga xam bog‘liqdir. Biologik faol moddalar o‘simlikning turli qismlarida turlicha tarqalgan. Shuningdek, diffuzion jarayonni o‘tkazilishiga xarorat, aralashtirish, xom ashyoni bo‘kuvchanligi, gidromodul, bosim va boshqa ko‘rsatkichlar bog‘liq. Xarorat ekstraksiya jarayonining asosiy ko‘rsatkichi xisoblanishi bois, xarorat ortishi bilan ekstraksiyalash tezligi ortadi, chunki duffuziya va osmos xodisasi ro‘y beradi. Shu bilan bir qatorda ekstraksiyalanuvchi moddalarning eruvchanligi oshadi. Bundan tashqari yuqori xaroratda ko‘pgina xujayralar yoriladi va yuvilishi ko‘payadi. Lekin yuqori xaroratda issiqlikka chidamsiz bo‘lgan moddalarning uchuvchan bo‘lgan biofaol moddalari yo‘qolishi kuzatiladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ekstraksiya jarayonini eng optimal sharoitlarini tanlash va shu sharoitlarda olib borish zarur.
Tadqiqot uslubi va materiallari: ekstraksiya jarayoni quyidagi usulda olib borildi, ya’ni maydalangan o‘simlik yig‘malari teshigining diametri 1-5 mm bo‘lgan elakdan o‘tkazildi. 100 g og‘irlikda o‘simlik xom ashyosi tortib olindi. Unga 1:10dan 1:20nisbatlarda ekstragent (tozalangan suv)qo‘shilib 1soatdan 3soatgacha davomida 600Cdan 900C xaroratda ekstraksiyalandi. Ekstraksiya jarayoni 1-3 marotaba olib borildi va jarayon oxirida bir qism tozalangan suv bilan yuvib yuborildi. Barcha xollarda ekstraksiyalangan ajratmalar birlashtirildi va filtrlovchi materialdan o‘tkazildi.
Filtrlangan ajratma 1/2 qismi qolguncha 800C xaroratda suv xammomida bug‘latildi. Bug‘latish jarayoni bir necha soat davomida olib borildi. So‘ng bug‘latilgan ekstrakt quritish shkafida namligi 5-6 % gacha quritildi. 100 gramm substansiyadan ekstraktiv moddalarni chiqish unumi 18-23 % tashkil etdi. Ekstrakt tarkibidagi ballast moddalardan tozalash usullari qo‘llanilmadi, chunki olingan substansiyaning farmakologik xossalari o‘zgarib ketishi mumkinligi e’tiborga olindi.
Natijalar. yuqoridagi tajribalar asosida ekstraksiya jarayoning eng optimal ko‘rsatkichlari aniqlandi: xom ashyoni maydalik darajasi 1-5mm, gidromodul 1:12dan 1:20nisbatlarda, ekstragent turi-tozalangan suv, ekstraksiyalash vaqti 2soat, ekstraksiyalash xarorati 800C, ekstraksiyalash soni 1 marotaba va jarayon oxirida bir qism tozalangan suv bilan yuvib yuborilishi ko‘zda tutiladi. Quruq ekstrakt tarkibidagi asosiy biologik faol moddasi flavonoidlar unumi bo‘lganligi bois, miqdoriy taxlil spektrofotometrik usulda kversetinga nisbatan olib borildi, va uning qiymati quruq ekstraktda 2% dan kam bo‘lmasligi aniqlandi. Olingan quruq ekstrakt to‘q jigar rangli gigroskopik kukun, o‘zga xos spetsifik xidga ega.
Xulosalar: “FITOTON” substansiyasi asosida quruq ekstrakt olishning optimal sharoitlari aniqlandi va jarayonga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida quruq ekstraktning texnologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va undan qattiq shakldagi dori turini texnologiyasini yaratishni taqozo etadi.
ЮМШОК ДОРИ ВОСИТАЛАРИ УЧУН АСОС
ПОЛИКОМПЛЕКСНИ ТЕХНОЛОГИЯСИНИ ИШЛАБ ЧЩИШ
У.Мадаминов - Саноат фармацияси 2 курс талабаси.
Тошкент Фармацевтика институти, Тошкент ш.
Физика, математика ва ахборот технологиялари кафедраси
Илмий рахбар: техника фанлари доктори, доцент С.Ё.Иногомов

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish