Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar har bir fuqarodan katta masuliyat,ijtimoiy faollik, o’zaro hamjihatlikni talab etadi. MILLIY TARIXIMIZNING SOHTALASHTIRILISHINAMOZ PIRIMQULOV SIYMOSI N. Karimova 1-kurs talabasi
Toshkent Farmasevtika Instituti, Toshkent sh. Ijtimoiy fanlar kafedrasi Qodirova S.H.- ilmiy rahbar Ishning maqsadi: Sho'rolar davrida qoralangan va nomi yo'q qilingan shaxslarni aniqlash, ular haqida ma'lumot to'plash, ularni nomini qayta tiklash va kelajak avlodga ham qoldirib yetkizib berish. Mavzuni o'rganishda qo'llangan tadqiqot usullari va tadqiqot materiallari:
Ushbu mavzuni yoritishda biz ilmiylik va tarixiylik metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot materiallari sifatida sho'rolar davrida va mustaqillik yillarida nashriyotda e'lon qilingan maqolalar, ilmiy kitoblar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Milliy Davlat Arxivi hujjatlaridagi ma'lumotlar asosida yoritib berildi. Qisqacha ma'lumot:Namoz Pirimqulov asosan 1904-1907-yillarda faoliyat olib borgan,ammo ko'pchilik tarixga oid kitoblarda deyarli ma'lumotlar berilmagan. Arxiv hujjatlariga ko'ra Namoz Pirmqulov 1879-yilda tavallud topgan.Chunki 1905-yildagi hujjatlarda ayblanayotgan Pirimqulovning yoshi 25 da deb qayd qilingan. Boshqa hujjatlarda uning yoshi 33 da deyilgan. Ammo uning halokatli o'limi aniq 1907-yil iyun oyi deb ko'rsatilgan. Namoz Pirimqulov el orasida “Namoz botir” laqabi bilan mashhur bo'lgan, lekin Sho'ro hujjatlarida “Namoz o'g'ri” deb qoralangan.Bu shaxs o'z davrida sho'ro amaldorlari va ularning yugurdaklariga aylangan mahalliy amaldorlarga qarshi, ularning oddiy xalqqa nisbatan zulmkor ishlariga qarshi xalq ozodligi uchun kurashgan.Namoz Pirimqulov va uning safdoshlari Sho'rolar tilida qaroqchi “nomozchilar deb atalgan ”.Namoz Pirimqulov va unga o'xshagan xalq kurashchilari Rossiya hukumati va uning imperatorini tashvishga solgan. Chunonchi, ushbu keltirigan hujjatda: “Xayriyat sizning jiddiy tashabbuskorligingiz tufaylibiz Namozdan qutuldik...Tashakkurimizni qabul qilgaysiz. Namoz harakatini tugatishda ishtirok etgan barcha ma'muriyat boshliqlarini qo'shinlar qo'mondonlarini mening nomimdan tabriklab qo'ying.Lozim bo'lganlarini taqdirlashga tavsiya eting” deb yozadi Turkiston general-gubernatori Samarqand harbiy gubernatoriga 1907-yil 9-iyunda. Ushbu hujjatning o'ziyoq bu shaxs Ularga katta qiyinchiliklar tug'dirganini anglatadi.