Internetni bepayon bir dengizga qiyoslasak bo’ladi. Undag har qanday mavzuga
doir mma’lumotlarni toppish imkoniyati mavjud, buning uchun esa faqatgina sizga
as qotadigan web-sahifaning internetdagi adresini bilish kifoyadir. Shuni ta’kidlab
o’tish kerakki hozirgi zamonda barcha ma’lumotlar, statistikalar o’zgarib, soat sayin
yangilanib bormoqda aynan shuning uchun ham internetdagi ma’lumotlar
yangilanib, eskirgan ma’lumotlar o’chirilib boriladi. Bu esa har bir foydalanuvchiga
o’zi uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarning eng ishonchlisini va yangisini topish
imkonini beradi.
Axborot qidiruv – bu axbarotga bo’lgan ehtiyojlarni qondiradigan tuzilmaviy
hujjatli ma’lumotlarni qidirish jarayoni va ushbu izlanishlar haqidagi fan
1
. Bunga
qo’shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, axbarot qidiruv deganda ma;lum bir
shaxsning nuayyan bir so’rovda ko’rsatilgan va iste’molchi uchun kerak bo’lgan
ma’lumotlarni, hujjatlarni izlash va topish jarayoni tushuniladi. Biz bunday
jarayonni ya’ni ma’lum bir ma’lumotlarni topishimiz axborot-qidiruv tizimi(AQT)
yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumoytlarni qidirish haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’ldik, shuni ta’kidlab
o’tish kerakki, axbarot-qidiruv tizimlari dastlab paydo bo’lgan davrlarida faqatgina
adabiyotlarni qidirishda va ilmiy ma’lumotlarni izlashda ishlatilgan. Dastlab faqat
bilim yurtlarida, tashkilotlarda, bosmaxonalarda, jurnal va gazitalar uchun
ishlatilgan axbarot – qidiruv tizimi, yillar va davrlar o’tib, internetdan foydalanish
butun dunyo bo’ylab keng tarqala boshlagach keng yoyilib, u ishlatiladigan doira
ham ancha keng tarqaldi. Bilamizki internet tarmog’ida ma’lumotlar juda ko’p ular
1
(ru,wikipedia.org/wiki/информационный поиск)
turli tillarda, turli ko’rinishlarda o’z aksini topgan. Bunda har bir foydalanuvchining
yonida eng kerakli ma’lumotni toppish degan muammo paydo bo’lishi ta’yin hol.
Bilamizki hozirgi kunda har bir ma’lumot qidirayotgan shaxs turli xil, xususan,
o’zbek, rus, ingliz tillarda o’ziga kerakli ma’lumotning sarlavhasini kiritadi va shu
bilan biz o’rganayotgan axbarot qidirish jarayoni yuzaga keladi. Bunda
foydalanuvchi kiritgan jumla yoki sarlavhaga mos keluvchi manbalarni internet
foydalanuvchiga taqdim etadi va shundan so’ng foydalanuvchi qabul qilgan
ma’lumotlari orasida o’zi uchun eng kerakli ma;lumotni tanlaydi va yuklab olishi
mumkin.
Internet tarmog’ida ma’lumotlar juda ko’pki ko’rsatib o’tilganidek, jumla yoki
sarlavhani kiritish orqali ma’lumotlarni topishning iloji bo’lmasligi ham mumkin.
Bunday hollarda Intеrnеt qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo’shimcha
usullari bo’yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
ma'lumotlarni uning tili bo’yicha qidiruv;
ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, vidеo) bo’yicha qidiruv;
ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo’yicha qidiruv;
ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidiruv;
ma'lumotlarni uning joylashgan Intеrnеt zonasi bo’yicha qidiruv;
ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv
2
.
Hozirgi davrda internet tarmoqlarida axbarot-qidiruv tizimining turli hil turlari va
tizimlari mavjud. Misol uchun aytadigan bo’lsak, Yandex, Google va boshqalar.
Hozirgi kunda bu tizimlardan dunyoda milliardlab foydalanuvchilar foyadalanib
kelishmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bizning mamlakatimizda milliy
axbarot-qidiruv rizimi
WWW.UZ
hisoblanadi.
WWW.UZ
tizimining asosiy
xususiyatlari axborotning ko'p tilli (o'zbek, rus) qidiruvi va boshqa milliy axborot
tizimlari hamda ma'lumotlar bazalari bilan uzviy integratsiya hisoblanadi
3
. Ushbu
tizimning o’ziga hos jihatlari anchagina. Bularga misol qilib tizimninh ko’p tillik
2
( https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=239).
3
( http://old.ccitt.uz/uz/projects/683/)
tizimda faoliyat amalga oshirishi, boshqa milliy axbarot tizimlari bilan
qiyinchiliklarsiz birga ishlay olishini aytishimiz mumkin.
Yuqorida Axbarot-qidiruv tizimi haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega
bo’ldik deb o’ylayman. Endi yuqoridagi muammoli vaziyatga bor etiborimizni
qaratsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yuqoridagi muammoli vaziyatda kampaniya
rahbarining topshirig’iga asosan kampaniya ishchisi qo’ng’iroq qilgan shaxs haqida
ma’lumotlar to’plashi haqida topshiriq bergan. Yuqoridagi vaziyatda o’zi
kampaniya rahbari ishchisiga qo’ng’iroq qilgan shaxs haqida ma’lumotlar to’plashi
haqida topshiriq berishga yetarlicha asoslari bormi? Ushbu savolga javob beradigan
bo’lsak, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to’g’risidagi qonunda
jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining
ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligi va
yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri
(pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligi ta’kidlab
o’tilgan
4
. Yuqoridagi kazusda tasvirlangan holatda murojat qilayotgan shaxs aniq
raqamdan va o’zini tanishtirib o’tganligi aytilgan. Bundan kelib chiqadiki
kompaniya rahbarining harakati ushbu qonunga hilof ekanligi va u muroajat
qilayotgan shaxning ma’lumotlarini aniqlashtirishga harakat qilayotganligi qonuniy
tomondan to’g’ri emas. Bu holat asosiy qonunimiz bo’lgan konstitutsiyaga ham hilof
bo’ladi. Bilamizki konstitutsiyamizning “Shaxsiy huquq va erkinliklar” bobida
fuqarolarning huquqlari atroflich himoyalanganligi ifoda etilgan. Shu bobnig 27-
moddasi 1- qismida har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turarjoy daxlsizligi huquqiga egaligi
ta’kidlab o’tilgan
5
. Shundan kelib chiqib shuni ishonch bilan ayta olamizki
kompaniya rahbari ham uning yordamchisi ham ushbu vaiyatda fuqaro to’g’risidagi
ma’lumotlarni qidirish, to’plash yoki oshkor qilish huquqiga ega emas. O’zbekiston
Respublikasida shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi bu
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat personilashtirish
4
(https://lex.uz/docs/-3336169)
5
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, Toshkent – “O’zbekiston”-2018.
markazidir. Ushbu masala “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonunning 8-
moddasida o’z tasdig’ini topgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni
aytishimiz mumkin, agarda yuqoridagi vaziyatda kompaniya rahbari yohud, uning
yordamchining shaxsga doir ma’lumotlarni topish to’g’risida vakolati mavjud
bo’lganda edi axbarot qidiruv tizimi yordamida shaxsga doir ma’lumotlarni topish
imkoniyatiga ega bo’lar edi. Insonning telefon raqami orqali uning to’liq ism,
familoyasi, tug’ilgan joy, manzili, millati,fuqaroligi haqidagi ma’lumotlarni topish
mumkin.
Mantiqiy savol 28:
Qanday tizim quyidagi masalalarni hal qilishni oʻz ichiga oladi: Firmada
qanaqa darajadagi (yoki kategoriyali) lavozimlar boʻlishi kerak? Ular qanchalik
vakolat va masʼuliyatga ega boʻlishi kerak?
Yuqoridagi savolga javob berishimizdan oldin ushbu savolga bog’liq
tushunchalarning mazmun- mohiyatini anglab olsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Masalan, firma deganda nima tushuniladi? Firma- so’zi lotinchadan olingan bo’lib,
kuchli, ishonchli degan ma’nolarni bildirib, avvalo, fuqarolik huquqida yuridik
shaxs huquqlariga ega bo’lgan tashkilot yoki, yakka tadbirkorlikning nomi degan
ma’nonii anglatadi. Bunga qo’shimcha qilib, firma – “tijorat tashkiloti”
tushunchasining sinonimi deb ham qaraladi
6
. Yuridik firmlarni misol qilib olaib,
yuqoridagi masalaga javob beradigan bo’lsak hozirgi kunda bilamizki, internet,
zamon jadallik bilan rivojlanib bormoqda, huddi shunday sharoitda turli xil
tashkilotlarda insonlar bajarishi joiz bo’lgan vazifalar, texnalogiyalarga,
kompyuterlar tomonidan tezroq hal qilinmoqda.. Lekin bu bilan insonlarning
o’rnini butunlay texnalogiya egalllab olyapti deya olmaymiz, aksincha
texnalogiyalarning barchasi huquqshunoslarga yordam berish uchun yartilmoqda,
insonlarga yanada qulaylik yaratish, ularning ish samaradorligini oshirish uchun
yaratilmoqda. Hozirgi kunda yuridik firmalarda asosiy lavozimlardan biri bu
advakatlardir. Ular ham o’z kasblariga loyiq bo’lishlari va ularga qoyilgan
talablarni bajara olishlari lozim. Yuridik firmalarda bo’lishi kerak bo’lgan
lavozimlar anchani tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida shartnomalar bo’yicha
ma’mur (bu mijozlar, sotuvchilar, sheriklar yoki xodimlar bilan tuzilgan yoki
tuzilishi kerak bo'lgan shartnomalarni boshqarishuvchi shaxs)., korporativ
maslahat(Korporativ maslahatchi odatda kompaniyaning yuridik bo'limida bo'lgan
va uning yuridik ishlarini olib boradigan yuristlardir), ijroji yordamchi(yuqori
darajadagi ma'muriy qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi ), yurist , yuridik kotib, ofis
xodimi, bosh yurist, advakat , maslahatchi va shu kabi lavozimlarni keltirib
o’tishimiz mumkin. shuni ta’kidlab ayta olamizki, huquqiy firma rivojlanishi
6
“O’zbekiston yuridik ensiklopediyasi”, Toshkent, “Adolat” 2010.483-bet.
uchun yuqoridagi lavozim egalari yetarlicha bilim va ko’nikmaga ega shaxslar
bo’lishlari lozim.
.
Mantiqiy savol 6:
Huquqiy axborotga normativ xujjatlarda berilgan taʼrifini va A.Muxammadiyevning
Huquqiy informatika darsligidagi taʼrifidan farqini keltiring. Bu ikki taʼrifni
mantiqan tahlil qilgan holda, oʻzingizni fikringizni bildiring. Normativ xujjatlarni
rekvizitlarini toʻliq keltiring.
Javob:
Huquqiy axbarot tushunchasiga bor e’tiborimizni qaratishdan oldin, umumiy
ma’noda axbarot tushunchasi uning mohiyatiga e’tibor beradigan bo’lsak maqsadga
muvofiq bo’lar edi. Umuman olib aytgancha, axbarot deganda biz sodir bo’lgan
voqea-hodisa yoki sodir bo’lib bo’lgan voqeani tushunamiz. Har bir shaxs kundalik
hayotida axbarot bilan ishlaydi, va turli hil fanlarda ushbu tushunchaga turli hil ta’rif
va fikr mulohazalar bildirilgan. Shuni alohida ta’kid etib aytishimiz mumkinki,
axbarot tushunchasi bilan ma’lumot tushunchasi bir –biri bilan uzviy bog’langan
bo’ladi, ammo har qanday ma’lumotni axbarotga aylantirishimiz uchun, hodisa
to’g’risidagi butun xususiyat va belgilar ifoda etilgan bo’lishi kerak. Misol qilib
aytadigan bo’lsak, olma deganda biz shunchaki ma’lumotni tushunamiz, agarda
bizga sariq olma degan ma’lumot beriladugan bo’lsa bu biz uchun axbarotga
aylanadi. Ilmiy ma’noda axbarot tushunchasiga yanada to’liqroq ta’rif beradigan
bo’lsak,
Do'stlaringiz bilan baham: |