98
1.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari bilan che-
garadosh davlat va viloyatlarni xaritadan aniqlang.
2.
Bu viloyatlar
har birining egallagan maydoni, aholi
soni, asosiy shaharlarini aytib bering.
3.
Jizzax va Samarqand viloyatlari hududida qanday
foydali qazilmalar bor?
4.
Viloyatlarda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5.
Bu viloyatlarning hayvonot
olami haqida nimalarni
bilasiz?
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining
tabiiy xaritasidan foydalanib, yozuvsiz xaritada
bu viloyat
lar hududini turli ranglarda bo‘yang.
?
59-rasm.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining
tabiiy xaritasi.
1 sm – 25 km
99
QASHQADARYO VA SURXONDARYO
VILOYATLARI TABIATI
Qashqadaryo viloyati
ni Hisor tog‘ tizmasi Surxon-
daryo viloyatidan ajratib turadi. Viloyatning maydoni –
28 600 kv. km, aholisi – 3 million 25 ming kishidan ortiq.
Markazi – Qarshi shahri. Viloyatda Koson, Shahrisabz,
Kitob, Chiroqchi, Qama
shi, G‘uzor, Muborak, Yakka-
bog‘ va boshqa shaharlar ham bor.
Viloyatning asosiy daryosi –
Qashqa
daryo. Vilo-
yat hududini suv bilan ta’minlash uchun Tolimarjon,
Chimqo‘rg‘on, Pachkamar kabi suv omborlari, Qar-
shi magistral, Eski Anhor kabi kanallar qazilgan.
Qashqadaryo viloyati hududida neft, tabiiy gaz,
osh tuzi, marmar kabi foydali qazilma konlari bor.
Surxondaryo viloyati
ning maydoni – 20
100 kv.km,
aholisi – 2 million 411 ming kishidan ortiq.
Surxondaryo viloyati hududida Boysuntog‘, Bobo-
tog‘, Hisor va Ko‘hi
tang tog‘ tizmalari bor. Amudaryo,
Surxon daryo, Sherobod
, To‘palang kabi daryolar
oqib o‘tadi. Janubiy Surxon, To‘palang kabi suv om-
borlari qurilgan. O‘zlashtirilgan
yerlarga suv chiqa-
rish uchun esa Sherobod, Zang va boshqa kanallar
qazilgan.
Neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, osh tuzi, marmar,
ohaktosh viloyatdagi asosiy foydali qazilma konlari
hisoblanadi.
Viloyat markazi – Termiz shahri.
Viloyatda Denov,
Boysun, Sho‘rchi, Sherobod, Jarqo‘rg‘on va boshqa
shaharlar ham bor.
100
Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy qismini Qar
shi
cho‘li egallagan. Cho‘lning qumli joylarida juzg‘un,
iloq, selin, kavrak, qizil qandim, saksovul,
gilli yer-
larida esa shuvoq, sho‘ra, mingboshi, turli boshoqli
o‘simliklar uchraydi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining adir-
larida yulg‘un, bug‘doyiq, kavrak, astra
gal
kabilar
o‘sadi.
Tog‘ yonbag‘irlari shirach, rovoch, itburun, bodom,
xandon pista, do‘lana, na’matak, archa, yong‘oq, za-
rang, qayin kabilar bilan qoplangan.
Cho‘llarda sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, kalta-
kesak, echkemar, ilon, bo‘ri, tulkilar bor (60-rasm).
Daryo bo‘ylaridagi to‘qayzorlarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul,
to‘qay mushugi uchraydi. Tog‘li o‘lkalarda silovsin,
ayiq, qoplon, kiyik, tog‘ echkisi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq,
to‘ng‘iz, suvsar, jayra kabi hayvonlar yashaydi.
Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarining tog‘li
o‘lka larida noyob o‘simlik va hayvonlarni muhofaza
qilish maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.
Mamlakatimizning janubiy qismida – Ko‘hitangtog‘
tizmasida
Do'stlaringiz bilan baham: