203 guruh talabasi Ikromov Tohir
Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi
1-topshiriq
Reja
1.Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
2.Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
3.O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
4.Katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar
203 guruh talabasi Ikromov Tohir
Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi
1-topshiriq
1.Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
Afrosiyob, Dalvarzin tepa, Sirdaryoning quyi qismlarida (Toshkent viloyati), shuningdek Xorazm va Qoraqalpog’iston xududlarida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar, qidiruv ishlarining natijalari asosida topilgan turli xil buyumlar, ashyolar, bezaklarning guvohlik berishicha bundan 3-4 ming yillar avvalgi ajdodlarimiz xilma-xil o’yinlar, jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lgan. Yovvoyi hayvonlarni tutish, ov qilish, quvlash, nayza sanchish, olishish va boshqa juda ko’p murakkab harakatli faoliyatlar tasvirlarda, sopol va metall buyumlarda ifoda etilgan. Shuningdek Omonqo’ton (Samarqand), Chorvoq atrofidagi (Toshkent viloyati) yassi toshlar, g’orlarda odamlarning ov qilish va hayvonlar bilan jang qilish (olishish), turli xil o’yinlar bilan shug’ul-lanishlari aks ettirilgan. Bunday holatlar Surxon va Qashqa vohasidagi g’orlar, sohillardagi toshlar, Farg’ona vodiysidagi tog’li manzillarda (chotqol tog’lari) ham ko’p uchraydi.
Qadimgi ajdodlarimiz hozirgi Markaziy Osiyo xududlaridagi barcha xalqlar (Qozoq, Qirg’iz, Turkman, Tojik, Uyg’ur va h.k) bilan yaqin aloqadorlikda hayot kechirgan. Ularning ijtimoiy turmush madaniyati bir-biriga o’xshash bo’lib, urf-odatlari, turli marosimlari ham tutashib ketgan. Shu sababdan ham milliy harakatli o’yinlar o’zaro aralashib ketgan. M: ko’pkari-uloq, poyga, qiz quvmoq, otdan ag’darish, otda qilichlashish (savalash), nayza
sanchish, dorboz, kurash kabi murakkab harakatli o’yinlar Markaziy siyoning barcha xududlarida keng tarqalgan. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitidan kelib chiqqan “quloq cho’zma”, “Eshak mindi”, “Oq suyak”, “CHillik” (chillak), “Qalpoq tepish”, “Piyoda poyga”, “Poda to’p”, palaxmon va shaxmondan tosh otish, kamondan (yoy) nayza (o’q) otish, “Xo’rozlar jangi”, “Mushuk va sichqon”, “Bo’ta soldi”, “To’qqiz tosh”, “Shuvoq”, “Bekinmachoq” kabi yuzlab milliy harakatli o’yinlar ham barcha xalqlar, elatlar, urug’-aymoqlar hayotida chuqur
o’rin egallagan. Bu o’yinlarning tarixi 2-3 ming yildan kam emas.
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Kun tug’mush”, “Qiriq qiz”, “Toxir va Zuxra” kabi xalq og’zaki ijodi durdonalari kabi minglab harakatli o’yinlar ham yozma bo’lmaganligi sababli og’izdan og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan. CHunki o’g’il uylantirish, qiz chiqarish, beshik, sunnat, payg’ambar yoshi kabi ulug’ to’ylar, Navro’z, Hosil yig’ish bayramlari (qovun sayli, gul sayli va h.k), hayitlar, gashtaklar (gaplar) va juda ko’p marosimlar xalqdan xalqqa o’tib kelgan. Ularning mazmunida asosan ko’pkari-uloq, poyga, otdan ag’darish, qiz quvmoq, kurash kabi o’yinlar qatorida “Piyoda poyga”, “Quloq cho’zma”, “Xo’rozlar jangi”, “To’qqiz tosh” (qizlar o’yini), “Gardkam” (oshiq o’yinlari) kabi xilma-xil qiziqarli o’yinlar ham o’rin olgan. Harakatli o’yinlarning mazmunlarini yozib olish, ularni yoshlarga o’rgatish masalalari asosan XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bunda rus sayyohlari, arxeologik va tarixiy qidiruv ishlarini olib boruvchi olimlarning rolini tan olish kerak bo’ladi. L.Bajenko (1840), A.Borj (1848), G.Vamper (1877), A.Arandarenko (1889) kabilarning xizmati kattadir. XX asr
boshlarida arxeologik va tarix sohasidagi olimlar V.Bartolьd, A.Vinogradov, S.P.Tolstov, A.SHishkin hamda O’zbekiston arxeologi Ya.G’ulomov kabilar harakatli o’yinlarga katta e’tibor berishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |