Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammamiz birgalikda masala tuzamiz va echamiz. Kartochkaning ustki chiziqchasiga 1 ta jo’jani, pastki chiziqchasiga 3 ta jo’jani qo’ying. Nima qilganinigizni gapirib bering.
Bolalar qisqa, bog’liqli gapirib berishlari kerak.
Tarbiyachi: Juda yaxshi tushuntirib berdingiz. Siz masala tuzdingizmi? Yo’q. Masalaning sharti va savoli bo’lishi kerak. Masalan: kartochkaning ustki chizig’ida 1 ta pastki chizig’ida 3 ta jo’ja bor. Bu masalaning sharti. Masalaning shartida 2 ta son qatnashadi. Hamma jo’jalar nechta? Bu masalaning savoli. Hamma jo’jalar 4 ta. Bu masalaning javobi. Biz birgalikda masala tuzdik va echdik.
Bolajonlar, endi boshqa bir masalani birgalikda tuzamiz.
Tarbiyachi: Jamolbek siz uchta qalamni olib yonimga keling. Jamolbek sizda nechta qalam bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |