Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Bolajonlar, harakat davomida yo’nalishni o’zgartirishga
qiynalmadingizmi?
2. O’ng qo’lingizni ko’taring.
3. Chap qo’lingizni ko’taring.
4. Chap tomoningizdagi o’rtog’ingizning ismi nima?
5. O’ng tomoningizda qaysi o’rtog’ingiz o’tiribdi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Labirintlar va ularning echimi bilan tanishtirish
Maqsad:
Bolalarda labirintlar haqida tushuncha hosil qilish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar labirintlar haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Bolalar labirintlarning echimini topishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli labirintlar tasviri (bo’yi 20 sm, eni 30 sm).
Rangli qalamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |