Katalitik modifikasiyalash


Nikelli katalizatorlar ishlab chiqarish



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/108
Sana26.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#472968
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
Bog'liq
fayl 2085 20211108

Nikelli katalizatorlar ishlab chiqarish. 
Cho’ktirilgan yuqori dispersli 
nikelli katalizator ishlab chiqarishning texnologik sxemasi quyidagi asosiy 
bochqichlardan tashkil topgan: 
Birinchi bosqich-nikel karbonat asosini eltuvchiga cho’ktirish. Natriy 
karbonat (Na
2
CO
3
)ning suvli eritmasini 60-80
0
C gacha qizdirib, unga o’ta 
maydalangan eltuvchi-SiO
2
va Al
2
O
3
qo’shiladi va jadal aralashtirilgan holda 
suspenziyaga katalitik metall tuzlari-nikel xlorid, nikel nitrat va nikel sulfatning 
suvli eritmalari hamda promotor yuqori tezlikda qo’shiladi. Bunday sharoitda suvda 
kam eriydigan nikel karbonatning eltuvchidagi mayda kristallarining cho’kmalari 
hosil bo’ladi. Promotorni hisobga olmagan holda cho’kmani quyidagi formula bilan 
ifodalash mumkin: 
[ xNi(OH)
2
-y NiCO
3

.
SiO
2
( yoki Al
2
O
3

Ikkinchi bosqich-nikel karbonatning termik parchalanishi. Filtrdagi cho’kma 
sulfatlardan, nitratlardan va xloridlardan tozalab yuviladi, suv qo’shiladi va mayda 
zarrachalarga bo’luvchi quritgichda quritiladi.
Nikel karbonat parchalanadigan haroratda aylanuvchi qizdirish pechlarida 
quruq, yuqori dispersli kukunga termik ishlov beriladi:
xNi(OH)
2
.
yNiCO
3
NiO + CO
2
+ H
2

Qizdirib olingan mahsulotlarda nikel oksidi(NiO)dan tashqari, nikel silikatlari 
ham bo’lib, u eltuvchi va promotor karbonatlarini termik parchalanishi va 
cho’ktirilishida (silikatli eltuvchiga) hosil bo’ladi.
Uchinchi bosqich-nikel oksidini qaytarish. Nikel oksidi gorizontal aylanuvchi 
pechlarda 450-510
0
C da issiq vodorod bilan qaytariladi. 
NiO + H
2
Ni + H
2

Nikel oksidini qaytarilishi oxirigacha bormaydi. Haqiqatan qaytarilgan 
katalizatorda Ni , NiO , SiO
2
yoki Al
2
O
3
va bir oz miqdorda qiyin qaytariladigan 
nikel silikatlari (agar silikatli eltuvchi ishlatilgan bo’lsa) bo’ladi.
To’rtinchi bosqich-katalizatorni tovar shakliga keltirish. Qaytarilgan nikel 
katalizatorlari tez yonuvchan bo’ladi. Ochiq havoda yuqori dispersli nikel, ko’p 
miqdorda issiqlik ajralib chiqib, kislorod bilan tezda oksidlanib qoladi. Shuning 


228 
uchun katalizator gidrogenlash aktivligini to’liq yo’qotadi, qiziydi va yirik-yirik 
bo’laklar hosil qiladi. Qaytarilgan katalizatorni jadal oksidlanishdan himoya qilish 
uchun uni chuqur gidrogenlangan yog’ (“stearinli salomas“) bilan aralashtiriladi, 
keyin suspenziya sovutiladi va shakl beriladi.
Avvallari tovar shaklidagi katalizatorlar tangasimon qattiq yog’ ko’rinishida 
bo’lib, unda katalizator zarrachalari bir xilda yoyilgan holda bo’lgan. So’nggi 
yillarda esa katalizatorlar yassi tomchi holida tayyorlanmoqda. Bu esa katalizatorni 
qadoqlash, saqlash va tashish sarf harajatlarini kamayishiga, hamda uni yuklash va 
tushirish jarayonlarida kamroq chang hosil bo’lishiga olib keldi. Boshqa usulda tez 
yonuvchanlikni kamaytirish uchun nikel yuzasi dozali oksidlash bilan 
passivlashtiriladi.

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish