5
I-BOB. YOG’ VA MOYLARNI RAFINATSIYALASH
1§. Yog’larni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli
yo’nalishlar
Dunyoda bugungi kunda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va
oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab
chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat
mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy
vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Mustaqillikka erishgandan keyin yurtimizda yuqori texnologiyalarga
asoslangan oziq-ovqat sanoati shakllanib, bugungi kunda iqtisodiyotimizning
yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Oziq- ovqat xavfsizligini
ta’minlash, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ishlab
chiqarishni modernizasiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e’tibor
qaratilib, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilmoqda. Ishlab
chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilishni rag’batlantirish hamda qo’llab-
quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab
chiqarishning o’sishini ta’minlamoqda.
Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda,
hususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 19 yanvaridagi PQ-
3484-sonli “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarori qabul qilindi.
Hukumat rahbari tomonidan qabul qilingan mazkur qaror yog’-moy
korxonalarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lib, korxonalar
faoliyatini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Yog’-moy
mahsulotlarining assortimentlarini kengaytirish, sog’lom raqobat muhitini yaratish,
mahsulot sifatini oshirish, aholining ehtiyojini kafolatli oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
6
2019 yil 16 yanvar kuni “Yog’-moy tarmog’ini yanada rivojlantirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini
joriy etish to’g’risida”gi PQ-4118 sonli president qarori qabul qilindi[2].
Qaror bilan Yog’-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.
“O’zyog’moysanoat” uyushmasining asosiy vazifasi yog’-moy xom
ashyolarini qayta ishlash va yog’-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab
chiqish hisoblanadi. 2022 yil 1 yanvargacha uyushma mol-mulk solig’i va foyda
solig’idan ozod etildi. Yog’-moy sanoati korxonalariga 2022 yil 1 yanvargacha
respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral
mahsulotlar va katalizatorlar importida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashni 90
kunga kechiktirish imkoniyati berildi.
Respublika yog’-moy sanoati uzoq tarixga ega. Lekin faqat O’zbekiston
mustaqillikka erishganidan keyingina barcha sohalarda bo’lgani kabi yog’-moy
sanoatida ham haqiqiy rivojlanish davri boshlandi. Shu bois hozirgi kunda
yurtimizda 240 tadan ziyod yirik va kichik yog’-moy korxonalari mavjud bo’lib, ular
tomonidan 60 turdagi va 200 dan ortiq assortimentdagi yog’-moy mahsulotlari
ishlab chiqarilmoqda. Korxonalardan 80 tasida o’simlik moyi, 38 tasida margarin
mahsulotlari, 25 tasida mayonez, 94 tasida xo’jalik va atir sovun va 3 tasida
distillangan gliserin mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgangan
yog’-moy mahsulotlari UZTR 520-023:2017:2017 «Yog’-moy mahsulotlari
xavfsizligi to’g’risida»gi texnik reglament talablariga to’liq javob beradi.
Korxonalarda ISO 9001:2015 va ISO 22000 xalqaro sifat standartlari joriy etilgan.
Mamlakatimizdagi eng yirik, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 80 dan
ortiq korxona “O’zyog’moysanoati” uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan paxta moyi
va xo’jalik sovuni eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog’ ekstraksiya, Farg’ona
yog’-moy, Qo’qon yog’-moy, Toshkent yog’-moy, Kattaqo’rg’on yog’-moy,
Surxonoziqovqatsanoat va Urganch yog’-moy hissadorlik jamiyatlari tarmoqdagi
eng yirik korxonalardir.
7
Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yo’nalishlaridan biri yog’-moy
tarmog’i hisoblanadi. Yog’-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari,
yakuniy mahsulotlari, tabiiy o’simlik moylari (paxta, kungaboqar, soya, maxsar va
boshqalar) bo’lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari,
sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ko’pligi va korxona strukturasining xilma –
xilligidan yog’ – moy sanoati korxonalari uskunalari ham turli – tumandir.
Jihozlarning xizmat ko’rsatishi, ularning konstruksiyasi va texnologik jarayoniga
ko’ra
uskunalar
avtomatlashtirilgan,
yarim
avtomatlashtirilgan
va
avtomatlashtirilmagan holda bo’ladi. Yildan-yilga korxonalarda komplekt
liniyalarga kiradigan, avtomatlashtirilgan uskunalar birinchi o’rinlarni egallab
kelmoqda va kelajakda ular maxsus dastur bo’yicha ishlaydi, ularning nazorati va
boshqarilishi elektron-hisoblash mashinalar yordamida bajariladi.
Jahon yog’-moy ishlab chiqarish sanoatida oziq-ovqat uchun asosan soya,
palma, raps (indov), kungaboqar, yeryong’oq kabi moylar katta miqdorni tashkil
qiladi. Ushbu o’simlik moylari birgalikda ishlab chiqarishning 80% miqdorini
tashkil qiladi. Jumladan, so’ngi 10 yil ichida raps ishlab chiqarish keskin rivojlandi
va raps moyi ishlab chiqarish hajmi hozirgi kunda uchunchi o’rinni egallamoqda.
Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy
firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni
texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya),
«Jon Braun», «Karver», «Kraun», «Massoni», «Bollista», (Italiya), Henan Huatai
Cereals And Oils Machinery Co. (Xitoy), Sunman Engeneering (Hindiston),
Turkiya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara
bermoqda.
Keyingi vaqtlarda Respublikamiz yog’-moy korxonalarida chet yel investrlari
ishtirokida yangi texnologiya barpo etish va shu bilan birga yangi maxsulot turlarini
yaratish kabi ishlar jadal amalga oshirilmoqda chet yel investisiyalarini qo’llab,
ya’ni yangi ishlab chiqarish sexlari, ishlab turgan korxonalarni zamonaviy uskunalar
bilan jixozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
8
Margarin va mayonez mahsulotlari, shuningdek, xo’jalik va atir sovunining
salmoqli qismini respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil
etmoqda. Ushbu mahsulotlarning importi yildan-yilga qisqarmoqda. Bu esa o’z
navbatida gidrogenlangan va pereeterifikatsiyalangan yog’lar ishlab chiqarish
rivojlanganidan dalolat beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda yetakchi texnika va
uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan zavod va
kombinatlar barpo etilmoqda. Yangi zavod va sexlarni qurish bilan birga mavjud
zavodlarni yangi texnologiyalar bo’yicha rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari
nazarda tutilmoqda.
Shunday ekan, kichik korxonalarni joriy qilish, shu bilan birgalikda bugungi
kun bozor iqtisodiyotiga mos keladigan jahon standartlariga javob bera oladigan,
ekologik jihatdan toza tovarbop yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzarb
masaladir.
Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan bozorlarimiz jahon bozoriga
qo’shilib borayotir, erkin savdoga yo’l ochilib bozorlarimizda chet eldan keltirilgan
estetik did bilan qadoqlangan o’simlik yog’lari, xo’jalik va atir sovunlar, margarin,
mayonez mahsulotlari keng assortimentda sotilayapti. Mahsulotlarimiz sifat
jihatidan chet ellardan keltirilayotganlardan ustunligi ularning sof yog’lardan
tayyorlanishi bo’lsa, lekin bizda ishlab chiqarilayotgan tarkibi jihatidan, margarin
mahsulotlari chiroyli qadoqlanganligi, xaridorligi tushib ketmasligi uchun, chet el
mahsulotlaridan orqada qolib ketmasligi uchun bir qator ishlar olib borilayapti. Shu
jumladan, «Farg’ona yog’-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab
Italiyaning «Massoni» Uyushmaning investisiya dasturida chet eldan keltirilayotgan
xomashyo mahsulotlari ishlab chiqarishi joylarda tashkil qilish masalasi ham keng
o’rin olgan:
-
sohadagi har bir korxonada dezodorasiya asbob uskunasi o’rnatilgach,
ozuqaviy yog’ ishlab chiqarish hajmi ekstraksiya yog’ini tozalash hisobiga
nihoyatda oshib, uni chetdan keltirishga hojat qolmaydi;
-
chetdan keltirilayotgan asbob uskunalar va ehtiyot qismlarni o’zimizda ishlab
9
chiqarishni yo’lga qo’yish;
-
sovun xomashyosini o’zimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish;
-
oqartuvchi tuprog’ini O’zbekistonda kerakli miqdorda ishlab chiqarishni
tashkil etish.
Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilmayotgan, lekin xaridorgir
mahsulotlarni – olif moyi, kazein yelimi, ozuqaviy spirt, antifriz, tormoz suyuqligi
kabilarni ishlab chiqarish ham amalga oshganligini hisobga olganda kelajakda
import o’rnini bosa oladigan xomashyo, mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish natijasida yiliga 40 million dollargacha mablag’ni iqtisod qilish
mo’ljallanayapti.
O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining asosiy qismlaridan biri
yog’-moy sanoati hisoblanadi. Respublika aholining moyga bo’lgan ehtiyojini,
shuningdek xo’jalik va atir sovuniga, yuvuvchi kukunlarga sifatli plyonka hosil
qiluvchi moddalarga va boshqa mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun
yog’-moy korxonalari o’zining ishlab chiqarish bazasini intensiv kengaytirib
bormoqda.
Kataliz protsessi juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lib, halq iste’mol
mahsulotlari tayyorlashda keng qo’llanilgan. Sutni achitib pishloq tayyorlashda, har
xil vinolar qilishda, vinoni achitib sirka olishda, non uchun xamir qilishda va boshqa
mahsulotlarda bu prosessdan foydalanilgan. Bunda asosan katalizatorlik vazifasini
tabiiy fermentlar – biokatalizatorlar bajargan. Sanoatning keng ko’lamda
rivojlanishi bilan, tabiiy mahsulotlarni qayta ishlashga ehtiyojning ortib borishi
bilan, turli sanoat sohalarida sun’iy katalizatorlar yaratish, ixtiro qilishga va ularning
xossalarini o’rganishga kirishildi. Ayniqsa, og’ir va dispers metallarning katalitik
xossalari yuqori bo’lgani uchun, neftni qayta ishlashda, ximiya, oziq-ovqat
sanoatida va boshqa sohalarda ular keng qo’llanib kelinmoqda. Shu sababli, metall
katalizatorlarning reaksion muhitga ta’sir mexanizmi, ularning yangi turlarini ixtiro
qilish va yangi sohalarda ishlatish imkonini yaratish ustidagi ilmiy izlanishlar keng
avj olib ketdi.
Oziq-ovqat sanoatida, o’simlik yog’larini katalizatorlar ishtirokida
10
gidrogenlab, margarin uchun xomashyo – salomas olinadi.
Hozirgi vaqtda salomas nikel va mis aralashmasidan tayyorlangan geterogen,
poroshok holatidagi katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Xuddi shuningdek,
gidrogenizasiyani turg’un-geterogen katalizatorlar ishtirokida ham olib borish
mumkin. Hozirga qadar turg’un-geterogen katalizatorlarning juda ko’p turlari
ma’lum bo’lib, bu sohada ancha nazariy taraflari ham o’rganilgan.
Shuningdek, yog’-moy sanoatidagi eng yangi soha-yog’lar pereeterifikasiyasi
ham, turli xil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yog’ asoslari olishda juda
qo’l keladigan katalitik prosessdir. Bunda ximiyaviy va fizikaviy o’zgarishlar
trigliseridlar tarkibidagi yog’ kislotalari radikallarini katalizatorlar ta’sirida o’rin
almashinishi bilan boradi.
O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining yog’-moy ishlab chiqarish
tarmog’ining texnikaviy yuksalishining asosiy yo’nalishi, yangi texnologiyalar
yaratish, noan’anaviy moyli urug’larni qayta ishlash texnologiyasini
takomillashtirish, hamda texnologik uskunalar quvvatini oshirishdan iboratdir.
Mustaqillikga erishilgandan so’ng yerning ma’lum qismi don yetishtirish
uchun berildi. Natijada so’nggi yillarda paxta chigitini qayta ishlash korxonalarining
ta’minoti yiliga 2 mln. tonnagacha kamaydi. Yog’-moy korxonalari paxta chigiti
bilan 55-60% ta’minlangan. Shu sababli qayta ishlash sanoati uchun yangi qishloq
xo’jalik ekinlarini, hamda yog’-oqsil xomashyolarini izlash zarur bo’lib qoldi.
Bu masalani hal etish kelajakda yog’-moy, omixta-yem ishlab chiqarish
sanoatini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekinlardan biri soyadir. Uning
yog’liligi – 17-20%, oqsil miqdori 50% ni tashkil etadi. Soya donidan olingan yog’
mazasi va sifati bo’yicha paxta moyidan qolishmaydi.
Rafinatsiya jarayonida yog’ va moylar hamroh moddalardan tozalanadi.
Xom yog’lar tarkibida ishlab chiqarish va saqlash sharoitiga qarab har xil
aralashmalar ko’p yoki kam bo’lishi mumkin. Bu aralashmalar moylarga rang,
o’ziga xos ta’m va hid beradi, cho’kma hosil qiladi va ularni xiralashtiradi. Xom
yog’da hamisha ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalar bo’ladi. Yog’ning
ishlatilishiga qarab bu aralashmalarning ayrimlari zararli yoki keraksiz bo’lishi
11
mumkin.
Rafinatsiya qilingan yog’ni iste’molga yoki texnik maqsadda ishlatish
mumkin. Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni esa ishlatish qiyinchilikka olib
keladi ba’zi bir hollarda umuman ishlatib bo’lmaydi. Yog’ tarkibidagi aralashmalar
har xil bo’lganligi uchun rafinatsiya jarayoni kompleks usulda ya’ni moydan
chiqarib tashlanayotgan aralashmaning tarkibi, xususiyatiga qarab har xil reagentlar
yordamida ketma-ket operasiyalar bilan olib boriladi.
Zamonaviy rafinatsiya texnikasining rivojlanishi masalalarni kompleks hal
qiladi va o’simlik moylari hamroh moddalardan tozalanib, hosil bo’lgan
mahsulotlarni oziq-ovqat sifatida va texnik maqsadda ishlatiladi. O’simlik yog’idan
fosfatidlarni ajratib olib oziq-ovqat va yem sifatida, ishlatilishi sanoatda ko’p
qo’llaniladi. Hozirgi paytda yog’dan qimmatli mahsulot sterin va vitaminlarni
ajratib olish usullari mavjud. Shuningdek, paxta moyidan gossipol mustaqil
mahsulot sifatida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan.
Sanoatda har kuni kerak bo’ladigan qattiq va yuqori suyuqlanish haroratli
moylarga talab kattadir. Tabiiy qattiq yog’larni manbasi ko’p emas va ular hayvon
yog’lari bilan chegaralanadi.
Suyuq yog’larga kimyoviy ishlov berib, yuqori sifatli qattiq yog’ga bo’lgan
talabini qondirish masalasi hal qilindi. Gidrogenlash suyuq moylar tarkibidagi
to’yinmagan yog’ kislotalarini vodorod bilan to’yintirishga asoslangan. Buning
natijasida to’yinmagan suyuq yog’ kislotalari to’yingan va nisbatan yuqori haroratda
suyuqlanadigan kislotaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |