Katalitik modifikasiyalash


Gidrogenlash jarayoniga turli omillarning ta’siriga oid tadqiqot



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/108
Sana26.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#472968
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
Bog'liq
fayl 2085 20211108

Gidrogenlash jarayoniga turli omillarning ta’siriga oid tadqiqot 
ishlarining tahlili[112] 
Yog’larni gidrogenlash tezligi avvalo ularning yog’ kislota tarkibi, katalizator 
miqdori, tabiati va aktivligi, vodorodni barbotajlash jadalligi va uni yog’da bir 
me’yorda taqsimlanishiga, hamda yog’ni qizdirish haroratiga bog’liq bo’ladi. 
Berilayotgan katalizator miqdori oshirilganda gidrogenlash tezligi ma’lum 
darajagacha oshadi. Biroq harorat 180 
0
C va undan yuqori bo’lganda, katalizator 
miqdorini moy massasiga nisbatan 0,3-0,4 %dan oshib ketishi ham, reaksiya 
tezligini sezilarli oshishiga olib kelmaydi. Aftidan bu, vodorodning yog’dagi 
eruvchanligini kamligi va uni yog’dagi diffuziya tezligining kichikligi bilan bog’liq 
bo’lsa kerak. Katalizatorning optimal miqdori, shuningdek uning zarrachalarini 
dispersligi va boshqa omillarga ham bog’liq. Shu sababli, optimal miqdor turli 
sharoitda turlicha bo’lishi mumkin. 
V.I. Rojkova shunday xulosaga keldiki, palladiy, platinali Reney nikeli 
katalizatorlarida harorat 60 
0
C dan 100 
0
C gacha ko’tarilganda, gidrogenlash tezligi 
o’rtacha 2 marta, selektivlik esa nikel keramik katalizatorida kamroq, Reney nikeli, 
platina va palladiyli katalizatorlarda esa ko’proq oshadi. 
V.I. Shlyaxov, D.V. Sokolskiy paxta moyini skelet katalizatorlarda 
gidrogenlash tezligiga harorat ta’sirini o’rganib, 120-180 
0
Cda reaksiyaning harorat 
koeffisiyenti 1,30-1,35 ga teng bo’lishi va 60-120 
0
C va 180-200 
0
C haroratlarda esa 
uning qiymati 1,0 ga yaqinlashishini aniqlashdi. 
D.V. Sokolskiy, N.A. Nechayev va b. paxta moyini skeletli nikel katalizatorida 
gidrogenlashning kinetik qonuniyatlarini tadqiq qilishgan. Jarayon vodorod bosimi 
0,05-0,8 Mn/m
2
bo’lgan sharoitda olib borilgan. Bosim 0,6 Mn/m
2
gacha va 
vodorodni berish tezligi 10 ml/min. gacha ortganda gidrogenlash tezligi oshgan. 
Haroratning 120-220 
0
C oralig’ida aktivlanish energiyasining kichik bo’lishi 
kuzatilgan. 
Massa o’tkazish qarshiligi mavjud bo’lmaganda, ya’ni kinetik sohada, jarayon 
tezligi katalizator yuzasidagi vodorod sarfining tezligi bilan belgilanadi. Suyuqlik 
yuzasini oshirish va diffuzion qatlam qalinligini kamaytirish, jarayon katalizator 


171 
yuzasidagi yupqa moy qatlamida sodir bo’lganda, ya’ni bu yog’larni turg’un 
katalizatorlarda yoki suspenziyalangan katalizatorlarda jadal aralashtirish bilan 
gidrogenlaganda, amalga oshadi.
Agar yog’larni gidrogenlash diffuzion sohada borsa, reaksiya tezligi harorat 
ortganda ma’lum darajagacha oshadi va haroratning keyingi ortishi reaksiya 
tezligiga ta’sir etmaydi. Kinetik sohada esa reaksiya tezligining harorat ortishi bilan 
oshishi Arrenius tenglamasiga muvofiq boradi. 
Vodorod bosimi gidrogenizatning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga sezilarli 
ta’sir ko’rsatadi. Xom ashyoni berish tezligi yuqori bo’lgan holatda to’yinish tezligi 
vodorod bosimiga to’g’ri proporsional bo’ladi, kichik bo’lganda esa – vodorod 
bosimining kvadrat ildiziga teng bo’ladi. 
Aralashtirish jadalligining gidrogenizat sifat ko’rsatkichlariga ta’siri bo’yicha 
ko’plab qarama-qarshi mulohazalar bayon etilgan. Xuddi shunday xulosalarni 
o’simlik moylarini gidrogenlash tezligiga katalizator miqdorining ta’siri haqida ham 
aytish mumkin. Biroq, moylarni kolonnali qurilmalarda, turg’un katalizatorlarda 
gidrogenlaganda bu ko’rsatkich amalda o’zgarmay qoladi. Yog’ va moylarni 
gidrogenlash jarayonini imkon qadar qisqa vaqt oralig’ida olib borish maqsadga 
muvofiq deb hisoblanadi. 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish