Katalitik modifikasiyalash



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
Bog'liq
Katalizator

18.1-jadval 
Sanoatda qo’llaniladigan, yog’ bilan himoyalangan nikelli katalizatorlar 
to’g’risida ba’zi ma’lumotlar 
Markasi
Firma
Mamlakat
Katalizatorni 
vazifasi 
N-222; H-222 
Engelhard 
Gollandiya, 
AQSh 
Umumiy foydalanish 
uchun katalizatorlar. 
Pricat 9910
G-53 
Unichema
Sud-Chemie 
Germaniya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
Yog’ va moylarni 
oziqa va texnik 
salomaslargacha 
gidrogenlash uchun 
N-235
Pricat 9920 
G-95 K 
Engelhard
Unichema
Sud-Chemie 
Gollandiya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
Oziqa salomasi 
ishlab chiqarish 
uchun selektiv 
gidrogenlash 
katalizatorlari 
SP-10
Pricat 9908
Engelhard
Unichema
Gollandiya, 
AQSh 
O’rtacha erish 
haroratiga ega qattiq 


229 
G-111 
Sud-Chemie 
Germaniya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
qondolatchilik 
yog’lari ishlab 
chiqarish uchun 
oltingugurtli 
katalizatorlar 
N-140 
Pricat 9932
KE FC 40 
Engelhard
Unichema
Sud-Chemie 
Gollandiya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
Germaniya, 
AQSh 
Erkin yog’ 
kislotalari va texnik 
yog’larni chuqur 
gidrogenlash uchun 
katalizatorlar 
Yog’, moy va yog’ kislotalarini gidrogenlashda qo’llaniladigan nikel 
katalizatorlarning umumiy texnik tavsifi. 
18.2-jadval 
Ko’rsatkichlar nomi 
Tavsif 
Tovar shakli 
Yuqori dispersli katalizatorning yuqori haroratda 
eruvchan yog’dagi suspenziyasi. Jigarrang yoki 
kulrangga moyil qora rangdagi yassi tomchi, diametri 
6-12 mm, asosan 7-8 mm bo’ladi. 
Himoya muhiti 
Erish harorati 52-80
0
C bo’lgan, chuqur gidrogenlangan 
yog’; asosan erish harorat 65-70
0
C bo’lgan soya 
moyidan olingan stearin. 
Eltuvchi
Kizelgur, amorf kremniy oksidi, alyuminiy oksidi, 
alyuminiy 
va 
kremniy 
oksidlari 
aralashmasi. 
Zarrachalar o’lchami asosi 1-10 mkm bo’ladi. 
Promotor, aktivator, 
ingibitor 
Magniy, sirkoniy titan oksidlari; oltingugurtning 
vodorodli birikmalarini nikel bilan qayta ishlab olingan 
nikel sulfidlari. 


230 
Tarkibi ,% 
Nikel va uning 
hosilalaridagi nikel 
8-26: asosan 22-24 
Eltuvchi
3-23 ; asosan 5-11 
Promotor , aktivator, 
ingibitor 
Magniy oksidi 0-2; sirkoniy oksida 0-1; titan oksidi 0-
0,5; oltingugurt 0-1 
Gidrogenlangan yog’ 
55-74; asosan 60-70 
Nisbatlar
Nikel /eltuvchi
1-5,5; asosan 2,5-5 
Nikel/nikel oksidi
0.65-0.85 ; asosan 0.7-0.8 
Katalizator 
zarralarining 
o’lchami, mkm
5-15; asosan 5-7 
G’ovak diametri, nm 
2,5-12; asosan 3-5 
Solishtirma yuzasi, 
m
2
/g 
130-260; asosan 180-220 
Hajmiy massasi , 
kg/m
3
650-900; asosan 700-750 
Chaqnash harorati 
(yog’), 
0

taxminan 300
0

Yog’ni o’z-o’zidan 
yonishi
340-350
0
C gacha qizdirilganda o’z-o’zidan yonmaydi 
(o’t olmaydi). 
O’z-o’zidan qizib 
ketishi 
Katalizator 24 soat davomida 140
0
C da o’z-o’zidan 
qizib ketmaydi. Juda kuchsiz o’z-o’zidan qizib ketish 
xususiyatiga ega. 
Barqarorligi
Germetik yopilgan tarada va 30
0
C gacha haroratda ikki 
yil davomida o’z aktivligi va tovar shaklini saqlab 
qoladi. 


231 
Qadoqlanishi
Hajmi 200 l bo’lgan, 150-160 kg katalizator solingan va 
germetik yopilgan bochka. 
 
Katalizatorni ajratib olish.
Avtoklavdan tushayotgan salomasning tarkibida 
katalizator mavjudligi uchun u qora salomas deb nomlanadi. Salomas katalizatordan 
butunlay tozalanishi lozim. Inson organizmiga salbiy ta’siri sababli nikelning 
oziqaviy salomasdagi miqdori
 
1,5 mg/kg dan, texnik salomasda esa 20 mg/kg dan 
oshmasligi kerak. Nikelni maksimal darajada tozalanishi salomasni shuncha och 
rangda bo’lishini ta’minlaydi. 
Katalizator ajratib olinishidan oldin qora salomas sovitilishi kerak. Avvallari 
bir vaqtni o’zida salomasni sovishi uchun hamda katalizator zarralarini cho’kishi 
uchun xizmat qiladigan maxsus sig’imlar ishlatilgan. Ushbu usul saqlanib qolgan 
joylarda, tindirgichning yuqorgi qismi aylanma vodorodni tozalash sistemasiga 
ulanadi. Shu yo’l bilan qaynoq yog’ning havo bilan to’qnashuvi hamda vodorodning 
zavod binolariga kirib ketishining oldi olinadi. Issiqlikning yo’qotilishi sababli bu 
usulda sovitish samarasizdir. 
Katalizatorni ajratib olish uchun qora salomas filtrlanadi. 
Ishlatilgan katalizatordan metallarni ajratib olish.
Filtrlash yo’li bilan 
salomasdan ajratib olingan, qayta ishlatiladigan katalizator tarkibi salomas va 
katalizator aralashmasidan iborat bo’ladi. Bu komponentlarning miqdori turli 
sabablarga ko’ra keng masshtabda bo’lishi mumkin. Qayta ishlanayotgan formiat 
katalizatori tarkibidagi yog’ miqdori 60-70 % atrofida, nikel-kizelgur katalizatori 
tarkibida 50 % atrofida yog’ va 8-9 % nikel bo’ladi. Keyingi holda aralashma 
zichligi hisoblar uchun 1250 kg/m
3
deb qabul qilish mumkin. 
Nazariy jihatdan tahlil qilganda, katalizatorning aktivligini yo’qolish holati, 
yog’da erimaydigan moddalarni katalizator aktiv markazlarni berkitib qo’yish bilan 
tushuniladi. Bu moddalarni katalizatordan ajratib olish yo’li bilan uni aktivligini 
tiklash mumkin. 
Hozirgi vaqtda katalizator aktivligini regenerasiyalashni bu usulidan voz 
kecha olmaymiz, chunki jarayon texnologiyasini ishlab chiqarish usullari yetarli 


232 
emas, chunki jarayon texnologiyasini ishlab chiqarish usullari yetarli emas. 
Katalizator aktivligini yo’qotishning yuqori holatida, undan aktiv metallar sulfat 
tuzlari holida ajratib olinadi, yoqimsiz iflosliklardan tozalanadi va yana katalizator 
tayyorlash maqsadida ishlatiladi. Shunday qilib katalizatordagi aktiv metallar 
regenerasiyalanadi. 
Ishlatilgan katalizatorlardan aktiv metallar (Ni, Cu) sulfat kislota ta’sirida 
ajratib olinadi, natijada ularning sulfat tuzlari hosil bo’ladi. Yog’ni sulfat kislotaning 
suvli eritmasi bilan namlanmasligi sababli katalizatorni qayta ishlash uzoq davom 
etadi, katalizatordan metallarni ajratib olish 2 faza amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir. Bunda avval asosiy yog’ ajratib olinadi, so’ngra yog’sizlantirilgan 
qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Shu tartibda jarayon sezilarli darajada 
tezlashadi. Bunda ajratib olingan yog’, ishlatilgan katalizatordan yog’ni sulfat 
kislota bilan to’g’ridan to’g’ri qaynatish yo’li bilan olingan yog’ga qaraganda 
sifatliroq bo’ladi hamda sanitar-gigiyenik sharoit ham yaxshilanadi. 
Hozirgi vaqtda gidrogenlash zavodlarida ishlatilgan katalizatorlarni 
erituvchilar bilan to’liq yog’sizlantirish qator sabablarga ko’ra qo’llanilmaydi. 
Ishlatilgan katalizatordan yog’ning ko’p qismini avtoklavlarda 105-107 ˚C 
haroratda, elektrolitning suvli eritmasi bilan ajratib olinadi. Buning uchun germetik 
berkiladigan, 6 m
3
hajmli, berk bug’ uchun zmeyevikga va minutiga 50-60 marta 
aylanuvchi aralashtirgichga ega bo’lgan uskunaga 2 m
3
qaynoq 5 %li soda eritmasi 
(50% yog’liklikka ega bo’lgan 1 tonna ishlatilgan katalizator uchun 100 kg soda 
hisobida) solinadi. So’ngra aralashtirgich bilan aralashtirilgan holda 1 tonna 
ishlatilgan katalizator beriladi, uskuna berkitiladi va 105-107 ˚C gacha qizdiriladi, 
uskunadagi bosim 30-50 kn/m
2
(0,3-0,5 atm) bo’lishi kerak. Aralashtirib turgan 
holda va shu harakatda uskunadagi aralashma 3,5-4 soat ushlanadi. 
So’ngra bosimni tushirib uskunaga 1,6 m
3
20 % li qaynoq osh tuzi eritmasi 
(1 tonna ishlatilgan katalizatorga 320 gr tuz miqdorida) solinadi. Uskunadagi 
aralashma 30 minut davomida aralashtiriladi va 6-8 soat davomida tindiriladi. 
Shundan so’ng yog’li qatlam alohida yig’gichga quyib olinadi, o’rta qatlam – tuzli 
eritma soapstok yig’gichga tushiriladi, pastki qatlam – katalizatorni (kizelgur) suvda 


233 
erimaydigan noorganik qismi 3-4 marotaba qaynoq suv bilan yuviladi. Har bir 
yuvishda aralashma 3-4 soat tindiriladi. Yuvish oqava suv tarkibida ishqor miqdori 
2-3 gr/l atrofida bo’lguncha davom etadi. 
Oqava suv soapstok yig’gichga yuboriladi, suspenziya holidagi cho’kma 
alohida aralashtirgichga berilib, u yerda sulfat kislota bilan neytrallanadi va 90-95 
˚C gacha qizdiriladi. Shu holdagi massa filtrlanadi yoki tindirish yo’li bilan suvdan 
ozod etiladi. Filtrlangan massada 40-50 %, tindirilganda 90-92 % suv bo’ladi. 
So’ngra metallarni ajratib olish uchun sulfat kislota bilan ishlanadi. 
Ishlatilgan katalizatorni, uni tarkibidagi salomasni aralashtirgichli sovun 
pishirish qozonida 70-80 ˚C da sovunlash yo’li bilan yog’sizlantirish mumkin. 
Buning uchun hisoblashlarga qaraganda 10 % ortiqcha miqdorda olingan 5-7 % 
natriy ishqori eritmasi qo’llaniladi. 6 soatdan so’ng sovunli aralashma qaynoq suv 
bilan suyultiriladi va filtrpressga o’rnatiladi. Olingan filtrat – sovunli suv – soapstok 
yig’gichga quyib olinadi. Filtrpressdagi qoldiq qaynoq suv bilan yuviladi. Oqova 
suv sovunlangan massani suyultirish uchun ishlatiladi. Shundan so’ng filtr 10 minut 
davomida bug’ bilan puflanadi, keyin havo bilan suv siqib olinadi va filtrlangan, 
yog’sizlantirilgan qoldiq tushirib olinadi. 
Yog’sizlantirilgan nikelli katalizatordan nikelni ajratib olish uchun uni 
parchalash chaniga tarkibida 60-70 kg nikel bo’lgan (600-700 kg atrofida) miqdorda 
solinadi. Parchalash chani bug’li va havoli barbatyorlarga ega. Uning devorlari 
kislotaga chidamli plitalar bilan qoplangan. Chan qopqoq bilan yopiladi va tortish 
trubasi hamda ko’rish lyukiga ega. Kislotali suyuqliklarni quyib oluvchi quvurlar 
ham kislotaga chidamli metallardan yasalgan bo’lishi shart. 
Parchalash chanining tepasiga sulfat kislotasi uchun o’lchagich o’rnatilgan 
bo’lib, sulfat kislota changa monjyu yordamida beriladi. So’ngra changa 
ko’rsatilgan metallarni zritishga zarur bo’lgan miqdorda texnik sulfat kislota 
quyiladi, bug’ ochiladi va chandagi aralashma 2 soat davomida qaynatiladi. 
Suyuqlik harorati 90-95 ˚C dan past bo’lmasligi lozim. Davriy ravishda suyuqlik 
tarkibidagi nikel va erkin sulfat kislota miqdori aniqlanib turiladi. Parchalash 
suyuqlikdagi nikel va erkin sulfat kislota miqdori (sulfat tuzlari ko’rinishida) 


234 
o’zgarishsiz qolgunga qadar davom ettiriladi. Keyin chandagi aralashma suv bilan 
suyultiriladi, tindiriladi, yog’ yuzaga chiqadi, neytrallanadi, filtrlanadi yoki 
dekantasiyalanadi. 
Mis–nikel katalizatoridan metallarni regenerasiyalash ikki bosqida boradi. 
Boshida, yuqorida yozilgandek nikel ajratib olinadi. Olingan nikel sulfat eritmasi 
ajratiladi, sovitiladi, yog’ yig’iladi va qoldiq natriy sodasi bilan neytrallanadi, 
shundan so’ng tindiriladi va tindirilgan suyuqlik quyib olinadi. 
Sulfat kislotasida erimagan qoldiq parchalash chanida sulfat kislotasi 
eritmasi bilan 1 litrga 250-300 gr miqdorda qayta ishlanadi. Sulfat kislota katalizator 
tarkibidagi mis miqdoriga hisoblagandan 25-50 % ortiq olinadi (tahlil bo’yicha). 
So’ngra changa 5-6 kg temir oksidi solinadi. Temir oksidi sariq loy ko’rinishida, 
ya’ni temir oksidi nikel sulfat bilan temirdan tozalangan ko’rinishda 50 kg solinadi. 
Parchalash suspenziyani qaynatib turgan holda, bug’ va havo to’xtovsiz berilib 
turgan sharoitda olib boriladi. Temir sulfatning katalitik ta’siri ostida mis 
oksidlanadi va sulfat kislotada eriydi. Aralashma tarkibidagi mis va sulfat kislota 
miqdori, tahlil natijalari asosida, o’zgarishsiz qolgandagina parchalash jarayoni 
to’xtatiladi. Shunda eritma soda bilan neytrallanadi, filtrpressda cho’kma filtrlanadi, 
suv bilan yuviladi, havo purkam siqiladi va tushirib olinadi. 
Ishlatilgan katalizatorlardan metallarni regenerasiyalashdan hosil bo’lgan, 
nikel sulfat eritmasida bir qator chet moddalar bo’ladi. Ulardan temir tuzlari va 
fosfor kislotasi keraksiz hisoblanadi. Temirning bir qismi katalizatorga o’tganda, 
yog’ kislotasi bilan birgalikda uskuna devorlarini korroziyaga uchratadi. Fosfor 
kislotasi kizelgurdan o’tganda yoki fosfatidlar hisobiga o’tib, yog’ni 
rafinatsiyalashdan keyin ham uning tarkibida bir oz qoladi. Qayta ishlangan 
katalizator tarkibida temir va fosfor miqdori analitik ma’lumotlarga ko’ra 
quyidagicha (% da): 
nikel - 
2,8 
kremnezem - 
23,7 
temir 

0,95 


235 
fosfor 

0,3 
yog’

61,4 
boshqa organik moddalar 

4,1. 
Umuman, temir miqdori gidrogenlash sharoitiga, uskuna sifatiga va boshqa 
sharoitlarga bog’liq holda katta chegarada o’zgarishi mumkin. Kislotaga chidamli 
po’latdan yasalgan avtoklavlar qo’llanilganda temirning miqdori ancha kamayadi, 
boshqa hollarda u nikelni miqdoriga nisbatan 20-30% ortib ketadi. Bu miqdordagi 
temir katalizator tarkibidan chiqib ketadi va uning aktivligini kamaytiradi. Shuning 
uchun ishlatilgan katalizatorni parchalashda hosil bo’lgan mis va nikel tuzlari 
eritmasidan temir chiqarib yuboriladi. 
Nikelli katalizatordan nikellni ajratib olishda hosil bo’lgan nikel sulfat 
eritmasida temir zakis tuz ko’rinishida bo’ladi. Bu eritmadan uni soda bilan 
cho’ktirib olish mumkin emas, bunda bir vaqtning o’zida temir oksidining gidrati 
bilan nikel oksidining gidrati ham cho’kmaga tushib qoladi. 
Aksincha, temir okisi tuzlarini eritmadan nikelsulfat bilan yo’qotishsiz, 
cho’ktirish mumkin. Nikelsulfat eritmasini tozalash usuli shunga asoslangan, unda 
nordon temir oksidlanadi va ehtiyot bilan ishqor eritmasi berilganda gidroksid holida 
cho’maga tushadi. 
Oksidlanish gipoxlorid natriy yoki perekis vodorod bilan olib boriladi. 
Gipoxlorid natriy belil oxagi va natriy karbonat ta’sirida olinadi: 
CaOCl
2
+ Na
2
CO
3
= NaOCl +NaCl + CaCO
3
Olingan eritma laborakova suvi – neytral muhitda quyidagi sxema bo’yicha 
oksidlanadi: 
2NaOCl ------- 2NaCl + O
2
aktiv 
Shuni ta’kidlash lozimki, xlorli kislota xlorid kislota bilan reaksiyaga 
kirishib, yoqimsiz erkin xlor ajratadi. Shuning uchun, gidrogenlash zavodlarida 
nikelsulfat eritmasidagi temirni oksidlash neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda olib 
boriladi. Neytral eritmada bu reaksiya quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 
2FeSo
4
+ NaOCl + H
2
O ------ 2FeOHSO
4
+ NaCl 


236 
Hosil bo’lgan bir asosli temir sulfat keyinchalik gidrolizda yoki ishqor 
ta’sirida asosiy, suvda erimaydigan tuzlarni beradi. 
Natriy karbonat bilan tozalaganda hosil bo’lgan ortiqcha ishqorni oksidlash 
quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 
2FeSO
4
+ 2NaOCl + 2Na
2
CO

+ 3H
2
O ------ 2Fe (OH)
3
+ 2Na
2
SO
4
+ 2CO
2

2NaCl 
Laborakov suvini tayyorlash uchun temir changa 600 l 30 ˚S gacha 
qizdirilgan suv solinib, unga 120 kg 30-35 % aktiv xlorga ega bo’lgan xlorli oxak 
qo’shiladi. Qumoq-qumoqlari qolmaguncha hammasi aralashtiriladi. So’ngra 
changa aralashtirib turgan holda 15 %li soda (Na
2
CO
3
) eritmasi, reaksiya oxiriga 
yetishini kuzatgan holda quyiladi. Soda reaksiya uchun zarur bo’lgan miqdorda 
olinadi. Odatda xlorli oxakni sifatiga bog’liq ravishda 85-100 kg olinadi. Davriy 
ravishda eritmadagi kalsiy tuzlari miqdori tekshirib turiladi. Bu tuzlar yo’qolgandan 
so’ng chandagi aralashma 4 soat atrofida tindiriladi. Tiniq eritma aktiv xlor va 
ortiqcha soda miqdori aniqlanadi. Ortiqcha soda bo’lsa changa qo’shimcha 
miqdorda xlorli oxak qo’shiladi. 
Sulfat nikel eritmasi temir chanda havo barbatyorlari bilan tozalanadi. 
Tozalanadigan eritma changa solinadi, oz fursat uni tindiriladi, agar yog’ bo’lsa 
ajratiladi. So’ngra havo bilan aralashtirib turilgan holda eritma, 10-15 %li soda 
eritmasi bilan kam nordon reaksiyagacha neytrallanadi (1 litr suyuqlikka 1-8 gr 
kislota miqdorida). Shundan so’ng eritma tarkibidagi temir oksidi miqdori 
aniqlanadi va uni oksidlash uchun qancha miqdorda laborakov suvi kerak bo’lishi 
hisoblanadi (1 g temir oksidiga 0,8 g aktiv xlor hisobida). 
60-65 ˚C gacha qizdirilgan tozalanadigan eritmaga havo bilan intensiv 
aralashtirib turgan holda laborakov suvi shuncha miqdorda quyiladiki eritma 
tozalangandan so’ng uning tarkibida nikel massasiga nisbatan 3-5 % miqdorda temir 
oksidi qolishi kerak. Bunga sifat tahlili bilan erishish mumkin. Buning uchun ozgina 
eritma filtrlanadi, xlorid kislota bilan nordonlashtiriladi, suv bilan ko’p suyultiriladi, 
ozgina perekis vodorod va kaliy rodan quyiladi. Agar och pushti rang hosil bo’lsa 
yoki umuman pushti rang hosil bo’lmasa, tozalash yaxshi o’tkazilgan bo’ladi. 


237 
Qolgan temir oksid miqdorini permonganat bilan yana 15 minut aralashtiriladi, 
eritma 80-90 ˚C gacha qizdiriladi va filtrpressda filtrlanadi. Filtrlangan cho’kma suv 
bilan to’liq yuviladi, bug’ bilan puflanadi va tushirib olinadi. Agar uning tarkibida 
nikel va mis miqdori 0,5 % dan ortiq bo’lsa, uni tashlab yuboriladi (bu – “sariq 
moy”). Sariq moy tarkibida nikel miqdori ko’p bo’lsa, uni sulfat kislota bilan 
eritiladi va yana temirni cho’ktirish qaytariladi. 
Shunday qayta ishlanganda temir bilan birga fosfor kislotasi ham chiqib 
ketadi. Olingan nikelsulfat va missulfat eritmalari katalizator tayyorlashda 
foydalaniladi. Metallarni regenerasiyalashda olingan suyultirilgan nikelsulfat 
eritmasi konsentrasiyalash zarur bo’lsa, unda eritmadan nikelni soda bilan 
cho’ktiriladi. So’ngra kerakli konsentrasiyagacha sulfat kislota bilan eritiladi. 
Temir oksidini perekis vodorod bilan oksidlash juda qulaydir. 
Buning uchun tozalanayotgan eritma zarur bo’lgan holda metiloranj 
ishtirokida 10-15 %li Na
2
CO
3
eritmasi bilan neytrallanadi, 40 ˚C gacha ыizdiriladi 
va havo bilan aralashtirib unga perekis vodorod eritmasi quyiladi. Perekis 
vodorodning miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
H
2
O
2
miqdori 
=
0,607𝑒∗100
𝐴
Bu yerda, A – perekis vodorodni qo’llanilayotgan eritmadagi prosent miqdori; 
e – tozalanayotgan eritmadagi temir oksidining miqdori, kg. 
Yarim soat aralashtirilgandan so’ng temirni to’liq oksidlanganligi 
tekshiriladi. Buning uchun chandan bir necha tomchi suyuqlik olinadi va unga 
tomchilab natriy uksusi va ortofenantrolin quyiladi. Temir oksidi bo’lsa pushti-
sarg’ish rang hosil bo’ladi. Uni intensivligiga qarab eritma tarkibidagi temir oksidi 
tuzlarining miqdori taxmin qilinadi. Zarur bo’lsa qo’shimcha miqdorda perekis 
beriladi. 
Oksidlanish tugashida ehtiyotlik bilan uglekisliy soda eritmasi bilan temir 
oksidi gidrati cho’ktiriladi. Cho’ktirish mobaynida davriy ravishda to’liq 
cho’kkanligi ammoniy radian bilan tekshirib turiladi. So’ngra suspenziya 90 ˚C 
gacha qizdiriladi, yuqorida aytilganidek “qizil moy” filtrlanadi. 


238 
Perekis vodorodni oksidlashni olib borayotgan ishchilar himoya ko’zoynak 
taqishlari, qo’lqop va fartuk kiyishlari shart. Konsentrlangan perekis vodorod (30 % 
atrofidagi) teriga tushganda kuydiradi. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish