Katalitik modifikasiyalash


Yog’larni gidrogenlash katalizatorlariga oid tadqiqot ishlarining tahlili [112]



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
Bog'liq
Katalizator

 
Yog’larni gidrogenlash katalizatorlariga oid tadqiqot ishlarining tahlili [112] 
Yog’ va moylarni vodorod bilan to’yintirishning geterogen jarayonida 
katalizatorning roli shundaki, yangi bog’larning hosil bo’lishida ajralib chiqqan 
energiya hisobiga, 
eski bog’larni uzish uchun sarflangan energiyani 
kompensasiyalash darajasining ortishi natijasida, reaksiyaning aktivlanish 
energiyasi kamayadi. 
Yog’ va moylarni gidrogenlash reaksiyasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari 
sinfiga kiradi[32]. Bunday reaksiyalarda qo’llaniladigan katalizatorlar L.Polingning 
tadqiqot ishlarida o’rganilgan va katalizator sifatida D.I. Mendeleyev davriy 
sistemasining VIII-guruh metallaridan foydalanish mumkinligi ko’rsatilgan. 
Biroq, D.V. Sokolskiy gidrogenlash jarayoni adsorbsiya, desorbsiya, vodorod 
va to’yinmagan moddalarning aktivlanishi, reagentlarning radikal va elektron 
mexanizm bo’yicha o’zaro ta’sirlashishi va shu kabi omillar bilan ham limitlanishini 
ko’rsatib berdi. 
Geterogen-katalitik jarayonlarni o’rganishda asosiy e’tibor katalizator 
tabiatiga qaratiladi. Katalizatorning aktivlik, selektivlik, izomerlash xususiyati va 
boshqa ko’rsatkichlarini tadqiq qilish, uning afzalliklarini nisbiy baholash imkonini 
beradi. 
Yog’ va moylarni gidrogenlash uchun ko’plab katalitik ta’sir etuvchi metallar 
- asl yoki oddiy metallar, tavsiya etilgan. Asl metallar yuqori aktivlikka ega, biroq 
sanoat miqyosida qo’llash uchun juda qimmatlik qiladi. Oddiy metallardan bu 
maqsadda asosan disperslangan nikel yoki nikel-mis katalizatorlaridan 
foydalaniladi. Shuningdek turli qo’shimchalar bilan promotorlangan nikel-
alyuminiy qotishmali katalizatorlarni qo’llash amalda sinab ko’rilgan. Yog’ va 
moylarni gidrogenlash uchun yangi va yuqori samaradorlikka ega katalizatorlarni 
topish dolzarb ilmiy-texnik vazifalardan hisoblanadi. 


202 
Ma’lumki, katalizator g’ovaklaridan molekulaning qiyin diffuziyalanishi, 
xatto, katalizator kimyoviy tarkibi optimal bo’lganda ham, jarayon selektivligi va 
izomerlanish darajasini o’zgartirishi mumkin. Shu sababli, amaliy katalizda 
katalizatorning belgilangan makrostrukturasini hosil qilish muhim vazifalardan 
sanaladi. 
Zamonaviy katalizatorlar aktivlanish energiyasini bir necha barobarga 
kamaytirib, kimyoviy jarayon tezligini 10
6
-10
16
martagacha oshira oladi. Bu esa 
katalizator ishtirokida ko’plab kimyoviy reaksiyalarni, jumladan yog’larni 
gidrogenlash jarayonini nisbatan yumshoq sharoitlarda olib borish imkonini beradi.
Gidrogenlash jarayonining jadalligi katalizator tabiati, uning miqdori, 
gidrogenlash sharoiti va moy sifatiga bog’liqligi ko’plab tadqiqot ishlarida 
isbotlangan. Jumladan moydagi hamroh moddalarning reaksiya aktivlanish 
energiyasini oshirishi va jarayon jadalligiga salbiy ta’sir etishi aniqlangan. 
Katalizatorlar turli tuman bo’lib, ular reagentlarning fazasiga, tayyorlanish 
uslubiga, tabiatiga va qo’llanilish sohasiga qarab bir necha sinflarga bo’linadi. 
Reagentlar fazasiga qarab katalizatorlar gomogen(bir xil fazali) yoki geterogen(turli 
fazali) bo’lishi mumkin. Yog’larni gidrogenlashda geterogen katalizatorlardan 
foydalaniladi. Makrostrukturasi va tayyorlanish uslubiga qarab katalizatorlar 
dispers(kukunsimon) yoki turg’un(yirik zarracha ko’rinishida) bo’ladi. Tabiatiga va 
tarkibiga qarab katalizatorlar eltuvchili yoki eltuvchisiz, promotorlangan, 
passivlashtirilgan va boshqa turlarga bo’linadi. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish