Stearopal’mitin va paxta moyi omixtasini pereeterifikasiyalash.
Sanoatda oziqa salomas o’simlik yog’larini vodorod bilan to’yintirib yod
sonini 70-80 % ga yetkazib olinadi. Prosessni selektiv ravishda shunday
ko’rsatgichgacha boshqarish juda qiyin. Yod soni 3-4% li salomas olish esa bunday
nozik sharoit talab qilmay, ancha osondir.
Yod soni 70-80 bo’lgan salomaslar tarkibida normal tuzilishga ega bo’lgan
tabiiy to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalari bilan, 40-50% atrofida trans forma
izoolein kislotalari bo’ladi.
Izoolein kislotalarining fiziologik ta’siri to’g’risida har xil mulohazalar bor:
ularning biri bu kislotalar xuddi tabiiy kislotalar singari xossaga ega desa, boshqalari
uning aksini aytadilar.
Sinkler va Tomasson fikricha, trans-holatdagi to’yinmagan yog’ kislotalari
biologik aktiv emas. Masalan, linolin va araxidon kislotalarning sis-formasi
organizm uchun noyob modda bo’lib, ularning izomeri esa, bunday xossaga ega
emas.
Xolman va Yorgenson to’yinmagan yog’ kislotalarining trans formalari
organizm rivojlanishini so’saytiradi, teri kasalliklariga sabab bo’ladi va organizmda
to’planib qoladi – deb yozadi.
Steoropal’mitin va paxta moyi aralashmasini pereeterifikasiya qilib,
tarkibida trans-izomerlari bo’lmagan qattiq yog’ olishga muyassar bo’ldik.
Stearopal’mitin - paxta moyini yod soni 3-4 bo’lguncha gidrogenlangan
salomas bo’lib, tarkibi faqatgina stearin va pal’mitinli gliseridlardan iborat.
290
Stearopal’mitin olish uchun, paxta moyi 180-200 º C da, mis-nikelli turg’un
katalizator yordamida, yuqori bosimli qurilmada 1.5-2.0 mn/m
2
bosimda
gidrogenlanadi.
26.2-jadval
Stearopal’mitin va paxta moyi omixtalarining ko’rsatkichlari.
Stearo
Pal’
mitin,%
Paxta
yog’i
Tem
pe
ra
tura
Omixtalarning ko’rsatkichlari
pereeterifikasiyagacha
Pereeterifikasiyadan
keyin
K.s.mg
KOH
Y.s.
T
er.
.ºC
Qattiq-ligi
g/sm
K.s mg
KOH
Y.s.
T
er.
.º
C
10
15
20
25
90
85
80
75
60
60
70
70
0.31
0.34
0.32
0.35
75.3
67.5
54.3
48.2
41.3
43.2
45.5
47.9
78
110
125
154
0.25
0.22
0.20
0.24
74.5
67.2
55.1
49.4
34.2
35.4
36.3
39.7
Jadvalda ko’rinib turibdiki, omixtalarning pereeterifikasiyadan keyingi
suyulish temperaturasi va qattiqligi pereeterifikasiyadan oldingisiga nisbatan
pasaygan. Buning sababi, ikki xil fizikaviy va ximiyaviy ko’rsatkichlarga ega
bo’lgan paxta moyi va stearopal’mitinlar pereeterifikasiya qilinganda, ularning
tarkibidagi yog’ kislotalari radikallarining molekulalararo o’rin almashishi
natijasida paydo bo’lgan yangi trigliseridlarning tarkibiga va xossalariga bog’liqdir.
Bu esa trigliseridlardagi yog’ kislotalari radikallarining yangidan gruppalanishi
bilan ularning miqdor o’zgarishi va tarkibidagi joylanishi bilan ham yangi
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Stearopal’mitin va paxta moyining pereeterifikati tabiiy, to’yinmagan yog’
kislotalariga boy bo’lib, fiziologik xususiyati ham nazariy jixatdan yuqoridir.
Yog’larni energiya manbaigina degan fikr, hozirgi davrda butunlay o’zgarib,
ular faqatgina energiya manbai bo’lib qolmasdan, essensial yog’ kislotalariga ham
boy bo’lishi kerak. Chunki, ular organizm uchun zarur fosfolipidlar, sintezining
asosidir. Bundan tashqari, iste’mol qilinadigan yog’lar organizmda oson va to’la
oksidlanishi lozim, aks holda oksidlanmagan yog’lar organizmda parchalanmay
xolesterin efirlari hosil qilishga sabab bo’lib, hyech qanday energiya bermay
291
organizmdan chiqib ketadi. Shuningdek, ular muhim organlar atrofida yurak, jigarda
yig’ilmasligi lozim.
Shularni nazarda tutgan holda stearopal’mitin va paxta moyi omixtalari
pereeterifikasiyalaridan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish fiziologik va
biologik jixatdan maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |