Katalitik modifikasiyalash


§. Yog’larni rafinatsiyalash, gidrogenlash va pereeterifikasiyalashni



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
Katalizator

28§. Yog’larni rafinatsiyalash, gidrogenlash va pereeterifikasiyalashni 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 
 
Yog’larni rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirishning muhim 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat: yuqori unumdorlikka ega yangi uskunalarni 
yaratish va o’zlashtirish; avtomatlashtirish masalalaridan maksima l darajada 
foydalanish; yog’dan kompleks foydalanish; rafinat sifatini oshirish; energiya sarfini 
tejash, suv resurslarini tejash va atrof muhit muhofazasi bo’yicha kompleks ishlarni 
olib borish. 
O’simlik yog’larini gidratlashni takomillashtirishning asosiy yo’nalishi, bu 
barcha ishlab chiqarish korxonalarini unumdorligi yuqori bo’lgan separasiyalash 
liniyalari bilan jihozlashdir. Bunda asosan oziqa maqsadlarida ishlatiladigan 
fosfolipid konsentrati olish imkoni yuzaga keladi. Ma’lumki, fosfolipid konsentrati 
yog’-moy korxonalarida margarin mahsulotlari va mayonez uchun emulgator va 
foydali qo’shimcha sifatida, qandolatchilikda shokolad mahsulotlarini olishda, 
kakao moyini tejash maqsadida; fosfolipidli dori preparatlari ishlab chiqarishda 
samaradorli emulgatorlar sifatida va boshqalarda keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Yog’dagi fosfolipidlarni maksimal darajada ajratib olish va gidratlangan 
yog’dagi gidratlanmagan fosfolipidlar miqdorini kamaytirish yo’nalishida gidratlash 
texnologiyasini takomillashtirish, yangi gidratlash agentlarini topish, rejimni 
optimalashtirish va shu kabi yo’llardan borish lozim. Shuningdek fosfolipidlarning 
asosiy qismini maxsus mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo’llanilishni ta’minlashdir. 
Rafinatsiyalash texnologiyasini yanada takomillashtirish uchun samaradorligi 
yuqori bo’lgan tindirgich va filtrlash uskunalarini yaratish lozim. Suspenziyani 
ajratishda eng avvalo yuqori darajada mexanizasiyalashgan filtrlarni keng joriy etish 
kerak. 
Yog’dagi erkin yog’ kislotalarini yo’qotishda qo’llaniladigan ishqoriy 
rafinatsiyalash usuli yanada rivojlanishi maqsadga muvofiq. Oziqa salomasi olish 
uchun erkin yog’ kislotalarni yo’qotish bilan birgalikda olib boriladigan 
dezodorasiya jarayoni yanada rivojlantirilishi lozim. 


300 
Uzluksiz ishlaydigan yuqori haroratli dezodorasiya uskunalarini yanada 
ko’proq joriy etish dezodorasiyalangan va rafinatsiyalangan moy va yog’ ishlab 
chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari olinayotgan moy va 
yog’dan iste’mol uchun foydalanish va ular asosida turli xil oziq-ovqat 
mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni yuzaga keladi. 
Barcha rafinatsiyalangan yog’larni iste’mol uchun savdo tarmoqlariga faqat 
kichik idishlarga qadoqlangan holda chiqarishga erishish lozim. 
Yog’ va yog’ kislotalarni gidrogenlashning sanoat texnologiyasini 
takomillashuvi quyidagi yo’nalishlarda rivojlanadi:
-
vodorodni tashqi sirkulyasiyasiz to’yintirish usuli bilan gidrogenlangan 
yog’larni olish texnologiyasini jadal o’zlashtirish;
-
istiqbolli xom ashyo sifatida baliq yog’ini rafinatsiyalash va gidrogenlash 
texnologiyasini o’zlashtirish; 
-
xom ashyodagi katalik zaxarlarni maksimal darajada yo’qotish uchun 
yog’larni rafinatsiyalashning yangi usuli va rejimlarini ishlab chiqish va joriy etish; 
-
140-180
0
C haroratda selektiv gidrogenlaydigan, yuqori samarodor- likka ega 
yangi kukunsimon va turg’un katalizatorlar yaratish; 
-
samarador pereeterifikasiyalash katalizatorlarini yaratish; 
-
hajmi 30 m
3
gacha bo’lgan, jadal gidrodinamik rejim va 2,5 MPa gacha 
bosimda ishlaydigan gidrogenlash reaktorlarini ishlab chiqish va joriy qilish; 
-
kukunsimon katalizatorni salomasdan ajratishni mexanizasiyalash va 
avtomatlashtirish; 
-
gidrogenlash jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish:
-
suyultirilgan propan va karbon kislotalarda o’simlik moylarini past haroratda 
yuqori selektivlikda gidroganlash; 
-
nikel’ va qimmatbaho metallar asosidagi turg’un katalizatorlarda uzluksiz 
gidrogenlash; 
-
vodorod bilan inert gazlar aralashmasi yordamida gidrogenlash; 
-
getrogen va gomogen katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash va 
pereeterifikasiyalashni birgalikda olib borish; 


301 
-
yog’larni o’ta yuqori kritik erituvchilarda gidrogenlash; 
Gidrogenlanadigan xom ashyo, vodorod va katalizatorning sifatini oshirish, 
yuqori quvvatli reaktorlarni qo’llash va gidrogenlash jarayonini avtomatlashtirish 
quyidagi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi: 
-
gidrogenlash qurilmasining unumdorligini oshiradi va ularni ishlatish 
uchun mehnat sarfini keskin pasaytiradi; 
-
barcha turdagi xom ashyo, vodorod, katalizator, energiya, suv sarfini 
kamaytiradi, salomas sifatini va oziqa qiymatini oshiradi; 
-
margarin va boshqa oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish xom ashyo ba’zasi 
bo’lgan, pereeterifikasiyalangan yog’lar ishlab chiqarishni ko’paytiradi.
Pereeterifikasiya, odatda, yuqori haroratda eruvchan yog’lar (hayvon yog’lari, 
palma moyi, palma stearini, gidrogenlangan yog’lar) bilan suyuq o’simlik yog’lari 
aralashmasida olib boriladi. 
Pereeterifikasiyalangan yog’larning xossasi yog’ni tashkil etuvchi to’yingan 
va to’yinmagan yog’ kislotalarning o’zaro miqdoriy nisbatiga bog’liq. Demak, bir 
xil yoki ma’lum xossalarga ega pereeterifikasiyalangan yog’larni xar xil yog’lar 
aralashmasidan olish mumkin, faqat ularning yog’ kislota tarkibi bir xil bo’lsa 
bo’ldi. 
Tarkibida 
monoto’yinmagan 
kislotalarning 
izomerlari 
bo’lmagan 
pereeterifikasiyalangan yog’larning qattiqligi va erish harorati yog’dagi yuqori 
molekulyar to’yingan kislotalarning miqdori ortishi bilan oshib boradi. 
Yuqori haroratda eruvchan tabiiy yoki gidrogenlangan yog’lar va moylarni 
suyuq o’simlik yog’lari bilan pereeterifikasiyalanganda margarin ishlab chiqarishda 
ishlatiladigan pereeterifikasiyalangan yog’lar olinadi. Ular margarinni sifati va 
oziqaviy qiymatini oshiradi, to’yinmagan kislotalar izomerlari miqdori kamayadi. 
Pereeterifikasiyalash yo’li bilan har xil konsistensiyali trigliseridlarning plastik 
aralashmasini olish mumkin. Bu aralashmalarni struktura komponentlarini to’yingan 
va izomerlanmagan to’yinmagan yog’ kislotalarning trigliseridlari tashkil etadi. 
Bunday plastik yog’lar biologik qiymati yuqori bo’lgan buterbrod, parxez 
margarinlari va tarkibidagi geometrik va pozision izomerli to’yinmagan kislotalar 


302 
miqdori sariyog’nikidan ko’p bo’lmagan bolalar oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish 
uchun zarur hisoblanadi.
Pereeterifikasiyalangan yog’larni qo’llanishning istiqbolli yo’nalishlari 
quyidagicha: 
-
tarkibidagi dito’yinmagan, monoto’yinmagan va to’yingan kislotalari 
orasidagi nisbatni fiziologik qiymat bo’yicha muvozanatlangan oziqa yog’lari 
(yog’li mahsulotlar) yaratish; 
-
margarin mahsulotlarining yog’li asosini plastikligini yaxshilash;
-
yog’li asosni kristallanish xarakterini va ularni mayda kristalli 
tuzilishining barqarorligini o’zgartirish; 
-
yog’li kompozisiyadagi qisman gidrogenlangan, izomerlangan yog’lar 
miqdorini kamaytirish yoki to’liq yo’qotish.
-
margarin mahsulotlarini yog’li komponentlarini to’laqonli struktura hosil 
qiluvchi va plastifikasiyalovchi turlarini yaratish; 
-
davolovchi, diyetik va umumiy iste’molga mo’ljallangan strukturali 
lipidlarni sintez qilish; 
-
kakao moyini o’rnini bosuvchi yog’larni sintez qilish. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish