Kassadagi naqd pullar va boshqa qimmatliklarning butligi va saqlash qoidalariga rioya qilishni tekshirish


Bankdan, yuridik va jismoniy shaxslardan olingan pul mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq kirim qilinishini tekshirish



Download 80,8 Kb.
bet5/25
Sana18.02.2022
Hajmi80,8 Kb.
#451530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Amaliy audit fanidan savollarga javoblar

Bankdan, yuridik va jismoniy shaxslardan olingan pul mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq kirim qilinishini tekshirish.

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar hamda depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.
Banklarda schyotni ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2001 - yil 6 -oktyabrdagi 25G‘4-son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to‘g‘risida yo‘riqnomaga (O‘zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MB Boshqaruvi qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan) asosan amalga oshiriladi.
«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el valutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma'lumotlar auditorga barcha schyotlar bo‘yicha bank ko‘chirmalarini va har bir schyot bo‘yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo‘ladi.
So‘ngra auditor korxona va bank o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi.
Bankdagi schyotlar bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi va chiqimiga doir muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlarning shakllari va to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yo‘riqnomalarida belgilangan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- bank ko‘chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hisob-kitob to‘lov hujjatlarining shakllari bilan);
- to‘lov topshiriqnomasi;
- to‘lov talabnomasi;
- to‘lov orderi;
- inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi);
- hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza;
- valutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma;
- valuta sotib olish uchun topshiriqnoma;
- rezidentning sotib olingan valutani so‘mga aylantirish to‘g‘risidagi farmoyishi va boshqalar;
- bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar».
Yuqoridagilarga asoslanib, auditor hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi.
«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda ochilgan barcha schyotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo‘yicha ko‘chirmalarda qayd etilgan mablag‘lar qoldig‘i hisobda mavjud bo‘lgan mablag‘lar qoldig‘i bilan solishtiriladi. Ko‘chirmalarni rasmiylashtirilishida suiste'molchiliklarni yashirish maqsadida schyotning debeti va krediti bo‘yicha oborot atayin bir xil summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun, auditor bank ko‘chirmalariga muvofiq schyotning debeti va krediti bo‘yicha oborot hisob registrlaridagi ko‘rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim».
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining mazkur bo‘limi bo‘yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks ettiradi.




  1. Download 80,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish