Umumiy xulosa .……………………………………………………….………...69
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………..…….….71
KIRISH
Zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo’naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog’liq ekanini biz yaxshi anglaymiz.
Sh.M. Mirziyoyev
Mamlakatimizda ro’yobga chiqarilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulug’lash,ya’ni har bir yurtdoshimizni baxtli qilish maqsadi turganligini ko’rish qiyin emas.Xususan ,inson huquq va manfaatlarini ta’minlash,emin-erkin yashab,mehnat qilishlari uchun shart sharoit va qulayliklar yaratishga doimiy e’tibor qilinmoqda.
Dunyo tarixi barchamizga bir haqiqatni doimo yodga solib turadi – hayotimiz rivojlanishi hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, xuddi shu singari jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash bir muddatlik ish emas, balki doimiy davom ettiriladigan uzluksiz jarayonlardan biridir.
Bugun biz yigirma birinchi asrda – aqliy mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan globallashuv va axborot texnalogiyalari asrida yashayotganimizni inobatga oladigan bo‘lsak, jahonda raqobat kurashining miqyosi va darajasi tobora ortib borayotgani bu haqiqatni yana tasdiqlamoqda.
Shu sababli qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, xotirjamlik va havolanish kayfiyatiga berilmasligimiz, aksincha, yangi marralar sari intilishimiz, doimo izlanib va intilib yashashimiz, taraqqiyot va yangiliklar yo‘lidan jadallik bilan borishimiz zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev 2017-yil 7-fevral kuni fan va ta’lim sohasini rivojlantirish haqidagi qarorida fan va ta’lim tizimini tubdan isloh qilish haqida qator fikrlar aytilgan.Misol uchun:
-Ta’lim tizimini isloh qilish;
-Ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash;
-Ta’lim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, moddiy texnik bazasini kuchaytirish;
-Umumiy o’rta ta’lim tizimini sifat jihatdan yuksaltirish,matematika, fizika, kimyo va biologiya va chet tillari,xususan,ingliz tilini chuqurlashtirib o’qitish;
-Maktabgacha ta’lim muassalari faoliyatini miqdor va sifat jihatdan rivojlantirish
-Yoshlar va bolalarni sportga bo’lgan qiziqishini oshirish va ularga qulasy sharoitlar yaratib berish;
-Kasb-hunar maktablari,kollejlar va texnikumlarda bozor talablariga mos mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlash,ularni ish bilan ta’minlash tizimini yaxshilash
-Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish,o’qitish tizimini baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish;
-Ilmiy tadqiqotlar qilish,inovatsion faoliyat bilan shug’ullanish uchun barcha sharoitlarni yaratish;
-Ta’lim muassasalari bituruvchilarini ishga joylashtirish va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish
-Yoshlarning ijodiy va intelektual jihatdan yuksalishini qo’llab quvvatlash,qulay sharoitlar yaratish
Fan so‘zi “haqiqat”, “bilish” lug’aviy ma’nolarini anglatadi. Real va aniq haqiqatni yuzaga chiqarishda fanlarning o‘zaro hamkorligi va integratsiyasi katta ahamiyatga ega.
Tabiiy fanlar tabiat to’g’risidagi ilmiy,nazariy, amaliy bilimlar natijasida paydo bo’lgan.Tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, anatomiya, kosmologiya,geokimyo, geofizika, meteorologiya, fiziologiya, astrokimyo, biokimyo, antropologiya kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Matematika fani bevosita tabiiy fanlar tarkibiga kirmasa ham, tabiiy fan olimlarining tadqiqotlari va ilmiy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, fundamental matematika sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish judayam dolzarbdir.Yangi taraqqiy etib borayotgan kasr tartibli differiensial tenglamalar bo’limi ham juda ko’p fan sohalari uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |