147.a - rasm 147.b- rasm Mukammal tahlil Mukammal tahlil uchta asosiy faoliyatni o‘z ichiga oladi: hozirgi tizimning ishlashini o‘rganish, foydalanuvchilarni istagini va talabini aniqlash, echimini tavsiya qilish. Mukammal tahlil ba’zan mantiqiy sxema deb ataladi, chunki tizim tahlilchilari taklif qilingan echimdan tashqari har qanday texnik vositalar yoki apparat ta’minotini ishlab chiqqan. YA’ni avtomatlashtirilgan va qo‘lda qilishi kerak bo‘lgan harakatni aniqlashga urinishadi.
Bunday jarayon vaqtida tizim tahlilchilar ma’lumot va axborotni yig‘ish usullaridan foydalanishadi. Ular hujjatlarni, xodimlarni kuzatish va mashina, so‘rovnoma tarqatish, txodimlari va tadqiqotlarni ko‘rib chiqishadi. Muhimi, tahlilchilar va tizim foydalanuvchilari o‘rtasidagi qimmatli munosabatlar bu faoliyatning foydasi deb aytish mumkin.
Joriy tizimni o‘rganishda foydalanuvchi ehtiyojlarini aniqlab, tizim tahlilchilari juda ko‘p ma’lumotlar va axborotlar yig‘ishadi. SHunday qilib, tizim tahlilchilarining asosiy vazifalardan biri, bu hamma joyda bir xil tushunishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni hujjatlashtirish. Foydalanuvchilar va AT mutaxassislari bu hujjatlarga talluqlidir.
Ko‘pgina tizim tahlilchilari modellashtirish jarayonidan yoki ob’ektni modellashtirish yondashuvi bilan tahlil qilish va loyihalashtirishdan foydalanishadi.
Axborot tizimlarining loyihalash bosqichlari.Axborot tizimlarini loyihalashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1) Ob’ektning xususiyatini tasvirlash;
2) Axborot tizim arxitekturasini loyihalash;
3) Axborot tizim bevosita yaratish;
4) Tizimni testdan o‘tkazish;
5) Foydalanish va kuzatish
Loyihalash usuli va vositalarini tanlash quyidagicha:
Loyihalash bosqichlarida xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
Axborot tizimi yashash siklining tizimning foydalanish muddatiga mos kelishi
Axborot tizim kollektiv foydalanishga mo‘ljallanishi;
Axborot tizim loyihalashda tashqi shartlarning o‘zgarishi loyihada qatta miqdorda harajatlarga olib kelmasligi lozim.
Uskunaviy vositalarga talablar:
1) Uskunaviy vositalar loyihalashning boshlang‘ich bosqichini avtomatlashtirishini ta’minlashi;
2) Uskunaviy vositalar an’anaviy yondashuvdan farqli ravishda loyihalashga ajratilgan vaqtni bir necha barobar qisqartirishi;
3) Uskunaviy vositalar o‘zgaruvchan talablarga nisbatan egiluvchan bo‘lishi;
4) Uskunaviy vositalar jamoa bo‘lib ishlash tartibini qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Tuzilmaviy yondashuv:
Tuzilmaviy yondashuv tizimni funksional tizimchalarga bo‘laklashdan iborat bo‘lib, tizimchalar ham o‘z navbatida subfunksiyalarga bo‘linib boradi. Bo‘laklash jarayoni muayyan tartibgacha davom etadi.
Ob’ektga yo‘naltirilgan yondashuv:
Ob’ektga yo‘naltirilgan yondashuv, sub’ekt yoki ob’ekt harakatini ifodalovchi agentlarni bo‘laklashga asoslangan. Ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlashda xar bir ob’ekt o‘z xatti-harakatlariga ega bo‘ladi va ularning xar biri mavjud olamning ma’lum bir ob’ektini modellashtiradi.
Ob’ektga yo‘naltirilgan loyihalashda 4 turdagi modeldan foydalaniladi: dinamik, statik, mantiqiy va fizik.
Bu modellar to‘plami, loyihalashtirilayotgan tizim tuzilmasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun texnikaviy asos berishga va amaliy jixatdan ixtiyoriy ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tilini qo‘llashga etarli darajada to‘liq imkoniyat beradi.