149- rasm. Kaskad modeli.
Kaskad yondashuvining asosiy kamchiligi natijani olish sezilarli kechikishi.
SHunday qilib, faqat tizim bilan ishlar to‘liq yakunlanganda, foydalanuvchilar o‘zining tavsiyalarini berish imkoniga ega bo‘ladilar.
Dasturiy ta’minot yaratilishi davrida talablar noaniq ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki ular o‘zgartirilsa, tayyor bo‘lgan tizim foydalanuvchilar extiyojini qoniqtirmaydi.
Avtomatlashtirilgan ob’ekt modeli (funksional yoki axborotlashgan) yaratilmasdan eskirishi mumkin.
Axborotlar tizimini ishlab chiqilishiga tizimli yondashuvning moxiyati, uning avtomatlashtirilgan funksiyalarga dekompozitsiyalanishi (bo‘linishi) sabab.
Tizim funksional sistemaosti tizimlarga bo‘linadi, ular o‘z navbatida funksiyalarga, ular esa masalalarga bo‘linadi va hakazo. Bo‘linish jarayoni aniq protseduralargacha davom etadi. Bunda avtomatlashtirilayotgan tizim, o‘z komponentlari bog‘langan holda, yahlitligini saqlab qoladi.
SHunday qilib, bu modelning asosiy afzalligi ishlanmani tizimliligi, asosiy kamchiligi esa - sekinligi (medlenno) va kimmatligi (dorogo).
Spiralli model Ko‘rib chiqilgan muammolarni bartaraf etish uchun foydalanish davrining spiralli modeli (150-rasm) tavsiya etildi.
150-rasm. Spiralli model Unda foydalanish davrining boshlang‘ich bosqichlari bo‘lgan tahlil va loyihalashtirishga texnik echimlarni amalga oshirish (realizuemost) shu bosqichlarda prototip yaratish yo‘li bilan tekshiriladi. Spiralning har bir o‘rami dasturiy taminot qismi yoki versiyasini yaratishga to‘g‘ri keladi. Unda loyihani maqsadi va tavsiyalari (xarakteristikalari) aniqlashtiriladi, sifati aniqlanadi va spiralning keyingi o‘ramasini ishlari rejalashtiriladi.
SHunday qilib, loyihaning qismlari ketma-ket aniqlanadi va chuqurlashtiriladi, natijada realizatsiyaga etib boradigan, asoslangan variant tanlanadi.
Ishlanma yaratilayotgan tizimni mavjud spiral davrini ob’ektiv aks etadi. Har bir bosqichda ishlar, to‘liq bajarilmasdan, yakunlanishi va keyingi bosqichga, ishning to‘liq yakunlanishini kutmasdan, o‘tishga imkon beradi. Asosiy masala - tizim foydalanuvchilariga, imkoni boricha kisqa vaqt ichida, ishga tayyor bo‘lgan (rabotosposobniy) mahsulotni ko‘rsatish, shuning bilan aniqlash va qo‘shimchalarni qo‘shish jarayonini tezlashtirish.
Spiral davrining asosiy muammosi – keyingi bosqichga o‘tishni vaqtini (moment) aniqlash. Uni echish uchun foydalanish davrining har bir bosqichiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish zarur. Hatto hamma rejalashtirilgan ishlar bitmasdan turib, keyingi etapga o‘tish rejaga asosan oshiriladi. Reja oldingi loyihalardan olingan va ishlab chiqaruvchilarning shahsiy tajribasidagi statistik ma’lumotlarga asosan tuziladi.
Foydalanish davrining spiralli modeli doirasida dasturiy ta’minot ishlanmasiga mumkin bo‘lgan yondashuvlardan biri bo‘lib hozirgi kunda keng tarkalgan dasturni tezkor ishlab chiqish metodologiyasi RAD (Rapid Aplication Development) hisoblanadi. Bu atama ostida odatda 3 ta elementdan tashkil topgan dasturiy taminotni ishlab chiqish jarayoni tushuniladi:
kichik dasturchalar guruhi (2-10 gacha);
qisqa va aniq tuzilgan ishlab chiqarish grafigi (2-6 oy);
takrorlanuvchi sikl.
Bunda dastur qolibga kelishi bilan ishlab chiqaruvchilar buyurtmachi bilan hamkorlikda olingan mahsulot talablarini amalga oshiradilar.
RAD metodologiyasi bo‘yicha dasturiy ta’minotning foydalanish favri 4 ta bo‘linmadan (fazadan) tashkil topgan:
talab va taklifni aniqlaydigan bo‘linma;