Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Jamg’arma mablag’larini shakllantirish va sarflanish



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

6.5.Jamg’arma mablag’larini shakllantirish va sarflanish
hisobini yuritish uchun javobgarlik masalalari 
 
Davlat maqsadli jamg’armalari har qanday ijtimoiy mexanizmning ajralmas 
elementidir. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
va 
yangilash 
sharoitida 
mamlakatning farovonligini belgilovchi asosiy omil sifatida davlat moliyasi va 
davlat maqsadli jamg’armalari pul aylanmasining barqarorligi belgilab olindi. 
Moliyaviy resurslar davlat miqyosida va korxona darajasida etarli darajada 
mavjudligi jamiyatni yanada barqaror rivojlanishida, iqtisodiy qiyinchiliklar va 
inqirozlardan xalos etuvchi manba sifatida ham namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda 
mamlakat moliya tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri – davlat 
maqsadli pul fondlarining faoliyatidan samarali foydalanish hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: 
«Soliq-byudjet siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini 
bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya 
loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – 
ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan 
vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi»
102
.
Albatta, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish bevosita pensiyalarning 
pensionerlarga o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lanish masalasini ham ifoda etadi. 
102
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.


223 
Shu bilan birga, pensiyalarning pensionerlarga o’z vaqtida va to’liq hajmda 
to’lanishi, avvalo, Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga bog’liq 
bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 
moliyaviy barqarorligi unga to’lanadigan to’lovlarning o’z vaqtida va to’liq 
miqdorda amalga oshirilishiga hamda pensiya ta’minoti boshqaruvining samarali 
tashkil etilishiga bog’liq.
Davlat pensiya fondlari barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy nuqtai 
nazardan ham katta ahamiyatga ega bo’lib, bu borada AQShlik olim Jun Pengning 
quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: “…pensiya ta’minoti boshqaruvi, nafaqat, pensiya 
ta’minotining moliyaviy barqarorligiga, balki butun davlat sektorining moliyaviy 
barqarorligiga ta’sir ko’rsatadi, shu sababli pensiya ta’minoti boshqaruvi davlat 
pensiya tizimiga pensiya badalini to’lovchi va kelgusida undan hukumat 
tomonidan kafolatlangan pensiya to’lovlarini oluvchi har bir shaxsga dahldor 
bo’lishi lozim”
103
.
Davlat byudjetining asosiy vazifasi iqtisodiyotni moliyaviy vositalar yordamida 
samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish 
uchun sharoit yaratishdan iborat bo’ldi. Davlat maqsadli jamg’armalari tarkibida 
salmoqli o’rinni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’arma egallaydi. Keyingi 
yillarda Pensiya jamg’armasining daromadlari va xarajatlari tarkibida jiddiy 
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Masalan, 1994 yil byudjetdan ajratilgan transfert 
to’lovlari Pensiya jamg’armasining daromadlarini 21,3 % ini qoplagan bo’lsa, 
2000 yilga kelib 3,5% ini tashkil etdi. 2000 yilda byudjetidan moliyalashtiriladigan 
sohalardagi minimal ish haqi, pensiya miqdori, ijtimoiy to’lovlar va nafaqalar 
miqdorini oshirilishi Pensiya jamg’armasining moliyaviy ahvolini qiyinlashtirdi va 
2000 yil Pensiya jamg’armasining taqchilligini qoplash uchun Davlat byudjetidan 
7,9 mlrd. so’m mablag’ ajratildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Pensiya jamg’armasining 
2007 yilgi xarajatlari 1840,5 mlrd. so’mni, daromadlari esa 1881,6 mlrd. so’mni 
tashkil etdi. “Yagona ijtimoiy to’lov, badallar, ajratmalardan 1640,4 mlrd. so’m 
103
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0 th Edition. 
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 5. 


224 
mablag’ tushdi»
104
. Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga Respublika byudjetidan 
2005 yilda 28564,0 mln so’m, 2006 yilda 50000,0 mln so’m, 2007 yilda 45000,0 
mln so’m, 2008 yilda 65000,0 mln so’m, 2009 yilda 230000,0 mln so’m dotatsiya 
ajratildi. «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Pensiya 
jamg’armasining 2009 yilgi daromadlari 4293,9 mlrd. so’mni (byudjetdan 
dotatsiya 230,0 mlrd.so’m), xarajatlari esa 4063,9 mlrd. so’m miqdorida qabul 
qilindi»
105


Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish