463
miqdorda (100 foiz) to’lanadi: a) Ikkinchi jahon urushi nogironlariga,
qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; b)
Ikkinchi jahon urushi
yillarida harbiy xizmatni o’tagan yoki front orqasida ishlagan shaxslarga; v) I va II
guruh nogironlariga; g) Chernobil halokatidan ziyon ko’rgan fuqarolarga; d)
fuqarolar yig’inlari va mahallalarning raislariga; e) fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’yicha
maslahatchi lavozimlarida ishlovchi yoshga doir pensiya oluvchi ayollarga.
«O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq dafn etish nafaqalarni to’lash
Pensiya
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bola tug’ilganda beriladigan
nafaqa va dafn marosimi nafaqalari, 2012 yilda 12,8 mlrd.so’m (0,1 foiz)ga teng,
2015 yilda 105,2 mlrd.so’m (0,6 foiz) ga oshgan, 2016 yilda 152,1 mlrd.so’m (0,8
foiz) rejalashtirildi.
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2011
yil
14 iyundagi qarori bilan «Dafn etishga nafaqa tayinlash va to’lash tartibi
to’g’risida Nizom» tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasining «Dafn etish va dafn
ishi to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinguniga qadar dafn etish uchun nafaqa Pensiya
jamg’armasi bo’limlari tomonidan faqat pensionerlarning qarindoshlariga ikki
oylik
pensiya miqdorida, ammo eng kam ish haqining ikki baravaridan kam
bo’lmagan miqdorda to’langan bo’lsa, qonun qabul qilingach, bu nafaqa barcha
toifadagi fuqarolarga
eng kam ish haqining
to’rt
baravaridan kam bo’lmagan
miqdorda to’lanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining daromadlar bazasini kengaytirish va xarajatlarini
nazoratini kuchaytirish masalalari aholi farovonligi ta’minlash, aholini ijtimoiy
jihatdan himoyalashga qaratiladi. «….Mahallalar va fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlarining keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik
ko’rsatadigan tuzilmalarini mustahkamlashga
alohida ahamiyat qaratish
lozim. Bunda turli muassasa va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy
ta’minot va tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish va
464
zarur darajada nazorat qilish masalalari nazarda tutilishi kerak»
230
. O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida davlat pensiya va nafaqalarni
tayinlanishi va ularning to’lovi monitoringini amalga oshirilishini tartibga solish
bo’yicha tasdiqlangan Yo’riqnomada
231
fuqarolarga pensiyalarni tayinlash va
to’lovini amalga oshirish mexanizmi takomillashtirildi. Monitoring guruhi rahbari
va har bir inspektori pensiya va nafaqa bo’yicha aniqlangan ortiqcha to’lovlar
summalari, har oylik chegirmalar va undirilgan mablag’lar summasi,
shuningdek
har bir qarzdorlik bo’yicha ularning qoldiqlari oylik hisobotini yuritadi. Pensiya
jamg’armasi bo’limida aniqlangan ortiqcha to’lovlar naqd pulda yoki pul o’tkazish
yo’li bilan Pensiya jamg’armasining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga tegishli
to’lovlarni kiritish orqali undiriladi. Pensiya va nafaqalar to’lovini moliyalashtirish
uchun yo’naltiriladigan mablag’lar qat’iy maqsadli yo’nalishda sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: