404
mexanizmlardan
foydalanish
O’zbekiston Respublikasida ichki audit xizmati hisobotlarining turi korxonalarda
ichki audit xizmati haqidagi nizom bilan tartibga solingan. Tekshiruv natijalari
bo’yicha tegishli hisobotlar ishlab chiqiladi va tekshiruvlarni bevosita o’tkazgan
xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadi. Tashkilotda ichki auditor hisoboti ishlab
chiqilgan shaklda tuzilishi kerak va quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
aniqlangan chetga chiqishlar ro’yxati;
chetga chiqishlar aniqlangan vaziyatlar ro’yxati;
aniqlangan chetga chiqishlarning korxonaga ta’siri nuqtai nazaridan
baholash;
ushbu chetga chiqishlarni tuzatish bo’yicha tavsiyalar.
Ichki auditor hisobotiga kirish, tahliliy va yakuniy qismlar kiritilishi kerak. Kirish
qismida tekshiruv ob’ekti haqida axborot aks ettiriladi.
Tahliliy qism auditni
o’tkazish, auditorlik riskini aniqlash, tekshiruv ob’ektlarini tanlashni asoslashga
auditorning yondashuvini tizimli bayon qiladi va asoslab beradi.
Hujjatning ushbu qismida ishda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan va
tekshiruv davomida aniqlangan chetga chiqishlar
va kamchiliklarni yoki hech
qanday chetga chiqishlar va kamchiliklar aniqlanmaganligini tasdiqlovchi dalillar
keltiriladi. Tekshiruv natijalari bo’yicha to’g’ri qaror qabul qilish uchun ahamiyatli
bo’lgan holatlar ochib beriladi. Shuningdek, korxona, tashkilotning yutuqlari va
ijobiy faoliyat natijalari ham yoritiladi. Materialni bayon qilish shakli bo’yicha
avval bo’linmalar va korxona uchun mazmunli tusga ega bo’lgan
jiddiy
kamchiliklar ko’rsatib beriladi, so’ngra e’tirozlar shakl bo’yicha ochib beriladi.
Hisobotning yakuniy qismi auditorning tekshiruv ob’ektining buxgalteriya hisobi,
ichki nazorat va hisobot tizimi holati haqidagi umumiy xulosasi, shuningdek,
aniqlangan chetga chiqishlar va xatolarni bartaraf etish bo’yicha takliflarini o’z
ichiga oladi.
405
Ichki auditor hisobotini tuzishda jiddiy xatoliklar bayon qilinadi,
hisobotning
ishonchliligi darajasi haqida umumiy hulosa qilinadi hamda uning ishonchliligini
pasaytiradigan yoki shubha ostiga oladigan xatoliklar alohida ko’rsatiladi. Ichki
auditorning fikri amaldagi qonunchilik hujjatlariga tayangan holda tasdiqlangan
bo’lishi hamda bunday fikr bildirish sabablari keng asoslangan
va dalillarga ega
bo’lishi kerak. Hujjatda suiiste’molchiliklar va qonundan chetga chiqishlarni
aniqlash bo’yicha bo’linmaning hujjatlari ham e’tiborga olinishi lozim.
Ichki auditorlar “zaif” tomonlarni bartaraf etilishi va tekshiruv asosida tavsiya
etilgan tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ichki audit ishining natijalarini umumlashtirish tashkilot,
korxona faoliyatida
aniqlangan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun
zarur bo’lgan tekshiruv natijalarini guruhlashtirish va tizimlashtirish bo’yicha
metodik uslublar majmuasini o’z ichiga oladi.
Umumlashtirish natijasi shuningdek, auditor tomonidan amaldagi qonunchilik va
korxona yoki tashkilot rahbariyatining ichki ko’rsatmalari buzilishini oldini olish
bo’yicha ishlab chiqilgan tadbirlar ko’rinishida ham bo’lishi mumkin.
Bir-biriga
o’xshash kamchiliklar jadvallar, chizmalar, grafiklar, ma’lumotlar,
dasturlar va
boshqa hujjatlarda tegishli metodik usullar yordamida umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: