Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

182

 
Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan 1974 yilda “Yollanma 
xizmatchi pensiya daromadining muhofazasi” Qonuni chiqarildi, xususiy pensiya 
rejalari uchun mezonlar o’rnatildi. Mazkur qonunga asosan, Federal bo’lim 
maqomidagi Pensiya Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasi yangi tartibni 
tatbiq etishga ko’maklashadi va nazorat qiladi. Xususiy pensiya rejalari Pensiya 
Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasidan sug’urta xarid qilishi lozim, agarda 
kompaniya pensiya to’lay olmasa, uni korporatsiya to’laydigan bo’ldi.
Federal pensiya tizimlarining eng yirigi - AQSh Fuqaro Xizmati Pensiya tizimiga 
ham, federal yollanma xizmatchilarga ham hukumat tomonidan mablag’ ajratiladi. 
Qo’shimcha ravishda asosan ishga yollanuvchi fuqarolar, pensiya bilan 
ta’minlanmaydigan va o’z pensiya rejalari xizmatlariga yarasha to’lanmasligiga 
ishonganlar o’z daromadlarini bir qismini maxsus shaxsiy pensiya hisobraqamiga 
ajratadi. Shaxsiy pensiya hisobraqamlari banklar, jamg’arma va qarz uyushmalari, 
kredit ittifoqlari, sug’urta kompaniyalari kabi moliyaviy institutlar tomonidan 
boshqariladi. Federal hukumat davlat darajasida nazorat qiladi, pensiya rejasi 
xizmatidan foydalanuvchi shaxslarga daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar berish 
orqali ham madad beradi. Shaxsiy pensiya hisobiga qo’yilgan mablag’lar foyda 
foizi barpo etadi, u o’z-o’zidan hisobga qo’shilib boraveradi. Shaxsiy pensiya 
hisobraqamidagi hosil qilingan foydaga, mablag’ undan chiqarilmaguncha, soliqlar 
solinmaydi. 
«Pensiya to’lovlari barqaror moliyalashtirilishini ta’minlashga alohida e’tibor 
berildi. Mamlakatda amal qilayotgan qonunlarga sug’urta qilinuvchilar va xizmat 
ko’rsatuvchi banklarga nisbatan ular tomonidan yo’l qo’yilgan sug’urta badallarini 
to’lash va o’tkazish qoidalarini buzish holatlari uchun penya va moliyaviy 
jarimalar ko’rinishidagi qat’iy jazolar tizimi belgilangan. Buning ustiga nazorat 
182
Barton M. Waring, Robert S.Merton. 
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans Back 
Under Your Control Hardcover – November 1, 2011.
-P.77. 


387 
natijalariga ko’ra aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish tizimi 
mavjud
183
.
Xorijiy davlatlarda pensiya fondi daromadlari va xarajatlari hajmi o’rtasidagi 
salbiy farq miqdori o’sib bormoqda. Bu farq asosan davlat byudjeti xarajatlari 
hisobiga subventsiya yoki dotatsiya shaklida qoplanmoqda. O’z navbatida, davlat 
byudjeti defitsitining ortishiga va jamiyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy beqarorlikni 
kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Shuningdek, ishlayotganlar sonining qisqarishi, 
byudjetning xarajatlarlarida ijtimoiy xarajatlarning ortishi, aholining mehnatga 
qobiliyatli qismiga tushadigan og’irlikning ko’payishi, xorijiy mamlakatlarda 
pensiya jamg’armasi mablag’lari shakllanishida aksariyat ish beruvchilar 
tomonidan 
to’lanishi, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi jarayonida 
ishlovchilar ish haqi darajasining ortishi va mutanosib ravishda, qarilikni 
sug’urtalashdagi ulushining ortib borishi joriy pensiya to’lovlarida defitsit holatini 
vujudga keltirib, amaldagi pensiya ta’minotini moliyalashtirishning isloh etilishini 
taqozo etmoqda.
Pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad 
quyidagilardan iborat: 

pensiya ta’minotini bozor munosabatlari talablariga yanada moslashtirish; 

pensiya ta’minotini zamonaviy texnik usullar orqali boshqarish. 

pensiyalarni moliyalashtirishdagi mavjud muammolarni hal qilish; 

pensiya fondi mablag’larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish; 

pensiya to’lovlari yuzasidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish; 

monitoring va ichki nazorat chora-tadbirlari bilan pensiya fondi xarajatlarini 
optimallashtirish.
Jahon tajribasidan ma’lum bo’ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan 
moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini 
moliyalashtirishning bir vaqtning o’zida uch yo’nalish: minimal pensiyani 
kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida 
o’zining ish beruvchilariga qo’shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar 
183
Goford J. The Control Cycle: Financial Control of a Life Assurance Company/Presented to the Institute of 
Actuaries Students’ Society 2005. 
http://www.pension.md/publications/ps/221.html
  


388 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash 
belgilangan. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, 
Italiya kabi mamlakatlarda shu tajribalardan foydalaniladi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimining qo’llanishi mavjud pensiya tizimidagi 
kamchiliklarni kamaytirish va uning afzalligini kuchaytirishga yo’naltiriladi. 
Xorijiy davlatlarda bunday tarkibni umumlashgan uch darajali tizim shaklida 
tasavvur qilish mumkin: 
– davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va majburiy pensiya 
tizimi. Mazkur modelda pensiya miqdori ish haqi miqdoriga bog’liq, ish beruvchi 
va yollanma ishlovchidan olinadigan badallarni qayta taqsimlash tamoyili asosida 
moliyalashtiriladi; 
– majburiy jamg’arma tizimi orqali beriladigan va minimal jamg’arma stajini 
“to’plagan” kishilar uchun davlat byudjetidan foydalanuvchi ijtimoiy pensiya 
tizimi; 
– to’la kapitallashtirish va jamg’arish tamoyiliga asoslangan, individual hisob 
raqamlarni yuritish orqali amalga oshiriladigan pensiya tizimi. 
Evropa Ittifoqining rasmiy hujjatlarida 1998-2020 yillar ichida jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
tizimlariga 
o’tish rejalashtirilgan. Ushbu davrda 
taqsimlanuvchi davlat pensiya tizimlari hisobidan amalga oshiriladigan pensiya 
to’lovlari ulushi 84 foizdan 64 foizga qadar qisqarishi, jamg’arib boriladigan 
kmoponentlar ulushi esa 12 foizdan 29 foizga qadar ortishi kutilmoqda. Ixtiѐriy 
pensiya ta’minoti ulushi 1,5 foizdan 4,5 foizgacha ortishi, xususiy pensiya aktivlari 
esa 2 mlrd. evrodan 11,8 mlrd. evrogacha o’sishi mumkin
184
Pensiya 
ta’minotining 
xususiylashtirish 
dasturi 
iqtisodiyotga 
investitsiyalarning ichki imkoniyatlarini taqdim etadi. Aynan, moliya sohasida 
pensiya islohotlariga ehtiyoj va iqtisodiy islohotlarning kengaytirilgan sohasi 
kesishadi. Kapital bozorining rivojlanishi, pensiya fondlari pullarini investitsiya 
qiladigan moliyaviy dastaklarini taqdim etish uchun juda muhim. Shu tarzda 
iqtisodiyotga investitsiyalarni yo’naltirish jarayonida davlat, jamg’arilgan va 
184
Nazarov V.S. Aktualnie problemi pensionnoy reformi. M., 2010. S.120. 


389 
xususiy pensiya ta’minoti mavjud. Jamg’ariladigan pensiya tizimi hukumatning 
moliyaviy kafolatlaridan foydalanadi, ular daromadni ta’minlash imkonini 
beruvchi moliyaviy bozorlarning ishtirokchilariga aylanadi. Natijada, pensiya 
to’lovlari ishlovchilarning nafaqat pensiyaga chiqqunga qadar bo’lgan ish haqidan, 
balki, mehnat faoliyati mobaynida to’langan badallari miqdoriga hisoblangan 
foizni ifoda etadi. Bir martalik qayta taqsimlashda pensiya tizimidan farqli 
ravishda jamg’arib boriladigan pensiya tizimida jamg’arma badallari nisbatan 
yuqori darajada belgilanadi va davlat nazorati bilan tegishli zaxira fondi 
shakllantiriladi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish