8.3. Markazlashgan nazorat orqali jamg’arma xarajatlarining operativ hisobi
290
Xorijiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, pensiya ta’minotida asosiy moliyaviy
ko’rsatkichlarning monitoring tizimini yaratish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
1.
Axborot-hisobot
ma’lumotlari tizimini yaratishda moliyaviy risk
kontrollingning har bir turi moliyaviy va boshqaruv hisob-kitobining
ma’lumotlariga
asoslanadi.
Mazkur
tizim
alohida
moliyaviy
ko’rsatkichlarining hisob-kitob uchun boshlang’ich axborot bazasini
kuzatish (masalan, ish staji, maxsus ish staji, ish haqi, to’langan sug’urta
badallari to’g’risidagi ma’lumotlar) dan iborat.
2.
Nazorat standartlarida ko’zda tutilgan haqiqiy natijalarni o’zida ifoda etgan
analitik ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqiladi. Mazkur tizimni ishlab
chiqish jarayonida alohida analitik ko’rsatkichlarning boshlang’ich axborot
bazani kuzatish natijasida olingan axborotlardan foydalangan holda,
moliyaviy risk-tahlilning uslublari asosida algoritm tuziladi.
3.
Nazorat hisobotini shakli, tarkibi va ko’rsatkichlarini aniqlash uchun kerak
bo’ladigan, nazorat uchun axborotlarni saqlaydigan tizim shakllantiriladi.
Samarali nazoratni ta’minlash uchun mazkur hisobot quyidagi axborotlarni
o’z ichiga oladi: nazorat qilinayotgan ko’rsatkichning haqiqiy bajarilishi;
nazorat
qilinayotgan
ko’rsatkichning haqiqiy bajarilishini ko’zda
tutilgandagidan (rejadan) farqi; rejali ko’rsatkichning haqiqiy ko’rsatkichdan
farqi paydo bo’lishining sabablari.
4.
Maqsad va vazifalar tizimi shakllantirilgandan so’ng boshqaruvchilar
maqsadlar erishilishi va vazifalar bajarilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi
mumkin bo’lgan hodisalarni aniqlash talab qilinadi. Risklar salbiy ta’sirli
hodisalar bo’lib, ular ichki va tashqi omillar ta’siri oqibatida yuzaga keladi.
Shuning uchun tashkilotlar rahbarlari ikki yo’nalishda reja ishlab chiqishga
majbur sanaladi: risklarni tartiblash rejasi va imkoniyatlardan foydalanish
rejasi.
Hozirgi kunda davlat sektorida xususiy sektorda foydalaniladigan yondoshuvlar
bilan davlat maqsadli jamg’armalari va byudjetdan tashqari fondlarda moliyaviy
291
nazorat kuchaytirilmoqda. Pensiya jamg’armasi faoliyatida ko’zda tutilgan chora-
tadbirlarning maqsadi - byudjet mablag’larini samarasiz ishlatilishini, yo’l
qo’yilgan kamchiliklarni, noqonuniy holatlarini iloji boricha tezroq oldini olishga
qaratilmoqda.
Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning
ishonchli
himoyalangan,
yagona
markazlashgan
ma’lumotlar
bazasini
shakllantirish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini
amaliyotga keng joriy etish ishlari jadal olib borilmoqda. Pensiya ta’minotida
unifikatsiyalashgan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida «Fido
biznes» MChJ bilan hamkorlikda «Pensiya» dasturiy majmuasi ishlab chiqildi
hamda bugungi kunda ushbu dasturiy ta’minot respublikaning barcha
mintaqalarida tatbiq etilmoqda. Ushbu dasturiy ta’minotning amaliyotda keng joriy
etilishi, sohada samaradorlikni oshirib, tezkor va aniq hisobotlar shakllanishi,
pensiya tayinlanishi va to’lanishida inson omilini kamaytirish orqali jamg’arma
mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan tezkor nazoratni ta’minlashga xizmat
qilmoqda.
Tashkilot xavfsizligi tizimi quyidagi qator kichik tizimlarni o’z ichiga olishi
mumkin: iqtisodiy xavfsizlik; texnologik xavfsizlik; ekologik xavfsizlik; jismoniy
xavfsizlik; psixologik xavfsizlik; moliyaviy xavfsizlik; yong’in xavfsizligi; axborot
xavfsizligi.
Tashkilotlarda
kadrlar
siyosatini
yuritishda
texnika
bilan
ta’minlash
bo’limlaridagi kadrlarni joyiga qo’yish, mutaxassislarni shakllantirish,
kompyuterlarning ishlashi va nazorati uchun ma’sullarni belgilash muhim.
Operatsion risklarda operatsiyalarni to’xtatilishiga yoki buzilishiga olib boradigan
risklar tushuniladi. Operatsion risklarga xodimning hujjatlarni tayyorlash va
rasmiylashtirishda xato qilish riskini kiritish mumkin. Operatsion risklarning yirik
guruhiga texnologik risklar kiradi. Texnologik operatsiyalarga kompyuter
tizimining buzilishi, saqlash joylari, shkaflarning ishdan chiqishi va elektron
tizimning buzilishi, kompyuter ma’lumotlarini o’zgarishi (xavfsizligi) natijasida
elektron va qog’ozdagi hujjatlarning yo’qolishi kiradi. Tahlil qilish jarayonida
292
sanab o’tilgan holatlarning soni oshishi va qaytarilishi o’rganiladi. Texnologik
risklarni
o’rganish uslubi kompyuter, dasturiy ta’minot va axborot
texnologiyalarini sotib olish ishlarida iqtisod qilish kerak emasligini ko’rsatmoqda.
Axborotlar xavfsizligini saqlash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Himoya talab qilayotgan aktivlarni to’g’ri baholash uchun tashkilot axborot
tizimida audit o’tkazish va maxfiy axborotlarning barcha oqimini belgilash kerak.
Bundan keyin tahdidlar modelini tuzish va byudjetdan samarali foydalangan
himoya vositalarini aniqlash zarur. Tashkilotning axborot oqimi tahlili xulosasiga
ko’ra, axborot almashinish tipik jarayoni uchun axborotlarni himoyalashning tipik
majmuasini qo’llash axborot xavfsizligiga bo’ladigan xavflarning katta qismini
bartaraf qilishiga imkon beradi. Axborot himoya vositalarini oqilona sozlash esa
ixtiyoriy tashkilotning axborotlarni yo’qotishdan 99,0 % himoya qiladi. Axborot
xavfsizligiga dolzarb xavfni aniqlangandan keyin, xavf darajasini kamaytirish
bo’yicha tavsiyalarni tanlash va korxona axborot xavfsizligini yaxshilashga
qaratilgan samarali choralarni qabul qilish kerak. Ushbu usulda har bir aktivga
bo’ladigan xavf alohida hisoblanganligi sababli, xavflar ustuvorligini aniqlash
imkoniyati mavjud va buning asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning
ustuvorligi ham aniqlash mumkin. Xavflarni bu usulda baholash har qanday
ehtimolliklarini samarali boshqarish imkoniyatini beradi.
«Pensiya» dasturiy majmuasining kelajakda idoralararo integrallashuvi sifatida,
boshqa vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazasi bilan o’zaro axborot
almashinuvini tashkil etiladi. Davlat statistika qo’mitasi dasturi: korxonalar
to’g’risida ma’lumotlar olish hamda oylik, choraklik va yillik hisobotlarni elektron
tarzda yuborish. Dasturning qo’shimcha jozibador ta’rifi sifatida uning yaqin
kelajakda elektron ma’lumot servis xizmatini amalga oshira olishini qayd etish
lozim.
Jamg’arma daromadlarining bir turdagi manbaini to’la-to’kis
shakllantirishda aniq tahliliy hisobotlarga va tezkor ma’lumotlarga ega bo’lishni
ta’minlaydi. Tizimni zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga muvofiq texnik
qurollantirish zaruriyati mavjud.
293
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari har bir vazirlik, idora yoki muassasa
ishining ajralmas qismiga aylanmoqda. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan «Pensiya» dasturiy majmuasining joriy
etilishi bunga misol bo’la oladi. Hozirgi vaqtda ushbu tizim jamg’armaning barcha
195 tuman va shahar bo’limlarida muvaffaqiyat bilan qo’llanmoqda. «Pensiya»
dasturiy majmuasi pensiya va ijtimoiy nafaqalar oladigan fuqarolar to’g’risidagi
barcha axborot to’plangan ma’lumotlar yagona bazasidir. U pensiyalar va ijtimoiy
nafaqalarni tayinlash, hisob-kitob qilish, qayta hisob-kitob qilish, shuningdek har
oyda hisoblash va to’lash jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Hozirgi
vaqtda tizimda axolining 9,8 foizini tashkil etgan pensionerlar va nafaqa oluvchilar
to’g’risidagi ma’lumotlar: ularning shaxsiy pasport ma’lumotlari, yashash joylari,
STIR va ShJBPHlari, nogironlik va navbatdagi qayta shahodatlash, mehnat staji va
ish haqi, pensiya yoki nafaqa miqdori, kompensatsiya va boshqa to’lovlar,
boquvchining qaramog’idagilar soni to’g’risidagi axborot va ularning pasport
ma’lumotlari jamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |